Musulmonlar
Ramazon kechasida er-xotinlik muomalasiga ruxsat bormi?

Ramazon kechasida er-xotinlik muomalasiga ruxsat bormi?

Savol: Ramazon oyi kechalari er-xotinlik munosabatlariga ruxsat berilganmi?

Javob: Ha, ruxsat berilgan. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

أُحِلَّ لَكُمْ لَيْلَةَ الصِّيَامِ الرَّفَثُ إِلَىٰ نِسَائِكُمْ ۚ هُنَّ لِبَاسٌ لَّكُمْ وَأَنتُمْ لِبَاسٌ لَّهُنَّ ۗ عَلِمَ اللَّـهُ أَنَّكُمْ كُنتُمْ تَخْتَانُونَ أَنفُسَكُمْ فَتَابَ عَلَيْكُمْ وَعَفَا عَنكُمْ ۖ فَالْآنَ بَاشِرُوهُنَّ وَابْتَغُوا مَا كَتَبَ اللَّـهُ لَكُمْ ۚ وَكُلُوا وَاشْرَبُوا حَتَّىٰ يَتَبَيَّنَ لَكُمُ الْخَيْطُ الْأَبْيَضُ مِنَ الْخَيْطِ الْأَسْوَدِ مِنَ الْفَجْرِ ۖ ثُمَّ أَتِمُّوا الصِّيَامَ إِلَى اللَّيْلِ ۚ وَلَا تُبَاشِرُوٌهُنَّ وَأَنتُمْ عَاكِفُونَ فِي الْمَسَاجِدِ ۗ تِلْكَ حُدُودُ اللَّـهِ فَلَا تَقْرَبُوهَا ۗ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ اللَّـهُ آيَاتِهِ لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ 

Ramazon kechalarida ayollaringizga jinsiy munosabatda bo’lishingiz sizlarga halol qilindi. Ular sizlarga bir libos, sizlar ham ularga bir libossizlar. Alloh sizlarni nasflaringizni yenga olmayaotganingizni bilib, tavbalaringizni qabul qildi va sizlarni kechirdi. Ana endi ular bilan birga bo’lib Allohni sizlarga taqdir qiladigan narsasi talab qilaveringlar. Fajr tarafida (paydo bo’ladigan) oq chiziq qora chiziqdan ayrilgani sizlarga aniq bo’lib bilingunigacha yeb-ichib, so’ng ro’zani kechgacha tamomlanglar. Masjidlarda e’tikof holida ekaningizda ayollaringiz bilan birga bo’lmanglar. Bular, Alloh qo’ygan chegaralaridir, ularga yaqinlashmanglar. Insonlar o’zlarini himoya qilsinlar deb, Alloh oyatlarini mana shunday ochiqlab ko’rsatib beradi. (Baqara 2/187)

Oyatdan ma’lum bo’lishicha, Ramazon oyida faqatgina kunduzi, ya’ni saharlik vaqti tugab bamdod namozining vaqti kirganidan to ro’zasini ochguncha ayoli bilan jinsiy aloqa qilib bo’lmaydi. quyosh botib shom namozining vaqti kirganidan keyin ayoli bilan aloqa qilishi mumkin.

Agar bir kishi e’tikof o’tirish uchun masjidda qolgan bo’lsa,  u kishi ham e’tokoflik holatidan chiqmaguncha ayoli bilan jinsiy aloqa qila olmaydi.

Ramazon oyining kechalarida er-xotinlik muomalasi avvalgi ummatlarga taqiqlangan edi. Alloh taoloni marhamati ila biz Ummati Muhammadga yengillik qilingan holda bunga ruxsat berilgan.

 

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: