Musulmonlar

Sarxush qiluvchi ichimlik sotiladigan do‘kondan savdo qilishni hukmi nima?

Savol: Spirtli ichimlik sotiladigan savdo do‘konidan oddiy halol narsa sotib olsa nima bo‘ladi? Bundan tashqari, spirtli ichimlikni ichish uchun emas, balki uni olib to‘kib yuborish maqsadida olsa yaxshi ish qilgan bo‘ladimi yoki yomonmi?

Javob: Sizni amal daftaringizga sotuvchini nima sotgani emas, sizni nima sotib olganingiz yozib qo‘yiladi. Shu sababli, spirtli ichimliklar ham sotiladigan oziq-ovqat do‘konlaridan savdo-sotiq qilish harom bo‘lmaydi. Lekin spirtli ichimliklarni sotilishiga norozilik bildirish maqsadida u do‘kondan savdo qilmasdan boshqa joyda savdo qilsangiz chiroyli ish qilgan bo‘lasiz.

Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

“Mo‘minlar! Sarxush qiluvchi modda, qimor, tik toshlar va fol o‘qlari shaytonni jirkanch ishlaridandir; bulardan uzoq turinglarki, maqsadingizga erishasiz.” (Moida 5/9)

Uzoq turish – o‘rtada masofa saqlash degani. Shu sababli Payg‘ambar alayhissalom shunday deganlar:

Anas sahobadan (Alloh undan rozi bo‘lishini so‘raymiz) rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar alayhissalom sarxush qiluvchi moddalarga aloqador o‘laroq o‘n kishini la’natlagan: “Tayyorlagan kishini, tayyorlatgan kishini, ichganni, tashiganni, tashitganni, taklif qilganni (ichirganni), sotuvchisini (sotish orqali maosh oladigan kishini), pulini yeydiganlarni (sotilgan puldan tirikchilik qiladigan kishini), sotib oluvchini va sotib oldirgan kishini.” (Termiziy, Buyu’ 59)

Spirtli ichimliklar sotiladigan do‘kondan savdo qilgan kishi hadisda aytilgan kishilar qatoriga kirmasa-da, “Sarxush qiluvchi moddalardan uzoq turinglar” buyruqqa muvofiq harakat qilish uchun boshqa bir do‘kondan savdo qilishi albatta yaxshi bo‘ladi.

Keyingi savolga kelsak: Bir musulmon kishi nima maqsadda bo‘lishidan qat’i nazar, sarxush qiluvchi moddalarni sotib olishi aslo mumkin emas. Zero, fiqh ilmiga ko‘ra, Alloh iste’molini harom qilgan haromun liaynihi bo‘lgan mollarni savdosi bilan shug‘ullanib bo‘lmaydi. Shu bois aroq yoki boshqa sarxush qiluvchi moddalarni sotish yoki sotib olish mumkin emas.

Sarxush qiluvchi moddalarni o‘ziga qarshi kurashishni o‘rniga, uni iste’mol qiluvchilar bilan kurashish va ularga to‘g‘risini tushuntirish kerak.

 

Yahyo Sheno‘l

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: