Musulmonlar

Ramazonda soch oldirsa bo’ladimi?

Savol: Ramazon oyida soch oldirsa bo’ladimi?

Javob: Ramazon oyida boshqa oylarda qilib yurish taqiqlanmagan narsalardan faqatgina quyidagi uch narsa taqiqlangan:

  1. Yemoq;
  2. Ichmoq;
  3. Ayoli bilan jinsiy aloqa qilmoq.

Shariatda boshqa oylarda qilib yurishga ruxsat berilgan narsalar bu oyda ham ruxsat berilgan, faqat yuqoridagi uch narsa bundan mustasno, u ham bo’lsa sahardan shom vaqtigacha. Demak, soch oldirish, soqol qisqartirish, tirnoq olish, cho’milish, uxlab dam olish, yutib yubormasdan ovqatni tuzini ko’rib yana og’zini chayqab yuborish va shular kabi yeb-ichish va jinsiy aloqa qilish turiga kirmaydigan narsalar ro’zani buzmaydi va taqiqlanmaydi.

Bu haqda ko’proq ma’lumot uchun quyidagi linkga murojaat qilishingiz mumkin:

Tafsilotlari Bilan Ro’za Ibodati

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: