Musulmonlar

Odam Ato qaysi jannatdan chiqarilgan?

 

Savol: Odam alayhissalom ilk yashagan, shayton tarafidan vasvasa qilingan, taqiqlangan daraxtdan yegan, natijada Allohga osiy bo‘lib u yerdan chiqarib yuborilgan jannat qaysi joydagi qaysi jannat bo‘lgan? Agar oxiratdagi jannat bo‘lsa, u yerda shayton, taqiq, vasvasa, qaytarib chiqarib yuborish, bor ne’matlardan qanoatsizlanish kabi narsalar yuz berishi mumkinmi?

Javob: “U sizlar uchun yerni beshik holiga ketirdi, unda sizlar uchun yo‘llar to‘shadi va osmondan suv tushirdi. Shu bilan U har turli juft-juft o‘simliklar chiqardi. Ozingiz ham yenglar, hayvonlaringizni ham o‘tlatinglar. Sog‘lom fikr egalari uchun bunda oyat/nishonalar borligi aniq. Biz sizlarni undan (yerdan/tuproqdan) yaratdik, sizlarni unga qaytaramiz va sizlarni yana bir marta undan chiqaramiz.” (Toha 20/53-55), “O‘z vaqtida Rabbing farishtalarga: «Albatta, Men quruq loydan, o‘zgartirilgan qora balchiqdan bashar yaratuvchiman. Uni to‘g‘rilab bo‘lganimda va ichiga O‘z ruhimdan puflaganimda, unga sajda qilgan holingizda yiqiling», dedi.” (Hijr 15/28-29), “Robbing bir kun farishtalarga: “Yer yuzida bir muxolif borliq yaratyapman”, dedi. Farishtalar: “U yerda tabiiy yaratilish qoidasini buzadigan va qon to‘kadigan bir borliq yaratarmiding?” dedi.” (Baqara 2/30) oyatlarga ko‘ra, Alloh Odam Atoni shu dunyoda tuproqdan yaratdi, yashab vafot qilganida yana shu tuproqqa ko‘milgan, oxiratda yana shu tuproqdan qayta tiriltiriladi.

“Alloh sizlarni yerdan o‘simlik o‘stirgandek o‘stirib chiqardi (yaratdi). Keyin sizlarni yana u yerga qaytaradi va albatta, sizlarni (qaytadan) chiqaradi.” (Nuh 71/17), “Iblis: “Sen loydan, qora balchiqdan yaratgan insonga hurmat ila bosh egmayman.” (Hijr 15/33)  oyatlarga ko‘ra, Alloh Odam Atoni O‘z qo‘li bilan shakl berib yaratmagan, aksincha, uni yerga ekilgan bir don qanday unib o‘sib chiqsa, Odamni ham ana shu shaklda yerdan undirib yaratgani ma’lum bo‘lmoqda. Odam Ato ekin eksa unib o‘sib chiqishga tayyor loy holatdagi qora balchiqdan undirib chiqarilgan. Ona qornidagi chaqaloq qanday rivojlanib, vaqti kelganda onadan tug‘ilsa, Odam Ato ham yer ichida rivojlanib, vaqti kelganda tashqariga chiqqan.

Odam Ato va Havvo ona yerda yaratilganidan keyin, ular uchun qulay hayot kechira oladigan shu dunyodagi bir boqqa joylashib yashashi buyurilgan va ularga Alloh: “Aytdikki: “”Ey Odam! Sen va jufting jannatga (boqqa) joylashinglar. U yerda xohlaganingizcha yenglar. Lekin shu daraxtga yaqinlashmanglar, aks holda haqsizlik qiluvchi- zolimlardan bo‘lib qolasizlar.” deb buyurgan. 

Oxiratda mo‘minlarga mukofot sifatida beriladigan jannatda hech qanday taqiq, aldov, vasvasa, o‘ziga o‘zi zulm qilib qo‘yish va u yerdan qaytib chiqarib yuborish bo‘lmagani sababli, Odam Ato yashagan jannat (bog‘) shu dunyodagi bir imtihon bog‘i ekani aniq bo‘lmoqda.

Odam va Havvo tuproqdan yaratilib, keyin o‘sha tuproqlarda tarqalib ketishi haqida xabar berilgan oyatda “Uning oyat/nishonalaridan yana biri shuki, sizlarni tuproqdan yaratishi va so‘ngra sizlar bashar o‘laroq yer yuziga tarqab ketishingizdir.” (Rum 30/20) deyilishi, ular yaratilganidan keyin yer yuzidan boshqa hech qayerga olib borilmagani ma’lum bo‘ladi.

Insonlarni chalg‘itgan narsa oyatlardagi “jannat” so‘zidir. Holbuki jannat so‘zi qur’onni o‘zida dunyodagi go‘zal bog‘-rog‘lar uchun ishlatilishini bildirgan. Misol uchun;

“Ularga shu ikki kishini misolini keltir:  Ulardan biriga ikkita uzum bog‘ (ikkita jannat) berdik va u bog‘larni xurmo bilan o‘radik va oralarini ekinzorga aylantirdik. O‘sha ikki bog‘ (ikki jannat) hosilini bekam-u ko‘st berardi, Biz ularni orasidan anhor oqizib qo‘yganmiz. Nihoyat uni katta boyligi bo‘ldi. Do‘sti bilan gaplashayotib shunday edi: “Meni mol-davlatim senikidan ko‘p. Nufus jihatidan ham sendan ustunman. Keyin u o‘ziga haqsizlik qilgan holda bog‘iga kirib: “Men buni hech qachon yo‘q bo‘lib ketmaydi, deb o‘ylayman.” (Kahf 18/34)

Bu oyatda ham “jannat/jannatayn” so‘zlari keltirilgan, lekin ulardan ko‘zda tutilgan narsa shu dunyodagi bog‘lardir.

Bundan tashqari, insonlar oyatlarni o‘qiyotganida “jannatdan tushinglar” degan ifodani osmondagi jannatdan yerda tushinglar shaklida ta’vil qilib olishadi. Holbuki, oyatlarda “tushinglar = اهبطوا” so‘zi bilan Alloh shu dunyodagi bir shahardan boshqa bir shaharga ko‘chib borish, bir diyordan boshqa bir diyorga tushish, degan ma’nolarda ham ishlatgan. Misol uchun;

“Bir vaqtlar shunday degan edingiz: “Muso! Bir xil taomga bardosh bera olmayapmiz; Robbinga yolvorki, bizlarga yerda yetishadigan sabzavotdan; bodring, sarimsoq, mosh-loviya, piyoz undirsin!” U esa: “Afzal bo‘lgan narsani undan pastroq saviyada bo‘lganga almashtirishni xohlaysizlarmi? Bir shaharga tushinglar, u yerda sizlar xohlagan narsalar bor!”, dedi.” (Baqara 2/61)

“Ey Nuh! Sen va sen bilan birga bo‘lgan xalqlarga Bizdan salom va barakat bo‘lgan holda kemadan tushinglar.” (Hud 11/48)

Demak, “tushinglar” deyilganda albatta “osmondan yerga tushinglar” degan ma’no kelib chiqmaydi. Oxiratdagi jannat mo‘minlarga mukofot  sifatida beriladi, u yerda mangu qolinadi. Odam alayhissalom ham imtihon uchun yaratilgan. Hali hanuz hech qanday imtihondan o‘tmay turib uni jannatda nima ishi bor edi, deyish ham mumkin. Bu savol aslida to‘g‘ri berilgan bo‘ladi. Chunki Alloh: “Allohga ishonib suyangan va yaxshi ishlar qilganlar esa Jannat ahlidir. Ular Jannatda mangu qoluvchidirlar.” (Baqara 2/82) deb buyuradi.

Oxiratdagi jannatda hech qanday qo‘rquv ham aldov ham bo‘lmaydi. “Alloh aytadiki: Bu kun – rostgo‘ylarni rostgo‘yligi o‘zlariga foyda beradigan kundir. Ularga ichlaridan anhorlar oqib turadigan jannatlar bor. Ular u jannatlar ichra mangu va abadiy qoluvchilardir. Alloh ulardan rozi, ular ham Allohdan rozi bo‘lishadi. Eng katta muvaffaqiyat mana shudir.” (Moida 5/119)

Odam alayhissalom esa, yashab turgan bog‘ida mangu qolishni orzu qilgani uchun shaytonni aldoviga uchin taqiqlangan daraxtdan yeb qo‘ydi. Demak, Odam yashagan bog‘da qo‘rquv ham bor, u yerdan chiqib ketish ham bor. Zotan u tug‘yoni sababli bor imkoniyatidan ayrildi va o‘sha jannatdan (bog‘dan) chiqarib yuborildi.

Oxiratdagi jannatga Alloh bergan ne’matlardan qanoatlanib, shukr qilgan holda o‘z vazifasini ado qilgan kishilar kiradi. “Ey to‘liq qanoat hosil qiluvchi shaxs, …Jannatimga kir!” (Fajr 80/27-30)  Odam esa bog‘dagi unga berilgan ne’matlardan qanoat qilmadi, natijada bor imkoniyatidan ayrildi. U yerdan chiqarilganidan keyin tavba qildi va Alloh uni tavbasini qabul qildi.

Oxiratdagi jannatda hech kim hech kimga dushman bo‘lmaydi, adovat qilmaydi, birovdan birov hayiqmaydi. Odam bilan Havvo yashagan bog‘da esa dushmanlik, adovat va qo‘rquv bor edi.   “Shunda Biz: “Ey Odam! Bu (shayton) sen va zavjangga aniq dushmandir. U sizlarni jannatdan chiqarib vubormasin; keyin tashvishga tushib qolasan. Chunki sen u yerda aniq och ham yalang‘och ham qolmaysan va sen u yerda tashna ham bo‘lmaysan, quyoshda ham kuymaysan.” (Toha 20/118-119)

Odam alayhissalom u bog‘dan chiqarilib Arabistonni sahrolariga yuborilganida, avval yashagan bog‘iga qiyoslaganda o‘zini chanqoq, och va yalang‘och his qilgan. Chunki Arabiston cho‘llarida soya-salqin qilib turuvchi baland-baland soyali qalin o‘rmonlar, turli mevalari pishib turadigan bog‘-rog‘lar, ichlaridan chashma-i buloqlar oqib turadigan anhorlar, go‘shtini tanovul qilib, terisini kiyim qilib kiyadigan ohu-yu jaylonlar yo‘q edi. Shu sababli Alloh unga o‘sha bog‘da qolgan muddat och va yalang‘och qolmaysan, deb aytgan.

Bu haqda qo‘shimcha ma’lumotga ega bo‘lish uchun quyidagi linkga qarashni tavsiya qilamiz:

Odam alayhissalom va Jannat

 

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: