Musulmonlar

Jihod nima degani? Jihod jang qilish degan ma’noni bildiradimi?

Javob: Qur’onda jihod so‘zi asosan – bir-biriga yaqin bo‘lsa-da – 5 xil turdagi jumlalarda 5 xil ma’noda keladi:

  1. Tutgan yo‘lida ikkilanmasdan, ortga qaytmasdan maqsad sari intilish, fidokorlik qilish;

“Alloh va Rasuliga ishongandan keyin shubha qilmasdan, Alloh yo‘lida moli va joni bilan jihod (harakat/fidokorlik) qilganlar haqiqiy mo‘minlardir. Imonida sodiqlar (Allohga to‘g‘ri ma’noda ishonganlar) ana o‘shalardir.” (Hujurot 49/15), “Orangizdan jihod (fidokorlik) qiluvchilarni va sabr-bardosh ko‘rsatuvchilarni belgilab olgunga qadar; xabarlaringizni o‘rtaga chiqargunga qadar sizlarni qattiq imtihondan o‘tkazishimiz aniq.” (Muhammad 47/31)

2. Bir ishga bor kuchini sarflash, urinish;

“Bizni yo‘limizda jihod (bor imkoniyatidan foydalangan, bor kuchini sarflagan) qilganlarni, O‘z yo‘llarimizga yo‘llab qo‘yamiz.” (Ankabut 29/69)

3.  Birovni bir ishga majbur qilish;

“Insonga o‘z ota-onasiga yaxshilik qilishni buyurdik. Agar ular seni u haqda ma’lumoting bo‘lmagan narsada Menga sherik qilishga jihod (majbur) qilsalar, ularni bu ishiga bo‘ysunma.” (Ankabut 29/8)

4. Qur’onni tushuntirish, yetkazish;

“Kofirlik qilib oluvchilarga bo‘ysunma. Ularga qarshi Qur’on bilan katta jihod qil (Qur’onni yetkaz, tushuntir).” (Furqon 25/52)

5. O‘ziga hujum qilinganida imonini, molini va jonini himoya qilib jang qilish, dushmanlarga qarshi harakatni amalga oshirish;

“Beshikast bo‘la turib o‘tirib olgan mo‘minlar bilan Alloh yo‘lida mollari va jonlari bilan jihod (dushmanga qarshi jang) qiladiganlari barobar bo‘lmaydilar.” (Niso 4/95)

Bulardan ilk 4 ta ma’no ifodalovchi oyatlarning aksariyati Makkada nozil bo‘lgan oyatlarda keltirilgan. 5- ma’noni anglatuvchi oyatlar esa Madinada nozil bo‘lgan.

Jahd va jihod so‘zining 20ga yaqin ma’nolari bor. Ulardan bittasi jang qilish degani. Oyatlarda keltirilgan har bir jahd va jihod so‘ziga jang qilish degan ma’no berilavermaydi. Bunga yuqorida bir nechta misollar keltirdik.

Alloh yo‘lida/Allohni dinini yetkazish uchun kerakli shaklda kerakli ishni amalga oshirgan kishiga, ya’ni kerak vaqtda mol sarflab, kerak vaqtda kuch sarflab, kerak vaqtda ilm va zakovat sarflab, kerak vaqtda vaqt sarflab Allohga/Allohni diniga yordam berishda davom etadigan kishiga mujohid deyiladi. “Alloh yo‘lida haqqi ila jihod (fidokorlik, tirishqoqlik) qilinglar.” (Haj 22/78) Bu oyat yuqorida aytib o‘tilgan barcha ma’nolarni o‘z ichiga oladi. Allohni dinini rivoji va insonlarga Qur’on va undagi haq va haqiqatlarni yetkazish uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilish haqiqiy jihoddir.

Jihod so‘zini ma’nolarining bir parchasi bo‘lgan qatl, ya’ni sovuq qurol bilan jang qilish Qur’onda qatl va qitol shaklida kelgan. Dushmanga qarshi Alloh yo‘lida jonini fido qilib urishishga Qur’onda “Muqotil fi sabilillah = Alloh yo‘lida jang qiluvchi” deyiladi. Qatl va qitol so‘zlari umumiy holatda Qur’onda 98 o‘rinda kelgan va ular orasida Alloh uchun qitol qilinglar jumlalarining barchasi kerakli vaqtda mol-u joni, imoni va yurtini himoya qilish maqsadida dushmanga qarshi jang qilish deya keltirilgan.

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: