Musulmonlar
Qur’onga ko’ra “avliyo”

Qur’onga ko’ra “avliyo”

Avliyo kim? Kimlar Allohning do’sti bo’la oladi?

Javob: Alloh taolo kimlarni o’ziga do’st qilib olishi, ya’ni insonlar ichidagi Allohning do’stlari kimlar ekani haqida Qur’oni karimda juda ham ochiq va tafsiloti bilan bayon qilib bergan. Aloqador oyatlar shunday:

أَلَا إِنَّ أَوْلِيَاءَ اللَّـهِ لَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ  الَّذِينَ آمَنُوا وَكَانُوا يَتَّقُونَ

“Bilingki, Allohning avliyolarida na qo’rquv bo’ladi va na xafa bo’ladlar. Ular – ishonib-suyangan va taqvo qilganlardir.” (Yunus 10/62-63)

Yuqoridagi oyatda, taqvodorlar avliyo ekanini aytdi. Endi taqvo nima va taqvodor kim ekanini kelguvsi oyatlardan bilib olamiz. Taqvo – qo’rqqan narsasidan saqlanib himoyalanish, javobgarlikni his qilish va mas’uliyatli bo’lish degan ma’nolarda ham ishlatiladi. (Mufradot taqvo moddasi) Quyidagi oyatlar taqvo egalari kimlar ekanini ochiqlab beruvchi oyatlardir:

الم  ذَٰلِكَ الْكِتَابُ لَا رَيْبَ ۛ فِيهِ ۛ هُدًى لِّلْمُتَّقِينَ  الَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِالْغَيْبِ وَيُقِيمُونَ الصَّلَاةَ وَمِمَّا رَزَقْنَاهُمْ يُنفِقُونَ وَالَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِمَا أُنزِلَ إِلَيْكَ وَمَا أُنزِلَ مِن قَبْلِكَ وَبِالْآخِرَةِ هُمْ يُوقِنُونَ أُولَـٰئِكَ عَلَىٰ هُدًى مِّن رَّبِّهِمْ ۖ وَأُولَـٰئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ

Alif, Lam, Mim. Kitob mana shudir, ichida shubhaga yer yo’qdir. Taqvo egalari uchun rahbardir.
Kitobni rahbar deb bilgan taqvodorlar – Allohga ich-ichidan ishonib-suyanadilar, namozni to’liq ado qiladilar va ularga bergan ne’matlarimizni joy-joyiga sarflaydilar.
Senga nozil qilingan kitobga ham va sendan oldin nozil qilingan kitoblarga ham ishonib-suyanadilar, oxiratga bo’lgan ishonchlari esa qat’iydir. Robbisining to’g’ri yo’lida bo’lganlar o’shalardir. Maqsadlariga erishadiganlar ham shulardir.” (Baqara 2/1-5)

Katta gunohlardan saqlanib taqvo qilgan Musulmonlar, to’g’ri Jannatka ketadilar, ular hatto Jahannamning xayqirig’ini ham eshitishmaydi:

إِنَّ الَّذِينَ سَبَقَتْ لَهُم مِّنَّا الْحُسْنَىٰ أُولَـٰئِكَ عَنْهَا مُبْعَدُونَ
لَا يَسْمَعُونَ حَسِيسَهَا ۖ وَهُمْ فِي مَا اشْتَهَتْ أَنفُسُهُمْ خَالِدُونَ  لَا يَحْزُنُهُمُ الْفَزَعُ الْأَكْبَرُ وَتَتَلَقَّاهُمُ الْمَلَائِكَةُ هَـٰذَا  يَوْمُكُمُ الَّذِي كُنتُمْ تُوعَدُونَ

“Bizdan – qilgan ishlarini eng chiroylilari bilan qarshilanish so’zini olganlar, Jahannamdan uzoq tutiladilar, uning xayqirig’ini ham eshitishmaydi. Jonlari istagan ne’matlar ichida o’limsiz holda qoladilar. Eng katta qo’rquv ham ularni xafa qilolmaydi, farishtalar ular bilan yuzlashadi va “sizlarga so’z berilgan kun mana shu kundir” deyishadi.” (Anbiyo 21/101-103)

Bu toifadan hisoblangan Mo’minlar shulardir:

الَّذِينَ يَجْتَنِبُونَ كَبَائِرَ الْإِثْمِ وَالْفَوَاحِشَ إِلَّا اللَّمَمَ ۚ إِنَّ رَبَّكَ وَاسِعُ الْمَغْفِرَةِ ۚ

“(Qilgan ishlarining eng chiroylilari bilan mukofotlanishi haqida so’z olganlar) – Katta gunohlardan va fahsh ishlardan[1] saqlanganlardir; boshqa gunohlar xorij. Robbingning mag’firati kengdir.” (Najm 53/32)

Katta gunohlardan saqlanganlarning boshqa gunohlari af etiladi. Bu haqdagi oyat shunday:

إِن تَجْتَنِبُوا كَبَائِرَ مَا تُنْهَوْنَ عَنْهُ نُكَفِّرْ عَنكُمْ سَيِّئَاتِكُمْ وَنُدْخِلْكُم مُّدْخَلًا كَرِيمًا

“Agar taqiqlangan gunohlarning kattalaridan saqlansangizlar, xato-kamchiliklaringizni (kichkina gunohlaringizni) berkitib-to’samiz va sizlarni sharafli bir yerga joylashtiramiz.” (Niso 4/31)

Oyatlardan ma’lum bo’lishicha, xalq orasida ma’lum va mashxur bo’lgan “Allohning do’stlari faqat fano filloh, baqo billoh, avtod, qutb, g’ovs, pir, shayx maqomini olganlar” vh kz Qur’onda bo’lmagan atamalar ostidagi soxta avliyolashtirilgan shaxslar emasligi ochiqcha o’rtaga chiqmoqda. Oyatlardan ma’lum bo’lishicha, Allohga ich-ichidan ishongan, kunda 5 vaqt namozini ado qilgan, mol-mulkini o’z o’rnida sarflagan, Allohning kitoblariga ishongan va katta gunohlardan saqlangan har bir Musulmon Allohning do’stidir. Har bir Musulmon: “Men Allohning do’sti bo’lmasam, Allohning dushmanimanmi?” deb o’z-o’ziga savol berib ko’rsin va yo’lini o’zi tanlasin.

[1] Fahsh bu – zino qilishi va erkak bilan erkak va ayol bilan ayolning jinsiy munosabat qurishidir.

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: