Musulmonlar

“Onangni uyiga ketsang taloqsan” kabi shartli taloq hisobga o’tadimi?

Savol: Shartli taloq (ajrashish) hisobga o’tadimi?

Javob: Islomda shartli taloq degan narsa yo’q. “Onangni uyiga ketsang taloqsan, uydan chiqsang taloqsan, falon-piston qilsang bo’shsan” kabi soz’lar bilan taloq qo’yish shartli taloq deyiladi. Bunaqangi shartli taloq Qur’on va Sunnatda umuman yo’q, demak aslo bunday taloq inobatga olinmaydi.

Taloq – Alloh taolo qo’ygan taloq mezoniga ko’ra amalga oshirilishi uchun, avvalo ayol odat qoni to’xtagan va eri u bilan o’sha poklik muddatida jinsiy munosabatda bo’lmagan bo’lishi, o’rtadagi taloqqa ikkita guvoh keltirilishi, erkak kishi iddani hisoblashi va ayol kishi to iddasi tugamay turib erini uyidan chiqmasligi kerak.

Alloh taolo taloqqa aloqador yuqoridagi hukmlarni bayon qilganidan keyin shunday buyurgan:

“…Mana shular – Allohni belgilab qo’ygan chegaralaridir, ularni buzmanglar. Kimki Allohni chegaralarini buzsa, ana o’shalar haqsizlik qiluvchi-zolimlardir.

(Baqara 2/230)”

“Mana shular – Alloh belgilab qo’ygan chegaralardir. Kim ki Allohni chegaralarini buzsa, o’zini ziyonga tiquvchilar o’shalar bo’ladi…” (taloq 65/1)

Demak, har qanday bir shartga bog’liq bo’lgan taloqni hisobga o’tadi deb hukm chiqarish – Allohni taloq masalasida qo’ygan mezon va chegarasini buzgan deb hisoblanadi.

Taloq haqida qo’shimcha ma’lumotni quyidagi linkdan olishingiz mumkin:

Qur’on va Sunnatga ko’ra taloq

Add comment

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: