Musulmonlar
Assalomu alaykum…

Assalomu alaykum…

Musulmonlar o’rtsadiagi salomlashishning ma’no va mohiyati bir-biriga salomatlik tilash, bir-biriga Allohni salomatlik yurti bo’lmish “Dorussalom”ni tilash va bir-biriga nisbatan faqatgina tinchlik-xotirjamlikni  ravo ko’rayotganini ifodalash bo’ladi. Qisqa qilib aytganda, men senga Allohni jannatini tilayman, mendan senga yomonlik tegmaydi, sen men tarafimda salomatlikda va eson-omonlikdasan degan bo’ladi. Salomlashish turli ifodalar bilan amalga oshirilish mumkin.  Bunga misol o’laroq Qur’ondagi salom berish shakllaridan namunalar keltiramiz. Chunki, biz Musulmonlarga har ishda o’rnak va namuna bo’lishi va undan ibrat olishimiz uchun barcha kerakli ma’lumotlar Qur’onda mujassamdir. Salom-alik to’g’risida ham bir nechta namunalar keltiramiz.

Salom berishda “Assalomu alaykum”, “Salomun alaykum” “Salom” shaklida va alik qaytarishda esa, Va alaykum assalom”, “Alaykum salom”, Alaykum assalom”, “Salom” shaklida alik olish mumkin.  Bunga misol quyidagi oyatlar:

وَإِذَا جَاءَكَ الَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِآيَاتِنَا فَقُلْ سَلَامٌ عَلَيْكُمْ ۖ كَتَبَ رَبُّكُمْ عَلَىٰ نَفْسِهِ الرَّحْمَةَ ۖ أَنَّهُ مَنْ عَمِلَ مِنكُمْ سُوءًا بِجَهَالَةٍ ثُمَّ تَابَ مِن بَعْدِهِ وَأَصْلَحَ فَأَنَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ 

“Agar huzuringga oyatlarimizga ishonadiganlar kelsa: “Sizlarga salom boʻlsin, Rabbingiz Oʻz zimmasiga rahmatni yozdi. Sizdan kim o’zini tuta olmay yomonlik qilsa, soʻngra undan keyin tavba qilib, yaxshi ishlarni amalga oshirsa, bas, albatta, U zot mag’firatli va rahmli zotdir”, deb ayt.” (An’om 6/54)

وَلَقَدْ جَاءَتْ رُسُلُنَا إِبْرَاهِيمَ بِالْبُشْرَىٰ قَالُوا سَلَامًا ۖ قَالَ سَلَامٌ ۖ فَمَا لَبِثَ أَن جَاءَ بِعِجْلٍ حَنِيذٍ

Haqiqatda, elchilarimiz Ibrohimga xushxabar keltirdilar. Ular: “Salom”, dedilar. U: “Salom”, dedi. Va koʻp oʻtmay qovurilgan buzoq keltirdi.” (Hud 11/69)

فَأْتِيَاهُ فَقُولَا إِنَّا رَسُولَا رَبِّكَ فَأَرْسِلْ مَعَنَا بَنِي إِسْرَائِيلَ وَلَا تُعَذِّبْهُمْ ۖ قَدْ جِئْنَاكَ بِآيَةٍ مِّن رَّبِّكَ ۖ وَالسَّلَامُ عَلَىٰ مَنِ اتَّبَعَ الْهُدَىٰ 

Shunda, uni oldiga boringlar va unga: “Albatta, biz Rabbingning Elchilarimiz, Bani Isroilni biz bilan qoʻyib yubor. Ularni qiynama. Haqiqatda, biz senga Rabbingdan moʻjiza keltirdik. Hidoyatga ergashgan kimsaga salom bo’lsin.” (Toha 20/47)

Eng so’ngi oyatda farqli jumlalar bilan kelishini sabab, salom berilayotgan kishi o’zini ilohman deb da’vo qilayotgan va Allohning elchilari keltirgan mo’jizalarni sehr deb yolg’onga chiqarayotgan shaxs bo’lganidir. Shu sababli, unga Allohni salomatlik yurti bo’lmish “Dorussalom”ni unga tilamagan va unga salomatlikni ravo ko’rmagan, aksincha, to’g’ri yo’ldagi kishilarga tilagan.

Munziriy va Ibn Hibbonni Abu Hurayradan keltirgan rivoyatiga ko’ra, Nabiy alayhissalom: salom bergan kishi salomiga (السَّلَامُ عليكم – Assalomu aleykum) Allohni rahmatini ham (السَّلَامُ عليكم ورحمةُ اللهِ  – Assalomu aleykum va rohmatulloh) qo’shib aytsa yanada savobli bo’lishini, agar Allohni barakotini (qilayotgan ishlarida yaxshiliklari ko’p bo’lishi) ham (السَّلَامُ عليكم ورحمةُ اللهِ وبركاتُه -Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakotuh) qo’shib aytsa undan-da chiroyli va savobli bo’lishini aytgan va tavsiya qilgan.

Bu haqda qo’shimcha ma’lumot olmoqchi bo’lganlar Maryam surasining 15, 33, 47, Qasos surasining 55, Ahzob 44- oyatlarga murojaat qilishlari mumkin.

Allohni barcha mo’min bandalariga Jannat tilayman, hammalari salomat bo’lsinlar.

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: