Musulmonlar
Qur’onga ko’ra tahoratni nimalar buzadi?

Qur’onga ko’ra tahoratni nimalar buzadi?

Savol: Qur’on Karimda tahoratni buzguvchi narsalar bayon qilinganmi?

Javob: Ha, Moida 5/6  oyatida tahorat qaysi holatlarda buzilishi ochiq qilib tushuntirilgan. Oyati Karima:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا قُمْتُمْ إِلَى الصَّلَاةِ فَاغْسِلُوا وُجُوهَكُمْ وَأَيْدِيَكُمْ إِلَى الْمَرَافِقِ وَامْسَحُوا بِرُءُوسِكُمْ وَأَرْجُلَكُمْ إِلَى الْكَعْبَيْنِ ۚ وَإِن كُنتُمْ جُنُبًا فَاطَّهَّرُوا ۚ وَإِن كُنتُم مَّرْضَىٰ أَوْ عَلَىٰ سَفَرٍ أَوْ جَاءَ أَحَدٌ مِّنكُم مِّنَ الْغَائِطِ أَوْ لَامَسْتُمُ النِّسَاءَ فَلَمْ تَجِدُوا مَاءً فَتَيَمَّمُوا صَعِيدًا طَيِّبًا فَامْسَحُوا بِوُجُوهِكُمْ وَأَيْدِيكُم مِّنْهُ ۚمَا يُرِيدُ اللَّـهُ لِيَجْعَلَ عَلَيْكُم مِّنْ حَرَجٍ وَلَـٰكِن يُرِيدُ لِيُطَهِّرَكُمْ وَلِيُتِمَّ نِعْمَتَهُ عَلَيْكُمْ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ 

“Ey mo‘minlar, namozga turganingizda yuzlaringiz va qo‘llaringizni chig‘anoqlarizgacha yuving, boshlaringiz va  oyoqlaringizni to’pig’igacha masx torting! Agar junub bo‘lsangiz yaxshilab yuvuninglar! Agar bemor yoki musofir bo‘lsangiz yoki sizlardan birov hojatdan kelsa yoki xotinlaringizga qo‘shilgan bo‘lsangizlar va suv topa olmasangiz, pokiza tuproq bilan tayammum qiling (ya’ni yuzni va qo‘llarni pokiza tuproq bilan silangn). Alloh sizlarga mashaqqat qilishni istamaydi, balki sizlarni poklashni va sizlarga O’z ne’matini to’liq qilib berishni istaydi, shoyad vazifalaringizni ado qilsangizlar.” (Moida 5/6)

Ko’nirib turibdiki, tahoratni faqat hojatxonaga aloqador ishlar ya’ni oldi va orqa tarafdan chiqqan narsalargina buzadi deyilgan. Na qon oqishi va na qayt qilib qusishi aytilmagan. “Tahoratni oqib chiqqan qon buzadi” degan hukm, hatto kimdan rivoyat qilingani ham ma’lum bo’lmagan juda zaif bir hadisga asoslanib olingan. Aksiga olib, badandan oqib chiqqan qon tahoratni buzmashligi haqida Imom Molik va Abu Dovutdan kelgan rivoyatlar  bor. Bunday jiddiy masalalarda eng avvalo Allohning kitobiga va uni hikmat yo’li orqali ochiqlab berilgan hadislarga murojaat qilish kerak.

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: