Musulmonlar

Safarda namozlarni qasr qilmasdan 4 rakaat qilib o’qisa nima bo’ladi?

Savol: Safarda namozlarni qasr qilmasdan (qisqartirmasdan) 4 rakaat qilib o’qisa nima bo’ladi?

Javob: Aslida (Muqimlikda: safarda bo’lmagan holatda) 4 rakaatli bo’lgan farz namozlar safarda 2 rakaatdir. Ya’ni, safarda o’qilayotgan farz namozlarni 2 rakaat qilib o’qish – 4 rakaatdan 2 rakaatga qisqartirilgani uchun emas, balki farz namozlar aslida safarda 2 rakaatli qilib farz qilingani sabablidir.

Niso surasining 4/101-103- oyatlari namozni qasr qilishni, ya’ni 2 rakaatdan bir rakaatga qisqartirishni faqatgina qo’rquv holatiga xos ekanini ochiqcha bayon qilib bermoqda. Aloqador oyatlar quyidagicha:

“Yer yuzida javlon urganingizda kofirlarni (haqni tan olmaydigan kimsalarni) sizga hujum qilishidan qo’rqsangiz, o’sha namozni (safarda o’qiladigan namozni) qisqartirishingizda hech qanday gunoh yoq. Chunki kofirlar sizlarga ochiq dushmandir.

Ularni ichlarida bo’lib, ular uchun namozni to’liq ado qilsang, ularni bir qismi sen bilan birga namozga tursinlar va qurollarini o’zlari bilan birga olsinlar. (Ilk) Sajdani qilganingizdan keyin orqangizga o’tsinlar; endi namozni ado qilmagan boshqa bir qism kelib, sen bilan birga namozni ado qilsinlar, tadbirli bo’lishsin va qurollarini o’zlari bilan birga olsinlar. Qurol-yarog’ingizdan bexabar bo’lib qolsangiz, kofirlar sizlarga to’satdan hamla qilib qolishni xohlab qoladi. Yomg’irdan aziyat ko’rsangiz yoki bemor bo’lsangiz, qurollaringizni bir yerga qo’yib turishingizda bir gunoh yo’q, ammo baribir tadbirli bo’linglar. Alloh u kofirlarni xorlash uchun bir azob tayyorlab qo’ygan.” (Niso 4/101-102)

Niso surasining 101-oyatidagi “aqoma” (أقام) fe’lining maf’uli “as-solat” kalimasidir. Qur’onda aynan bu iboralar bilan keltirilgan joylarda namozni to‘liq ado etish kerakligi ifoda qilinadi. Niso 102-oyatda Payg‘ambar (as) namozni qisqartirmasdan to‘liq 2 rakaat qilib ado qilib jamoatga imomlik qilgan holati  “فأقمت لهم الصلاة – ular uchun namozni to‘liq ado etganingda” shaklida ifoda etilmoqda. Payg‘ambar alayhissalom namozni 2 rakaat qilib to‘liq ado etsa-da, ortida saf tutib turgan mo‘minlar namozni qisqartirib 1 rakaat qilib o‘qishganini bildirgan oyatda “فلتقم منهم طاءفة معك  – ularning bir qismi sen bilan birga namozga tursinlar” shaklida keltirilgan, aqomu as-solat shaklida emas. Chunki aytib o’tganimizdek, solat kalimasi aqoma fe’li bilan birga keltirilsa namozni to’liq ado etishni ifoda qiladi. Demak unda namozni qisqartirib bo’lmas edi.

Abdulloh b. Umardan rivoyat qilingan hadis shunday:

“Rasululloh bilan (bir-qancha) safarda birga bo’ldim. Ikki rakaatdan ortiq namoz o’qimadi. Abu Bakr bilan ham birga safarda bo’ldim, u ham safarda ikki rakaatdan ortiq namoz o’qimadi. Umar va Usmon bilan ham birga bo’ldim, ular ham aynan shunday qilishgan.” (Ibn Moja, Iqomatus-solah 75; Nasoiy, Taqsirus-solah 5.)

Payg’ambar alayhissalom safarda 4 rakaatli namozlarini doimo 2 rakaat qilib o’qiganiga va “Meni namozimni qanday o’qiganimni ko’rsangiz, sizlar ham shunday namoz o’qinglar.” (Buxoriy, Azon 18) deganiga ko’ra, biz ham namozni shunday o’qishimiz kerak.

Takroran aytishimiz mumkinki, Safarda shom namozidan boshqa barcha namozlar 2 rakaatli bo’lib, bu holatda hech qanday qisqartirish yo’q. Safardagi namozlar faqatgina dushmandan xavf paydo bo’lgandagina qisqartirilishi mumkin. Bu ham bo’lsa, yuqorida aytib o’tganimizdek, 2 rakaatli namozlarni 1 rakaat qilib o’qishdan iborat bo’ladi.

Add comment

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: