Musulmonlar

Savob o‘zi nima? Savob nima degani?

Savol: Savob deb o’zi nimaga aytiladi?

Javob: Savob – insonni qilgan yaxshi-yomon ishining qarshiligi sifatida mukofot yoki jazo o‘laroq o‘ziga qaytib beriladigan narsadir.

Savob so‘zi yaxshiliklarda ham yomonliklarda ham qo‘llaniladi, lekin qilingan yaxshi ishlarga qarshilik beriladigan mukofot sifatida ko‘proq ishlatiladi. “فَآتَاهُمُ اللَّـهُ ثَوَابَ الدُّنْيَا وَحُسْنَ ثَوَابِ الْآخِرَةِ ۗ وَاللَّـهُ يُحِبُّ الْمُحْسِنِينَ – Alloh ularga dunyo savobini (qilgan ishlarini foydasini/natijasini) ham berdi, oxiratni eng chiroyli savobini (mukofotini) ham berdi.” (Oli Imron 3/148) oyati ham shunga ishorat qiladi.

قُلْ هَلْ أُنَبِّئُكُم بِشَرٍّ مِّن ذَٰلِكَ مَثُوبَةً عِندَ اللَّـهِ ۚ مَن لَّعَنَهُ اللَّـهُ وَغَضِبَ عَلَيْهِ وَجَعَلَ مِنْهُمُ الْقِرَدَةَ وَالْخَنَازِيرَ وَعَبَدَ الطَّاغُوتَ ۚ أُولَـٰئِكَ شَرٌّ مَّكَانًا وَأَضَلُّ عَن سَوَاءِ السَّبِيلِ

“Ey Muhammad! Aytginki: “Alloh huzurida  jazosi (savobi) bundan ham yomon bo‘ladiganlar haqida sizlarga aytib beraymi? Alloh la’natlagan, g‘azab qilgan, ba’zilarini maymunlarga va ba’zilarini to‘ng‘izlarga aylantirib qo‘ygan kimaslar va tog’utga qullik qilganlar bor-u, ana o’shalarni ahvoli juda ham yomon va yo‘ldan qattiq adashgan kimsalardir.” (Moida 5/60) oyati ham yuqoridagi ta’rifga ishorat qiladi.

Demak, bu so‘zga O‘zbek tilida turlicha ma’no berish mumkin; qilgan ishidan oladigan hissasi, qilgan ishidan oladigan haqi, qilgan ishining natijasi, samarasi, foydasi yoki zarari.

Inson bir yaxshilikni Alloh uchun qilsa, demak qilgan ishini savob va mukofotini Allohdan kutadi. Agar Allohdan boshqasi uchun qilgan bo‘lsa, qilgan ishiga Allohdan emas, kim uchun qilgan bo‘lsa o‘sha kishidan savob kutiladi. Shu sababli ham bir amalni insonlar ko‘rsin, eshitsin, deb qilgan bo‘lsa, u insonni qilgan xayrli ishlariga Alloh savob bermaydi. Aksincha, ko‘zbo‘yamachilik qilgani uchun Allohdan jazo olishi mumkin.

Samimiy qullar bo‘lishimizni Allohdan so‘rab qolamiz.

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: