Musulmonlar

Ramazon oyida ayoliga yaqin kelish mumkinmi?

Savol: Ramazon oyida ham boshqa oylar kabi er-xotin o’zaro yaqinlikni davom ettirish mumkinmi?

Javob: Ramazon oyining kechalarida, ya’ni ro’zani ochgan vaqtdan boshlab to saharlik vaqti tugagan vaqt o’rtasida o’z ayoli bilan jinsiy aloqa qilish mumkin. Bu masalada hech bir mazhabda ixtilof yo’q. Chunki, bu haqda Alloh taolo Qur’oni Karimni Baqara surasining 187- oyatida quyidagicha ochiq holatda bayon qilib ruxsat berib qo’ygan:

أُحِلَّ لَكُمْ لَيْلَةَ الصِّيَامِ الرَّفَثُ إِلَىٰ نِسَائِكُمْ ۚ هُنَّ لِبَاسٌ لَّكُمْ وَأَنتُمْ لِبَاسٌ لَّهُنَّ ۗ عَلِمَ اللَّـهُ أَنَّكُمْ كُنتُمْ تَخْتَانُونَ أَنفُسَكُمْ فَتَابَ عَلَيْكُمْ وَعَفَا عَنكُمْ ۖ فَالْآنَ بَاشِرُوهُنَّ وَابْتَغُوا مَا كَتَبَ اللَّـهُ لَكُمْ ۚ وَكُلُوا وَاشْرَبُوا حَتَّىٰ يَتَبَيَّنَ لَكُمُ الْخَيْطُ الْأَبْيَضُ مِنَ الْخَيْطِ الْأَسْوَدِ مِنَ الْفَجْرِ ۖ ثُمَّ أَتِمُّوا الصِّيَامَ إِلَى اللَّيْلِ ۚ وَلَا تُبَاشِرُوٌهُنَّ وَأَنتُمْ عَاكِفُونَ فِي الْمَسَاجِدِ ۗ تِلْكَ حُدُودُ اللَّـهِ فَلَا تَقْرَبُوهَا ۗ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ اللَّـهُ آيَاتِهِ لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ 

Ramazon kechalarida ayollaringizga jinsiy munosabatda bo’lishingiz sizlarga halol qilindi. Ular sizlarga bir libos, sizlar ham ularga bir libos. Alloh nafslaringizni yenga olmayotganingizni bilib, tavbalaringizni qabul qildi va sizlarni kechirdi. Ana endi ular bilan birga bo’lib Allohni sizlarga taqdir qiladigan narsasini talab qilaveringlar. Fajr tarafida (paydo bo’ladigan) oq chiziq qora chiziqdan ayrilgani sizlarga aniq bo’lib bilingunga qadar yeb-ichib, so’ng ro’zani kechgacha tamomlanglar. Masjidlarda e’tikof holida ekaningizda ayollaringiz bilan birga bo’lmanglar. Bular, Alloh qo’ygan chegaralaridir, ularga yaqinlashmanglar. Insonlar o’zlarini himoya qilsinlar deb, Alloh oyatlarini mana shunday ochiqlab ko’rsatib beradi. (Baqara 2/187)

Oyatdan ma’lum bo’lishicha, Ramazon oyida faqatgina kunduzi, ya’ni saharlik vaqti tugab bomdod namozining vaqti kirganidan to ro’zasini ochguncha ayoli bilan jinsiy aloqa qilib bo’lmaydi.

Agar bir kishi e’tikof o’tirish uchun masjidda qolgan bo’lsa,  u kishi ham e’tikoflik holatidan chiqmay turib ayoli bilan jinsiy aloqa qila olmaydi.

Ramazon oyining kechalarida er-xotinlik muomalasi avvalgi ummatlarga taqiqlangan edi. Alloh taoloni marhamati ila biz Ummati Muhammadga yengillik qilingan holda bunga ruxsat berilgan.

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: