Musulmonlar

Shaytonning shirk tuzog’i va unga yetaklovchi yo’llar

Shirk – Shaytonning butun insoniyatga qarshi qurgan eng katta tuzog’idir.
Shayton Alloh taolo tarafidan la’natlanib, qiyomatgacha yashashga ruxsat olishi bilanoq shunday dedi:

قَالَ فَبِمَا أَغْوَيْتَنِي لأَقْعُدَنَّ لَهُمْ صِرَاطَكَ الْمُسْتَقِيمَ
ثُمَّ لآتِيَنَّهُم مِّن بَيْنِ أَيْدِيهِمْ وَمِنْ خَلْفِهِمْ وَعَنْ أَيْمَانِهِمْ وَعَن شَمَآئِلِهِمْ وَلاَ تَجِدُ أَكْثَرَهُمْ شَاكِرِين

“ …Ular (Odam va uning nasli) uchun, sening to’g’ri yo’ling ustida o’tirishga qasam ichaman. So’ngra oldilaridan, orqalaridan, o’ng va chap taraflaridan (adashtirish uchun) kelaman. Ko’rasan; ularning ko’pchiligi Senga shukr etmaydilar.” ( A’rof 7/16-17)
Shayton insondan va jindan bo’ladi[1] va tuzog’ini to’g’ri yo’lning o’rtasiga quradi. Uning eng asosiy tuzog’i shirkdir. Bu haqda Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

إِنَّ اللّهَ لاَ يَغْفِرُ أَن يُشْرَكَ بِهِ وَيَغْفِرُ مَا دُونَ ذَلِكَ لِمَن يَشَاء وَمَن يُشْرِكْ بِاللّهِ فَقَدِ افْتَرَى إِثْمًا عَظِيمًا

“Alloh, o’ziga sherik qo’shilishini kechirmaydi, undan boshqasini  (gunohlarni esa, kecherilishga munosib bo’lganlardan[2] kechiradi… ” (Niso 4/48)
Shirk- sherik qo’shishdir. Allohga shirk qo’shish-unga xos bo’lgan xususiyatlardan birini yoki bir qanchasini Allohdan boshqa biron borliqqa nisbat berishdir. Bu borliq ko’pincha Allohga yaqin deb yoki dindor deb tanilgan odamlar bo’lib chiqadi. Shaytonlar, ularni Allohning do’sti ekanini, Alloh bilan ularning o’rtasida bo’lib o’tadigan ishlarda, ularga yordamchi bo’lishlarini, vositachi va shafoatchi ekanini fisirlaydilar. Ularga taslim bo’lish kerakligini qayta-qayta takrorlaydilar. Aql va Qur’on, bu tuzoqning eng katta va ochiq qo’rg’onidir. Shaytonlar, Allohning chegalarasini buzdirish va yo’ldan chiqarish uchun, bu din aql ishi emas balki, ko’ngil ishi deydi va Qur’onni hamma ham tushuna olmaydi deb ta’kidlaydilar. Insonlarning oldilariga o’zlari tomonidan muqaddaslashtirilgan boshqa kitoblarni qo’yib, faqatgina o’sha kitoblarni o’qishni tavsiya qilishadi va bu yo’lda qattiq harakat qilishadi. Bu tuzoqqa tushganlar, Qur’onga bo’lgan hurmatlarini yo’qotmasalar-da ammo, Qur’onni tushuna olmaymiz deb o’ylab, uni o’zlaridan uzoq tutadilar va Qur’onni tushunib o’qishni o’rniga, Arab tilidagi matnni o’qish va eshitish bilangina kifoyalanib qoladilar. So’nra bu shaytonlar, o’zlari to’qib chiqargan boshqa turli yangicha bid’at va xurogotga asoslangan ibodatlarni xalq ichida targ’ib qilib, bu ibodatlarni bajargan shaxslar eng to’g’ri yo’lda ekaniga ishonch hosil qilishi uchun tinmay urunadilar.
Insonlar ham, ularni Allohni do’stlari deb o’ylab, ularga asta sekin qul va mute’ bo’lishni boshlashadi. Natijada, Allohga bo’lgan ishonchlari asta sekin so’nib, to’g’ri yo’ldan aloqalari uzilib boradi. Buning eng achinarlisi shuki, ular o’zlarini to’g’ri yo’ldamiz deb o’ylaydilar. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَمَن يَعْشُ عَن ذِكْرِ الرَّحْمَنِ نُقَيِّضْ لَهُ شَيْطَانًا فَهُوَ لَهُ قَرِينٌ
وَإِنَّهُمْ لَيَصُدُّونَهُمْ عَنِ السَّبِيلِ وَيَحْسَبُونَ أَنَّهُم مُّهْتَدُونَ

“Kimki Rahmonning zikriga (Qur’onga) xira qarasa, boshiga bir shaytonni o’rab qo’yamiz. Endi u, uning yaqin do’sti bo’ladi. Ular bu kabilarni yo’ldan adashtiradilar, ammo ular o’zlarini to’g’ri yo’ldamiz deb o’ylaydilar.” (Zuxruf 43/36-37)
Alloh nomidan gapirish ham, ko’pchilik insonlar tushgan tuzog’lardan biridir. Bu xususda avvalo Allohning kuchiga, yoki ustozlarining so’zlariga yo bo’lmasa, ba’zi kitoblardagi xurofotlarga suyanadilar. Noto’g’ri gap gapirmaslik uchun, avvalo Qur’onga murojaat qilish kerak. Bunday xatolarni qo’llab quvvatlaydigan darajada oyatlarni buzib tarjima va tafsir qilinishi esa, g’ishtni qolipidan chiqarib yuboradi.

وَمَا كَانَ اللّهُ لِيُضِلَّ قَوْمًا بَعْدَ إِذْ هَدَاهُمْ حَتَّى يُبَيِّنَ لَهُم مَّا يَتَّقُونَ إِنَّ اللّهَ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ

“Alloh bir qavmni yo’lga solgandan so’ng, saqlanishlari kerak bo’lgan narsani ularga op-ochiq qilib bildirmagunigacha, ularni yo’ldan chiqishini tasdiqlamaydi. Alloh har narsani biladi.” (Tavba 9/115)

وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ افْتَرَى عَلَى اللَّهِ كَذِبًا أَوْ كَذَّبَ بِالْحَقِّ لَمَّا جَاءهُ أَلَيْسَ فِي جَهَنَّمَ مَثْوًى لِّلْكَافِرِينَ

وَالَّذِينَ جَاهَدُوا فِينَا لَنَهْدِيَنَّهُمْ سُبُلَنَا وَإِنَّ اللَّهَ لَمَعَ الْمُحْسِنِينَ

“Alloh haqida yolg’on to’qigan, unga haqiqat kelganda yolg’onga osilgandan ham zolimroq (haqsizroq) kim bor­? O’zlarini haqiqatlardan to’skanlarga jahannamda yer yo’qmi? Bizni yo’limizda jasorat ko’rsatkanlarni albatta yo’llarimizga yo’llaymiz (yo’llarimizni ko’rsatamiz, yo’lini ochib qo’yamiz). Albatta Alloh, hayotini chiroyli davom etkazganlar bilan birgadir.” (Ankabut 29/68-69)
[1]     An’om 6/112, Nas 114/6.

[2]     Oyatta  o’zagi “shay’” – شَيْءٍ  o’zagidan turagan fe’l bor. Har bir fe’l, o’z o’zagi bilan bir hil ma’no bildiradi. Shay’ kalimasi, masdarda biron narsani bor qilish, paydo qilish, ijod etish ma’nolarini anglatadi. Bir oyat shundaydir:   “Bo’lishini xohlagan narsamizga aytadigan narsamiz: “bo’l” deyishdir xolos. So’ngra u bo’ladi.” (Nahl 16/40) Inson biron narsa paydo qilmoqchi bo’lsa, talab qilingan shartlarini bajarishi kerak. Alloh ham u narsani tanlab, “bo’l” desagina o’sha narsa paydo bo’ladi. Xulosa shuki; agar sha’a fe’lining foili inson bo’lsa, tanlab bajardi degan ma’no beriladi, agar sha’a fe’lining foili Alloh bo’lsa, tanlab va afzal ko’rib yaratdi degan ma’no beriladi. Ma’lumot uchun: Abdulaziz Bayindir, Qur’on nuri ostida To’g’ri Deb Bilgan Xatolarimiz (Istanbul 2014) 183-vd.

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: