Musulmonlar
Ramazon ro’zasini nimalar buzadi?

Ramazon ro’zasini nimalar buzadi?

Ramazon ro’zasini quyidagi uchta narsa buzadi : Yeyish, ichish va ayoli bilan jinsiy munosabatda bo’lish. Bu uch narsadan deb hisoblanmagan hech narsa ro’zani buzmaydi. Bu haqda Alloh taolo Baqara surasi 187- oyatida shunday marhamat qiladi:

أُحِلَّ لَكُمْ لَيْلَةَ الصِّيَامِ الرَّفَثُ إِلَىٰ نِسَائِكُمْ ۚ هُنَّ لِبَاسٌ لَّكُمْ وَأَنتُمْ لِبَاسٌ لَّهُنَّ ۗ عَلِمَ اللَّـهُ أَنَّكُمْ كُنتُمْ تَخْتَانُونَ أَنفُسَكُمْ فَتَابَ عَلَيْكُمْ وَعَفَا عَنكُمْ ۖ فَالْآنَ بَاشِرُوهُنَّ وَابْتَغُوا مَا كَتَبَ اللَّـهُ لَكُمْ ۚ وَكُلُوا وَاشْرَبُوا حَتَّىٰ يَتَبَيَّنَ لَكُمُ الْخَيْطُ الْأَبْيَضُ مِنَ الْخَيْطِ الْأَسْوَدِ مِنَ الْفَجْرِ ۖ ثُمَّ أَتِمُّوا الصِّيَامَ إِلَى اللَّيْلِ ۚ وَلَا تُبَاشِرُوٌهُنَّ وَأَنتُمْ عَاكِفُونَ فِي الْمَسَاجِدِ ۗ تِلْكَ حُدُودُ اللَّـهِ فَلَا تَقْرَبُوهَا ۗ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ اللَّـهُ آيَاتِهِ لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ 

“Sizlarga ro‘za kechasida xotinlaringizga qo‘shilish halol qilindi. Alloh sizlar o‘zlaringga xiyonat qilayotganlaringni bilib, tavbalaringizni qabul qildi va sizlarni afv etdi. Endi ular bilan (ro‘za kechalarida ham bemalol) qovushingiz va Alloh sizlar uchun yozgan narsani (farzandni) talab qilingiz! Va to tongdan oq ip qora ipdan ajraladigan paytgacha yeb ichaveringlar. So‘ngra kechgacha ro‘zani benuqson qilib tutinglar! Masjidlarda e’tikofda bo‘lgan chog‘ingizda (kechalari ham) ular (xotinlaringiz) bilan qo‘shilmang! Bular (yuqorida mazkur bo‘lgan hukmlar) Allohning chegaralaridir. Bas, ularga yaqinlashmangiz! Odamlar harom ishlardan saqlanishlari uchun Alloh o‘z oyatlarini mana shunday ochiq-ravshan bayon qiladi.” 

Ramazon kechalari ayollaringizga yaqinlik qilishlaring halol qilindi degan jumla – kunduzi mumkin emasligini bildiradi. subhdan to kechasigacha ro’zani tamomlanglar, tongacha yeb-ichinglar degan jumlalar esa, kunduzi yeb-ichib bo’lmasligini va bu uchta amal mutlaqo harom ekanini va bu ishlar ro’zani buzishini bildiradi. 

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: