Musulmonlar

Ramazon oyida xatna qildirsa bo’ladimi?

Savol: Ramazon oyida xatna qildirsa bo’ladimi?

Javob: Ha, albatta bo’ladi. Ramazonda xatna qildirish mumkin emas degan gapga o’rin yo’q. Chunki, xatna qilish yemoq, ichmoq va jinsiy aloqa qilmoq turiga kiruvchi amal hisoblanmaydi. Inson a’zosidan tabiqatan olib tashlanishi kerak bo’lgan bir jism yoki a’zoni olib tashlash aslo ro’zani buzmaydi. Ro’zani buzmagan amal esa ro’za tutgan kishiga ham tuta olmagan kishiga ham taqiqlanmagan. Tirnoq olish na ro’za tutgan kishiga va na ro’za tutmagan kishiga taqiqlanmagani kabi, xatna qilish ham hech kimga taqiqlanmagan.

Ramazon oyiga taalluqli bo’lgan boshqa  masalalar haqida bilmoqchi bo’lsangiz, ushbu linkdagi maqolani o’qishingiz mumkin.

Tafsilotlari Bilan Ro’za Ibodati

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: