Musulmonlar

Savol: Oʻlik chiqarilgan xonadonda 3, 7, 40, yil va maraka marosimlariga borib ovqat yeyishning hukmi nima?

Javob: Dinimizda oʻlik chiqarilgan honadonga taʼziya uchun borganlar u yerga borib ovqatlanishi emas, balki borgan qarindosh-urugʻlari, qoʻni-qoʻshnilari va doʻstlari oʻzlari bilan birga mayyit chiqargan xonadonga yemoq-ichmoq olib borishlari tavsiya qilingan.

Paygʻambar alayhissalomdan rivoyat qilingan bir hadis quyidagicha:

Abdulloh b. Jaʼfardan… Ayttilarki: Rosululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedi: “Jaʼfarning xonadoniga ovqat tayyorlanglar. Chunki ularning boshiga oʻzlarini mashgʻul qilib qoʻygan bir ish tushdi.” (Abu Dovud, Janoiz 25-26, Termiziy, Janoiz 21, İbn Moja, Janoiz 59, Ahmad b. Hanbal, 6/380)

Ushbu hadis tufayli, janoza chiqargan uy egalari kelgan mehmonlar uchun dasturxon yozib ovqat berishi haromga yaqin bir amal deb qabul qilingan. U ovqatdan uyatmasdan yeb-ichish va ayniqsa, norasida goʻdaklari bor va ularni boquvchilari boʻlmagan xonadonlarga yeb-ichish uchun borib qorin toʻygʻazish qaysi dinga toʻgʻri kelishi mumkin? Hatto Jarir b. Abdulloh al-Bajaliy roziyallohu anhu tarafidan aytilgan “Biz oʻlik egalarining uylarida toʻplanib, ular bizga ovqat tayyorlashini – oʻlik ustida faryodu figʻon qilib dod solib yigʻlashdek bir (gunoh) deb bilar edik.” (Ibn Moja, Janoiz 60) rivoyati ham diqqatni jalb qilmoqda.

Faqat uzoq bir joydan taʼziyaga kelib, kechasi oʻsha xonadonda qolishga majbur boʻlgan mehmon-gina xonadon egalari tarafidan tayyorlangan ovqatdan yeyishiga qarshi chiqqan olimlar boʻlmagan.

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: