Musulmonlar
Odam va Shayton qilgan gunohidan so’ng o’zini tutishlari

Odam va Shayton qilgan gunohidan so’ng o’zini tutishlari

Shayton ham Odam alayhissalom ham gunoh qildilar, ammo shayton kofir bo’ldi, Odam gunohkor bo’ldi. Bu ikkisi ham gunoh qilgan holda, nega biri kofir, ikkinchisi osiy deb nomlandi?
Javob: Hazrati Odam qilgan gunohini gunoh ekanini tan oldi va qilgan ishidan afsuslandi va Allohdan kechirim so’radi. Shayton esa, qilgan gunohini tan olib kechirim so’rash o’rniga, aybni Allohga to’ngadi va bunga qisman bo’lsada haqli ekanini ko’rsatmoqchi bo’ldi va shunga urundi. Demak har bir inson, qilgan gunohidan keyin aybini tan olib, pushaymon bo’lib o’zini tuzatsa, u – Odam qilgan ishni qilgan bo’ladi. Agar qilgan gunohidan afsuslanmay, aksincha faxrlanib, gunohni sababini Allohga to’ngab, o’zini tuzatmay gunohda davom etaversa va o’z orzu-havaslarini Allohning buyrug’idan oldingi o’ringa qo’ysa, demak u shaytonning ishini qilgan bo’ladi, natijada kofir degan tamg’aga giriftor bo’lishi mumkin.

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: