Musulmonlar

Qorniga olov to’ldirilib azoblanadiganlar

Qiyomatda qorinlariga oʻt-olov toʻldiradiganlar va Alloh ular bilan gaplashishdan yuz oʻgirganlar; Qurʼondagi baʼzi narsalarni yashirib berkitib, uni oʻtkinchi matohga sotganlar va yetimlarni molini haqsiz yeganlardir. Alloh taolo bu haqda shunday marhamat qiladi:

إِنَّ الَّذِينَ يَكْتُمُونَ مَا أَنْزَلَ اللَّهُ مِنَ الْكِتَابِ وَيَشْتَرُونَ بِهِ ثَمَنًا قَلِيلًا ۙ أُولَٰئِكَ مَا يَأْكُلُونَ فِي بُطُونِهِمْ إِلَّا النَّارَ وَلَا يُكَلِّمُهُمُ اللَّهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَلَا يُزَكِّيهِمْ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ. أُولَٰئِكَ الَّذِينَ اشْتَرَوُا الضَّلَالَةَ بِالْهُدَىٰ وَالْعَذَابَ بِالْمَغْفِرَةِ ۚ فَمَا أَصْبَرَهُمْ عَلَى النَّا

Alloh yuborgan kitobdan biron narsani yashirib, uni evaziga oʻtkinchi bir qadr-qimmat olayotganlar – qorinlarini faqat oʻtga toʻldiradiganlardir. Qiyomat kuni Alloh ular bilan gaplashmaydi va ularni oqlamaydi. Ularni nasibalari ogʻriqli azob-qiynoqdir. Ana oʻshalar, Qurʼondagi toʻgʻri yoʻlga zalolatni, Allohni kechirimiga azob-qiynoqni almashtirib olganlardir. Ular u oʻt-alangaga qanday chidar ekan? (Baqara 2/174-175)

إِنَّ الَّذِينَ يَكْتُمُونَ مَا أَنزَلْنَا مِنَ الْبَيِّنَاتِ وَالْهُدَىٰ مِن بَعْدِ مَا بَيَّنَّاهُ لِلنَّاسِ فِي الْكِتَابِ ۙ أُولَـٰئِكَ يَلْعَنُهُمُ اللَّـهُ وَيَلْعَنُهُمُ اللَّاعِنُونَ

Biz yuborgan ochiq-oydin bayonotlar va toʻgʻri yoʻlni insonlarga bu kitobda ochiq-oydin koʻrsatib berganimizdan keyin, uni berkitib yashirayotganlar bor-u, shubhasizki, ana oʻshalarni Alloh ham laʼnatlaydi va barcha laʼnatlovchilar ham laʼnatlaydi. (Baqara 2/159)

إِنَّ الَّذِيٌنَ يَأْكُلُونَ أَمْوَالَ الْيَتَامَىٰ ظُلْمًا إِنَّمَا يَأْكُلُونَ فِي بُطُونِهِمْ نَارًا ۖ وَسَيَصْلَوْنَ سَعِيرًا

Yetimlarni mollarini haqsiz yeganlar, qorinlariga faqatgina oʻt-olov toʻldirishi aniqdir. Zotan, ular yaqinda alangali oʻtga kirishadi. (Niso 4/10)

Yuqoridagi oyatlar shuni koʻrsatadiki, Qurʼondagi baʼzi hukmlarni insonlardan berkitib yashirish, yetimlarni rizqini haqsiz va behudaga yeb ketish kabi ishlar mutlaqo haromdir. Qurʼondagi hukmlarni va oyatlarni yashirib berkitadiganlar haqida qoʻshimcha maʼlumot olmoqchi boʻlganlar, quyidagi oyatlarga murojaat qilishlari mumkin: Baqara 2/79, Oli Imron 3/187, Tavba 9/9, Moida 5/44.

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: