Musulmonlar

Biz sun’iy yo’l orqali bolaga ega bo‘lishni xohlaymiz.

Savol: Biz sun’iy yo’lorqali farzand ko’rishni xohlaymiz. Diniy jihatdan bunda bir muammo bormi?

Javob: Biz ishtirok etgan Diniy Ishlar Oliy Kengashining qarori quyidagicha:

Erkak yoki ayol kishidagi biron-bir kamchilik sababli, yoki odatiy va tabiiy holatda farzand ko‘rishni imkoni bo‘lmagan taqdirda;

Urug‘li tuxum va spermani har biri nikohli er-xotinga tegishli bo‘lishi, ya’ni ulardan hech biri begona erkak yoki begona ayolga tegishli bo‘lmasligi;

Urug‘li tuxum boshqa bir ayolni bachadonida emas, balki o‘z bachadonida (urug‘ egasini ayolini qornida) rivojlanishi;

Bu holat xoh ota-onani, xoh dunyoga keladigan chaqaloqni moddiy, ruhiy  va aqliy sog‘ligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan har qanday salbiy natijalardan xoli bo‘lishi tibbiy jihatdan isbotini topgan bo‘lishi sharti bilan, oddiygina onalikda homilador bo‘lib, ona bo‘lishga qodir bo‘lmagan ayollarni har xil tibbiy vositalar bilan homiladorlikni ta’minlashida Islomiy hukmlar tomonidan hech qanday muammo ko‘rilmayapti.

Boshqa ayollarning yoki erining tuxumidan boshqa begona odamdan olingan tuxum bilan ayolning homilador bo‘lishi mumkin emas, chunki u insoniy his-tuyg‘ularga katta salbiy ta’sir o‘tkazadi va ranjitadi, shu bilan bir qatorda bu ish zinokorlik unsuri kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Begona erkak yoki boshqa ayoldan olingan tuxum bilan homila bo‘lib ko‘rilgan farzand, baribir o‘zining farzandi bo‘lmaydi.

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: