Musulmonlar
Ramazon va Qurbon  bayramlari farzmi yoki sunnatmi?

Ramazon va Qurbon bayramlari farzmi yoki sunnatmi?

شَهْرُ رَمَضَانَ الَّذِي أُنزِلَ فِيهِ الْقُرْآنُ هُدًى لِّلنَّاسِ وَبَيِّنَاتٍ مِّنَ الْهُدَىٰ وَالْفُرْقَانِ ۚ فَمَن شَهِدَ مِنكُمُ الشَّهْرَ فَلْيَصُمْهُ ۖوَمَن كَانَ مَرِيضًا أَوْ عَلَىٰ سَفَرٍ فَعِدَّةٌ مِّنْ أَيَّامٍ أُخَرَ ۗ يُرِيدُ اللَّـهُ بِكُمُ الْيُسْرَ وَلَا يُرِيدُ بِكُمُ الْعُسْرَ وَلِتُكْمِلُوا الْعِدَّةَ وَلِتُكَبِّرُوا اللَّـهَ عَلَىٰ مَا هَدَاكُمْ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ

(O’sha kunlar)1 Ramazon oyidirki, u oyda insonlarga rahbar bo’lgan2  va rahbarning ochiqlab beruvchi oyatlaridan tashkil topgan Qur’on,3 o‘sha Furqon4 nozil qilingan oydir. Sizlardan kim o‘sha oyda yashasa, u oyni ro’zador holda o‘tkazsin. kimki bemor yoki musofirlik holatida bo’lsa, o‘sha kunlar miqdoricha boshqa kunlarda tutsin. Alloh sizlarga qulaylikni iroda qiladi, qiyinchilikni xohlamaydi. Bu narsalar – sanog’ini tamomlashingiz, (ro’za tugagan kuni) sizlarni bunga yo’naltirgani uchun (Bayram namozida) Allohni ulug’ligini ovoza qilishingiz5 va Unga qarshi oz vazifalringizni ado etishingiz uchundir. (Baqara 2/185)

Bu oyat va Haj surasining 34-37- oyatlariga va quyida manbalari keltirilgan hadislarga ko’ra har ikkala bayram namozi farz ekani ma’lum bo’ladi.

 

1 .Bu yerda bir-biriga yuklangan kunlarga ishora qiluvchi zehndagi mubtado bor. U هي شهر رمضان deb tarjima qilinadi.

2. Oyatlar – ona hukmlarni ifodalovchi muhkam va ularga oydinlik kiritib beruvchi mutashobeh oyatlar deya ikkiga ayriladi.

3. Qur’on – oyatlar birlashmasi degani. Ramazon oyi haqida “Qur’on nozil qilingan oy” ifodasi qo’llanilishi, Ramazon oyida ilk nozil bo’lgan oyatlar oyatlar birlashmasi holida ekanini bildiradi.

4. Bu yerdagi Furqon Furqon surasining 1- oyatiga asoslangan holda “val-Furqonu” shaklida noib-i foil o’laroq tarjima qilingan.

5. Bu lar bayram takbirlaridir. Rasululloh har ikkala bayram kunlarida ayollari va qizlarini namoz o’qiladigan joyga olib chiqar edi va boshqa barcha ayollarni ham chiqishini buyurar edi. (Buxoriy, Iydayn 15,20. Hayz 23, Solat 2, Haj 81, Muslim Iydayn 10-890) Bayram namozlari aynan mana shu takbirlar uchun o’qiladi.

 

 

 

 

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: