Musulmonlar
Qur’ondagi namozga aloqador oyatlar

Qur’ondagi namozga aloqador oyatlar

1) Munofiqning namozga bo’lgan munosabati.
2) Namozni o’yinchoq qilganlar.
3) Kimki namoz o’qisa, ana o’shalar dindor birodarlarimizdir.
4) Namoz fahsh ishlardan qaytaradi.
5) Namozning ruknlari va vaqtli farz etilishi.
6) Namoz o’qiydigan kishi solih kishidir.
7) Jahannam aholisi birinchi beradigan javobi: “benamoz edik”
8) Benamozlik shirkka yaqin gunoh.
9) Taqvodor mo’minlar – namozni to’liq va doimiy o’qiguvchilardir.
10) Nabiylardan keyingi ummatlar namozga e’tiborsiz bo’ldilar.
11) Namoz o’qishdan maqsad – Allohni zikridir.
12) Vaqti chiqib ketishidan qo’rqsa, yurib yoki minib o’qiydi.
13) Sabr va namoz bilan Allohdan yordam so’raladi.
14) Namozlarning rak’atlari.
15) Dushman bilan qarshilashgandagi namoz.
16) Avvalgi ummatlarga ham namoz farz qilingan. Quyidagi oyatlarda ochiqlangan.

 نَّ الْمُنَافِقِينَ يُخَادِعُونَ اللَّـهَ وَهُوَ خَادِعُهُمْ وَإِذَا قَامُوا إِلَى الصَّلَاةِ قَامُوا كُسَالَىٰ يُرَاءُونَ النَّاسَ وَلَا يَذْكُرُونَ اللَّـهَ إِلَّا قَلِيلًا

1) “Ikki yuzlamachilar Allohni aldamoqchi bo’lishayotkani aniq. Holbuki, ularni aldangan holda tashlab qo’yguvchi Allohdir. Ular namozga turishganda tanballik-yalqovlik bilan turadilar. Chunki, ular insonlarga ho’ja ko’rsinlik qilishadi va Allohni juda oz zikr qilishadi.”  Niso 4/142.

 يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ لاَ تَتَّخِذُواْ الَّذِينَ اتَّخَذُواْ دِينَكُمْ هُزُوًا وَلَعِبًا مِّنَ الَّذِينَ أُوتُواْ الْكِتَابَ مِن قَبْلِكُمْ وَالْكُفَّارَ أَوْلِيَاء وَاتَّقُواْ اللّهَ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ   وَإِذَا نَادَيْتُمْ إِلَى الصَّلاَةِ اتَّخَذُوهَا هُزُوًا وَلَعِبًا ذَلِكَ بِأَنَّهُمْ قَوْمٌ لاَّ يَعْقِلُونَ

2) Ey mo‘minlar, sizlardan ilgari kitob berilganlar ichidan va kofirlardan diningizni hazil masxara va o’yin qilib olgan kimsalarni va kofirlarni do‘st qilib olmangiz! Agar mo‘min bo‘lsangizlar, Allohdan qo‘rqingiz! Sizlar qachon namozga chaqirsangiz (azon aytsangiz), ular o‘sha (namozni) masxara o‘yin qilib oladilar. Bunga sabab ularning aqlsiz — johil qavm ekanliklaridir. 2) Moida 5/57-58.

Navbatdagi oyatlar haqida ma’lumot olmochi bo’lsangiz, ko’rsatib qo’yilgan sura nomi va raqamlariga qarang.
3) Tavba 9/11.
4) Ankabut 29/45.
5) Niso 4/103.
6) An’om 6/162.
7) Muddassir 74/43.
8) Rum 30/31.
9) Baqara 2/3.
10) Maryam 19/59.
11) Toha 20/14.
12) Baqara 2/239.
13) Baqara 2/153.
14) Baqara 2/238, Niso 4/102.
15) Niso 4/102.
16) Baqara 2/83.

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: