Musulmonlar
Payg’ambarimizning har bir xatti-harakati biz uchun sunnatmi?

Payg’ambarimizning har bir xatti-harakati biz uchun sunnatmi?

Savol: Payg’ambar alayhissalomni ibodat maqsadi bilan amalga oshirgan ishlari sunnat deyiladimi yoki barcha qilib o’tgan ishlari sunnat bo’ladimi biz uchun?

Javob:  Nabiy alayhissalomning harakatlari uchga bo’linadi:

  1. Bashar, ya’ni insonlik nuqtai nazaridan amalga oshirgan ishlari: Payg’ambarimizning bunday harakatlari usuli fiqh ilmida “al-af’ol al-jibilliyya” deyiladi. Ya’ni, yeb-ichgan taomlari va kiyim-kechaklari va shu kabi boshqa shaxsiy ishlari muboh ishlar qatoriga kiradi. Ya’ni, har qanday inson bu kabi ishlarni qachon va qayerda va qancha miqdorda bajarishi uni o’z ixtiyoridadir. Bu ishlarda asos bo’lgan narsa uning halol yoki harom ekanidadir. Chunki, bular Allohning Elchisi tarafidan bir insonlik sifati bilan yuzaga kelgan ishlardir. Ammo, bir inson: “Men Nabiyimizga o’xshashni xohlayman” deb niyat qilsa, uning niyatidagi samimiyati tufayli Allohdan ajr umid qilinadi.
  2. Nabiyimizni shaxsan o’ziga xos xatti-harakatlari: Bular, tahajjud namozini uni o’ziga farz qilinishi, to’rttadan ko’p ayolga nikohlanishi kabi shar’iy bir dalil bilan belgilab berilgan ishlaridir. Musulmonlar uning bu harakatlarini o’zlariga dalil qilib olishlari mumkin emas.
  3. Nabiyimizni o’rnak va namuna o’laroq qilib o’tgan ishlari: Namoz o’qishi, ro’za tutishi, hajga borishi kabi diniy amallariga qolgan Musulmonlar ham ergashishi va o’ziga o’rnak qilib olishi shartdir. Zero, u zot bu kabi ishlarni o’z orzu-istaklariga ko’ra emas, balki, Qur’ondan chiqargan hukmlarga asoslanib bajargan.

 

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: