Musulmonlar

Sunnat namozlarni masjidda o’qish yaxshimi yoki uydami?

Savol: Sunnat namozlarni masjidda o‘qish yaxshimi yoki uydami?

Javob: Rasululloh farz namozlardan boshqa har qanday namozni masjidda emas uyida o‘qir edi va sahobalariga ham shunday qilishni tavsiya qilardi. Bu haqdagi hadislar quyidagicha:

«Ey insonlar! Uyingizda namoz o‘qinglar. Zero, farz namozlardan boshqa namozlarning eng maqbuli – insonni o‘z uyida o‘qigan namozidir.» (Buxoriy, Azon 81, I’tisom 3)

«Namozlaringizni bir qismini uyingizda o‘qinglarki, uylaringizni qabristonlarga aylantirib qo‘ymanglar.» (Buxoriy, Solat 52, Tahjjud 37; Abu Dovud, Solat 199, Vitr 11; Termiziy, Solat 213, Qiyomul layl 1)

«Sizlardan biringiz masjidda namoz o‘qiganidan keyin, o‘sha namozidan uyiga nasiba ayirsin. Zero, Alloh taolo o‘sha namozi sababli uning uyida yaxshilik paydo qilib qo‘yadi.» (Muslim, Solatul-Musafir 210; Ibn Moja, Iqomat 186)

Sunnat/nafl namozlarni uylarda o‘qilishini bir nechta sabablari bor. Bulardan biri uylarning sharafini orttirish, uylarni barakalantirishdir. Juda ham bir muhim sabablaridan biri esa uylarda o‘qilgan sunnat namozlar insonni ma’naviy dunyosini oyoq osti qilib tashlaydigan riyo amalidan uzoq turishi va riyodan saqlanib qolishiga turtki bo‘ladi. Rasulullohni uyi masjid bilan yonma-yon bo‘lgani holda farzlardan keyingi sunnat namozlarni uyida o‘qishi barchaning diqqatini jalb qiladi.

Sunnat namozlarni uylarda o‘qilishining yana bir hikmati esa, uylarni qabriston kabi o‘lik holatga olib kelmaslik shaklida ifoda qilingan. O‘lib qabrga kirganlar uchun: «namoz o‘qi, Qur’on o‘qi» buyruqlar hech qanday ma’no ifoda qilmaydi. Shu sababli ular endi qabristonlarda namoz ham o‘qiy olmaydilar Qur’on ham o‘qiy olmaydilar. Musulmonlar bu holatga e’tibor bergan holda uylarini qabristonlarga o‘xshatib olmasligi, uylarida ibodat qilib turishlari, namoz o‘qib Qur’on tilovat qilib turishlari kerak. (Muhammad Yashar Qandemir, Riyozus-Solihin Tarjimasi Va Sharhi, 2006, 5-j, 332-333 sahifa 1132-raqamli hadislarni ochiqlamalari.)

Bundan tashqari sunnat namozlarni masjidlarda emas balki uyida o‘qigan bir Musulmon masjidga borolmagan ayoli, ota-onasi va farzandlari kabi oila a’zolariga go‘zal bir o‘rnak bo‘ladi. Bu bilan u kishi ularga namozni qanday o‘qilishini ko‘rsatib beradi, vaqti kirganini va ularga ham namozni to‘liq va doimiy ado etish kerakligini eslatib turgan bo‘ladi.

 

MANBA: Yahyo Sheno‘l, Anas Olimo‘g‘li, Insoniyat Tarixi Bo‘yicha O‘sha Namoz, Sulaymoniya Vaqfi Nashri 3, Istanbul 2016, 156-158-s.

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: