Musulmonlar
“Shu  zotni hurmatidan duomni qabul qil” desa bo’ladimi?

“Shu zotni hurmatidan duomni qabul qil” desa bo’ladimi?

Savol: Ziyoratgohlarga kelgan baʼzi insonlar “Allohim, shu yerda yotkan buyuk zotning hurmatidan duoimni qabul qil” deb duo qiladiganlari ham bor. Bunday duo qilishga dinimiz qanday qaraydi?

Javob: “Hazrati Paygʻambarning hurmatidan, … shu avliyo zotning hurmatidan duoyimni qabul qil” deb Allohga duo qiladiganlar ham bor. Bunday duolar baʼzi tariqatchilarning kitoblarida ham oʻrin olgan. Ammo bunday holatda aslo duo qilib boʻlmaydi. Bu haqda Hanafiy mazhabiga mansub boʻlgan olimlardan Ibn Abu al-Izz ad-Damashqiy (vf.792 h. 1390 m) shunday degan:

“Bir kishi Allohdan boshqasini duosini qabul boʻlishi uchun sabab qilib uni vasila qilib duosida keltirishi mumkin emasdir… Agar bunday duo qilsa, u shunday demoqchi boʻlgan boʻladi: “Falonchi sening solih quling boʻlgani uchun, meni duolarimni qabul qil.” U kishi Alohning solih quli boʻlishi bilan oʻzining duosini qabuli oʻrtasida nima aloqasi bor? Bunday duo qilish, duoda haddan oshishdir. Alloh taolo shunday marhamat iladi:

“ٱدۡعُواْ رَبَّكُمۡ تَضَرُّعً۬ا وَخُفۡيَةً‌ۚ إِنَّهُ ۥ لَا يُحِبُّ ٱلۡمُعۡتَدِينَ”

“Robbingizga ich-ichingizdan va yolvorib duo qilinglar. U, shubhasizki haddan oshkanlarni sevmaydi.” (Aʼrof 7/55)
“Bu kabi duolar keyinchalik Islom diniga yangittan kirgizilgan duolardir. Bunday duo na Hazrati Muhammad alayhissalomdan, na sahobalardan, na tobeinlardan va na mujtahid imomlarning biridan naql qilinmagan. Alloh ularning hammasidan rozi boʻlishini soʻrab qolamiz. Bunday duolar faqatkina baʼzi johillar (va baʼzi tariqatchilarnig) yozgan tilsimlaridagina boʻlishi mumkin.” (Ali b. Ali b. Muhammad b. Abi al-Izz ad-Damashqiy, Sharh al-Aqoid at-Tahoviyya, Bayrut, 1408/1988, 1-jl, 295-297- bt.)

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: