Musulmonlar

O’lim vaqtida farishtalarni insonga ko’rinishi va savol-javobi

Savol: Insonni joni chiqayotgan vaqtda unga farishtalar kelar ekan. Bu to’g’rimi?

Javob: Ha, albatta. Bu haqda Qur’onda shunday oyat bor:

فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ افْتَرَىٰ عَلَى اللَّـهِ كَذِبًا أَوْ كَذَّبَ بِآيَاتِهِ ۚ أُولَـٰئِكَ يَنَالُهُمْ نَصِيبُهُم مِّنَ الْكِتَابِ ۖ حَتَّىٰ إِذَا جَاءَتْهُمْ رُسُلُنَا يَتَوَفَّوْنَهُمْ قَالُوا أَيْنَ مَا كُنتُمْ تَدْعُونَ مِن دُونِ اللَّـهِ ۖ قَالُوا ضَلُّوا عَنَّا وَشَهِدُوا عَلَىٰ أَنفُسِهِمْ أَنَّهُمْ كَانُوا كَافِرِينَ

“Allohga nisbatan biron-bir yolg’on to’qigan yoki Uni oyatlarini yolg’onga chiqargan kishidan ham zolimroq-haqsizroq kim bor? O’zini kitobida yozib qo’yilgan gunohlari ularga ulashadi.[1] Elchilarimiz ularni vafot qildirgani kelib: “Allohdan oldin yordamga chaqirganlaringiz qani qayerda?”- deyishganida, “Ular bizni tashlab ketishdi!”- deb javob berishadi va o’zlarini kofir bo’lganliklariga shaxsan o’zlari guvohlik beradilar.” (A’rof 7/37)

Oyatdagi al-kitob kalimasini kitobida deb tarjima qilishimzni sababi, kitob lafzidagi alif-lomni evaz qilib kitabigim yoki kitabihi shaklida oldik.

O’lim onida bunday yomon holat faqatgina Allohning oyatlariga nisbatan yolg’on munosabat bildirgan, Alloh haqida bilmagan narsalarini gapirib yurgan, oyatlarni hukmini yolg’onga chiqargan kofirlarda yuz beradi. Bunday o’lim topish eng yomon holat bo’laldi.

Rabbimiz Alloh chiroyli o’lim topishni barcha mo’minlarga nasib qilsin.

[1] Kahf 18/49 oyatga qarang.

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: