Musulmonlar
Ro‘molni Taqiqlovchilar

Ro‘molni Taqiqlovchilar

   Ro‘molni Taqiqlovchilar

Qur’onga ko‘ra hijobni taqiqlovchilarning ahvoli

Turkiya va boshqa ba’zi bir xalqi Musulmon bo‘lgan yurtlarda Muslima ayol-qizlarni boshlarini yopiq yurishini xohlamaydiganlar paydo bo‘lib qolgan. Buni xohlamayotganlar o‘zlari dinni va haqiqiy dindorlarni hurmat qilishlarini aytishadi va dinsizlikda ayblanishlarini rad etishadi. Bir tarafdan musulmonlar diniy hayotlarini Qur’on soyasi ostida ko‘zdan kechirib chiqishni boshlashgan. Qur’onga yo‘nalish bilan bir qatorda xurofotlarga qarshi urush ham ochilgan. Hozirgi kunimizda musulmonlikni ikki xil turi mavjud;

Bittasi Qur’on musulmonligi, yana biri Qur’onsiz musulmonlik. Qur’onsiz musulmonlikdan maqsad an’anaviy musulmonlikdir. Dindorlarning ko‘pchilik qismi an’anaviy ma’noda musulmon bo‘lganliklari uchun Qur’on musulmonligi e’tiboriga ro‘mol taqiqlovchilari tushib qolgan. Ushbu maqolada hijob taqiqlovchilarining holati faqat Qur’on oyatlari asosida muhokama qilinadi. O‘quvchiga qulay bo‘lishi uchun, o‘zaro suhbat muhitida yozilgan maqola bilan sizni yolg‘iz qoldiraman.

– Muslima ayol-qizlarni boshlarini yopib yurishiga qarshi chiqayotganlar haqida Qur’onda rostdan ham bir hukm bormi?

– Albatta bor. Muslima ayol-qizlar boshlarini yopib yurishlari Allohni qat’iy bir buyrug‘i. Allohni bitta bo‘lsa ham buyrug‘ini qabul qilmaydigan kishilarni kim ekani Qur’onda aytib o‘tilgan. Har bir musulmon buni yaxshi bilishi kerak. Endi sizga bir savol beray, Qur’onda adashish va adashtirish timsolida keltirilgan mavjudot qaysi?

-Shaytonmi?

-Ha, shayton, boshqa nomi bilan iblis. Malaklar bilan birga ekanida Alloh barcha malaklar qatorida unga ham Odam uchun hurmat ko‘rsatishga buyurganda u mana shu bitta buyruqni qabul qilmagani uchun kofir bo‘lgan. Bu haqdagi oyat quyidagicha:

“O‘z vaqtida Rabbing farishtalarga: «Albatta, Men quruq loydan, o‘zgartirilgan qora balchiqdan bashar yaratuvchiman. Uni to‘g‘rilab bo‘lganimda va ichiga O‘z ruhimdan puflaganimda, unga sajda qilinglar», dedi. Farishtalarning barchasi bir bo‘lib sajda qilishdi. Iblis bunday qilmadi. U sajda qilganlardan bo‘lmaslikka urindi. Shunda Alloh: “Ey iblis! Nima uchun Odamga sajda qilmading?”, deganida, shayton: “Sen qurigan loydan, o‘zgargan qora balchiqdan yaratgan Odamga men sajda qila olmayman”, dedi. Alloh aytdiki: “Unday bo‘lsa chiq u yerdan, chunki sen quvilding.” (Hijr 15/28-34)

Ko‘rinib turibdiki, shayton Allohni bitta amrini qabul qilmagani uchun kofir bo‘ldi va quvilib la’natlandi.

-Bundan tashqari, shaytonni kibrlanishi ham bor. Alloh taolo shunday marhamat qiladi: “…Iblis unday qilmadi,

katta ketishga tirandi va kofirlardan bo‘ldi.” (Baqara 2/34) Iblisni katta ketishi Odamga qarshi emas, aslida Allohni amriga qarshi bo‘lgan, Allohni amrini mensimagan. Loydan yaratilgan Odamga sajda qilish amri unga og‘ir kelgandi. Shu sababli, Alloh unga: “…Tush u yerdan, seni u yerda katta ketishga haqqing yo‘q, chiq, sen xor bo‘luvchilardansan”, dedi. (A’rof 7/13)

-Iblis mana shu holatida Allohni inkor qilgan bo‘ladimi?

-Bu holatda Iblis Allohni bitta buyrug‘ini tan olmagan bo‘lyapti. Mana shu bitta buyruqni tan olmasligi esa uni kofir bo‘lishiga yetarli bo‘lyapti. Aks holda, Iblis Allohni borligini, birligini, yaratuvchi ekanini va kuch-qudratini rad qilmagan, inkor qilmagan. Qur’oni Karim iblis adashganidan keyin, “… To‘g‘risi, men Allohdan qo‘rqaman, Allohni jazosi juda og‘ir.” (Anfol 8/48) deyishini bildirgan. Allohni ba’zi buyruqlarini tan olmaslikka davom etgani uchun, uni “Allohdan qo‘rqaman” degan gapi kofirlikdan va la’natdan qutqarib qolmagan.

-To‘g‘ri, Allohga “Robbim” deb xitob qilyapti. Undan tashqari, turgan maqomidan Alloh tarafidan haydalganidan keyin

shunday degan: “Robbim! Hech bo‘lmasa qaytadan tiriladigan kungacha menga muhlat ber.” (Hijr 15/36)

-Bu oyatlardan u qiyomatga ham aniq ishonishi o‘rtaga chiqmoqda.

-Unday bo‘lsa, juda qiziq bir vaziyat yuzaga kelyapti. Iblis Allohga ishonadi, malaklarga ishonadi, chunki o‘zi ularni orasida edi. Oxiratga ishonyapti. Ishonishi kerak bo‘lgan hali hanuz bir payg‘ambar yo‘q, chunki Odam alayhissalom hanuz payg‘ambar bo‘lmagan edi. Alloh tarafidan yuborilgan bir kitob ham yo‘q edi. Ba’zilar bunday kishilarni yaxshi bir musulmon deb bilishi mumkin, lekin Baqara surasining 34- oyatida uni kofir bo‘lgani ochiqcha bildirib o‘tilgan. Bundan tashqari, siz butun Qur’on oyatlariga qarasangiz, u kufrning boshida ekanligi ayon bo‘ladi.

-Demak, Allohni bitta buyrug‘ini mensimaslik uni shu holga tushib qolishiga yetarli bo‘lgan. Uni kofirligi shunday

boshlangan, keyin gunoh ishlarini yana-da ko‘paytira boshlagan.

-Tildan-tilga o‘tib yuradigan bir so‘z bor, aytiladiki: “Bir kishini kofir ekaniga to‘qson to‘qqizta, musulmon

ekaniga bitta dalil bo‘lsa, muftiy o‘sha bitta dalilga amal qilishi kerak.”

-Bunday narsa qabul qilinishi mumkin emas. U so‘zning to‘g‘risi shunday: “Agar bitta mavzu turlicha talqin qilinishi mumkin bo‘lsa va bu ta’vil va izohlar kishini kofir ekaniga ishorat qilsa, ammo bitta ta’vil uni kofir emasligini bildirsa, unday holatda muftiy uni kofir emasligini bildiruvchi ta’vilga e’tibor berishi kerak. Agar u insonni niyati ham shunday bo‘lsa, demak u zotan musulmon ekan. Agar uni niyati unday bo‘lmasa, muftiy uni musulmon deb hukm qilishini unga hech qanday foydasi yo‘q.[1]” Aks holda, oyatdagi kabi, kofir bo‘lishini keltirib chiqaradigan bitta so‘z va xatti-harakat, odamni Allohga kofir bo‘lishi uchun kifoya qiladi.

-Ro‘mol haqida Alloh taoloni “Ro‘mollarini bir qismni yoqalarini ustiga tashlab olsinlar. …” (Nur 24/31) degan buyrug‘i bor; ammo aytilishicha, oyatda “ro‘mollarini” deb tarjima qilingan so‘z xumur kalimasidir. Bu esa ximor kalimasining ko‘plik shakli. Bu kalima yopqich ma’nosida ham keladi. Bu o‘rinda ro‘mol taqiqlovchilarini foydasiga bir izoh berib bo‘lmaydimi?

-To‘g‘ri, oyatda keltirilgan ximor (خمار) kalimasining o‘zagi xomr (خمر)dir. Buni ma’nosi bir narsani yopishdir. Ximor (خمار) ham yopish ma’nosida ham qo‘llanilgan. Ammo bu so‘z Arab urf-odatida ayolni boshini yopib yuradigan narsaga ism bo‘lib qolgan. Eski va qadimgi Arab tili so‘zliklarida bu kalima ayollarning ro‘moli ekani bildirib o‘tilgan. Bu oyat nozil bo‘lganida ham ximor kalimasi ayollarni boshini yopib yuradigan ro‘moli sifatida ishlatilar edi.[2] Ichida ximor so‘zi ishlatilgan juda ham ko‘p hadislar bor va bu so‘z ayollarni ro‘moli ma’nosida keltirilgan. Bulardan uchta misol keltiramiz:

  1. Rasululloh sollalohu alayhi va sallam ipak matolar olib keldi. Umarga bir parcha, Usoma b. Zaydga bir parcha va Ali b. Abu Tolibga bir parcha berdi va: “Buni ayollar o‘rtasida ximor (ro‘mol) qilib bo‘lib beringlar”, dedi. (Muslim, Libos 7-2068)
  2. Alqoma b. Alqomani onasidan qilgan rivoyatiga ko‘ra, “Abdurahmonning qizi Hafsa Payg‘ambar alayhissalomning ayoli bo‘lmish Oyisha onani oldiga kirdi, hafsani ustida yupqa bir ximor (ro‘mol) bor edi. Uni ko‘rgan Oyisha onamiz uni boshidagi yupqa ro‘molini olib yirtib yubordi va unga qalin ximor (ro‘mol) o‘ratib qo‘ydi.” (Al-Muvatto, Libos 4, 6- hadis.)
  3. Oyisha (ra)ning aytishicha Payg‘ambar alayhissalom shunday degan: “Alloh taolo odat ko‘rgan bir ayolni namozini boshi ximorli (ro‘molli) bo‘lmasa qabul qilmaydi.” (Abu Dovud, Solat 85)

Bugungi kunga qadar, musulmon ayolning boshini yopishi Allohning buyrug‘i emasligini aytadigan biron bir mazhab bo‘lmagan. Har doim shunday bo‘lib kelgan, ya’ni ro‘mol Allohni buyrug‘i ekani hammaga ma’lum bo‘lib kelgan.

Hozirda ro‘mol o‘rash mumkin, hijob (turbon) esa taqiqlangan, degan bir vaziyatga kelib qoldik. Ro‘mol o‘rash taqiqlanmagan, deb o‘zini oqlayotganlar haqida nima deb izoh berish mumkin?

-Turban so‘zi aslida Fransuzcha bo‘lib, salla degan ma’noni bildiradi.[3] Bu so‘z turk tilida ham ishlatiladi. Ko‘p yillardan beri bu so‘z ayollarni boshini to‘sib yuradigan ro‘mol ma’nosida ishlatilmoqda. Hijobni taqiqlovchilarni so‘zlariga ko‘ra, hijob  bosh bilan birgalikda elkalarni ham yopadigan ro‘molmish. Ular ro‘mol bilan hijobni bir-biridan ajratib yuborishmoqchi bo‘lishyapti. Turki tilli xalqlar orasidagi muslima ayollar asrlar davomida ishlatib kelgan ro‘mol yelkalarini ham o‘rab turgan. Agar buni nomini turban yoki hijob deyilsa, nega u hech qachon va hech qaysi lug‘atda yozilmagan?

-Ehtimol, hodisani Qur’onga muvofiq baholaydiganlar juda ozdir.

-Bugungi kunda Musulmonlar hanuz muammolarni Qur’onga muvofiq baholay olishga ko‘nika olishgani yo‘q. Alloh taolo

Qur’oni Karimda bu haqda shunday deydi: “Insonlarning ko‘pchiligi haqiqatdan ham oyatlarimizdan bexabardir.” (Yunus 10/92) Yuqoridagi oyatlarni yozganimning sababi, Allohning bitta oyatiga qarshi chiqqan musulmon Qur’onni qanday baholayotganini ko‘rsatishdir.

 

Prof. Dr. Abdulaziz BAYINDIR

[1] Alouddin al-haskafiy, Abu Dovud-Durrul-Muxtor ala tnaviril-Absor, (Ibn Obidiyn Hoshiyasi bilan birgalikda), Misr 1404/1984, 4- j, 249- s, ridda bo‘limi.

[2] Qarang: Ibn Manzur, Muhammad b. Mukarram, Lisanul-Arab, bayrut, 1410/1990, 4/257; Muhamamd Murtazo az-Zabidiy, tojul-Arus, Misir, 10306, 3188.

[3] Tahsin Sarach, FransuzchaTurkcha Katta So‘zlik, Turk Dil Kurumu Yayinlari, Anqara 1076, 2-j, 1325- s.

 

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: