Musulmonlar

Odam alayhissalom va Jannat

Odam alayhissalom va Jannat

Odam alayhissalomni jannatdan chiqarilishi

Bismillahir rohmanir rohim.

Mavzu nima uchun bunchalik muhim?

Ilk inson – odam alayhissalomni yaratilishi va boshidan o‘tkazgan hodisalari har bir insonni qiziqtiradigan bir mavzu. Bu qiziqish ilk maktab davrida boshlanadi va hayoti bo‘yicha davom etadi. Qur’on o‘qigan har bir inson uni ilk boshdagi sahifalarida bu mavzu bilan duch keladi.

Biz muallimlarga ham bu mavzuga aloqador juda ham ko‘p savol berilmoqda. Har narsadan avval biz – Diniy tarbiya va Odob-axloq murabbiylari bolalarga Qur’onga asoslangan sog‘lom ma’lumot berishimiz kerak. Hech bo‘lmaganda, biz bu niyatda va harakatda bo‘lishimiz kerak. Agar shunday qilsak, biz bolalarni diniy bilimini, qolaversa uning diniy hayotini ham sog‘lom shakllantirgan bo‘lamiz. Chunki Qur’onda aslo shubha va ziddiyat mavjud emas. Eng muhimi shundaki, biz uni to‘g‘ri va yaxlitligini saqlab qolgan holda tushishimizdir. Aks holda, biz insonlarni noto‘g‘ri ma’lumotga ega bo‘lib qolishlariga sababchi bo‘lib qolamiz. Zehnga o‘rnashib qolgan noto‘g‘ri ma’lumotlar insonlarni keksalik yoshlarida yo dinga bo‘lgan ishonchlariga salbiy ta’sir o‘tkazishga yoki dinni ilm-fanga aslo aloqasi yo‘q, deb ayblashga yoki dinga loqaydlik bilan qarashga sababchi bo‘lib qolishida yoki dinga aql bilan idrok qilib ongli ravishda tushunib bo‘lmaydigan bir mistik struktura sifatida qarashiga majbur qilishga yoki bulardan boshqa turli salbiy holatlarni kelib chiqishiga sabab bo‘lib qolmoqda. Bizga tez-tez kelib turadigan yoki ko‘pchilik insonlarni aqliga turib qolgan savollardan bir nechta savol quyidagicha:

Agar Alloh insonlarni imtihon uchun yaratgan bo‘lsa, nima uchun Odamni imtihon qilmay Jannatga kirgizdi?

Agar har bir inson Jannatda yashashi uchun yaratilgan bo‘lsa, nima uchun qolgan insonlar ham uni aybi tufayli Jannatda yashashdan mahrum qilindi? Bir ishga sababchi bo‘lgan kishi, uni qilgan bilan barobar bo‘lmaydimi? (Bu – Xristianlarni adashib ketishiga sabab bo‘ladigan asosiy nuqtasidir. Bundan tashqari, bizni e’tiqod ilmi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis olimlarimiz ham bu savollarga javob berishda ancha qiyin ahvolga tushib qolishgan.)

Jannatda taqiqlangan narsa bormi?

Jannatga kirganlar undan qaytib chiqadimi?

Jannatda o‘lim bormi?

Jannatda shayton bormi?

Jannatda yolg‘on bormi?

Jannatda qon to‘kish bormi?

Odam alayhissalom Jannatdan chiqmaganida ham biz baribir imtihon qilingan bo‘larmidik?

Agar Odam alayhissalom xatoga qo‘l urmaganida, uning naslidan ba’zilari qilgan xatolari tufayli Jannatdan quvilib, xato qilmagan nasli esa jannatda yashashga davom etgan va shayton ham ba’zan jannatdagilarni va ba’zan yerdagilarni vasvasa qilib turadigan bo‘lib, insoniyat ikkiga ayrilarmidi?

Aytaylik, u Jannatda qolganlarning ba’zilarini shayton yo‘ldan ozdira olmagan bo‘lsa, qiyomatdagi hisob-kitobdan keyin o‘sha shayton adashtira olmagan insonlar qayerda qolishardi?

Agar Odam alayhissalom xatoga qo‘l urmaganida Allohni shaytonga aytgan “Seni va senga ergashganlarni bilan Jahannamni to‘ldiraman” so‘zini ma’nosi nima bo‘lardi?

Agar Odam alayhissalom imtihon uchun yaratilgan bo‘lsa, imtihondan o‘tganidan keyin qilgan ishining qarshiligi va mukofot sifatida beriladigan Jannatda nima ishi bor edi?

Jannatdek “ko‘zlar ko‘rmagan, quloqlar eshitmagan va xayollar tasavvur qila olmaydigan” bir yurtdan dunyoga yuborilish Odam alayhissalom uchun jahannam bo‘lib ko‘rilmasmidi va bunday bir sharoitda yashay olarmidi?

Mavzuga qaytadigan bo‘lsak, bu narsaga o‘tmishda ham ko‘p qiziqilgan va bu haqda turlicha fikrlar bildirilgan. Lekin, bu haqda bildirilgan fikrlarni bir qismi Qur’onga asoslangan, bir qismi esa ta’vilga asoslangan. Ba’zi olimlar Odam alayhissalom yashagan jannat oxiratdagi mo‘minlarga va’da qilingan abadiy va mangu qolinadigan jannat deb hisoblashgan. Ba’zi olimlar esa, kalimani sof va asl so‘zlikdagi ma’nolariga qarab, Odam alayhissalom yashagan jannatni bir bog‘ ekanini va bu bog‘ dunyodagi bo‘lganini aytishgan. Bu boradagi oyatlarni ko‘rib chiqqanimizda, bu jannat dunyodagi bir bog‘ ekani ma’lum bo‘lmoqda. Bu haqdagi dalil va ma’lumotlar quyida batafsil keltiriladi.

1- Dalil: Odam alayhissalom dunyoda (dunyodagi loydan) yaratilgan

“U sizlar uchun yerni beshik holiga ketirdi, unda sizlar uchun yo‘llar to‘shadi va osmondan suv tushirdi. Shu bilan U har turli juft-juft o‘simliklar chiqardi. O‘zingiz ham yenglar, hayvonlaringizni ham o‘tlatinglar. Sog‘lom fikr egalari uchun bunda oyat/nishonalar borligi aniq. Biz sizlarni undan (yerdan/tuproqdan) yaratdik, sizlarni unga qaytaramiz va sizlarni yana bir marta undan chiqaramiz.” (Toha 20/53-55)

(Bitta mana shu oyat inson dunyodan, ya’ni dunyoga oid bir parcha tuproqdan yaratilgani ochiqlab berishga kifoya qilmoqda. Aynan dunyoda yaratilganini esa Hijr surasining 28-, 29- oyatlari bilan Baqara surasini 30-34- oyatlarini birgalikda o‘qiganimizda to‘liq tushunib olamiz.)

“Alloh sizlarni yerdan o‘simlik o‘stirgandek o‘stirib chiqardi (yaratdi). Keyin sizlarni yana u yerga qaytaradi va albatta, sizlarni (qaytadan) chiqaradi.” (Nuh 71/17)

“Iblis: “Sen loydan, qora balchiqdan yaratgan insonga hurmat ila bosh egmayman.” (Hijr 15/33)

Insonni yaratilishida haqida so‘z yuritilgan oyatlarda keltirilgan qora balchiq, hidli balchiq kabi ifodalar dunyoga, mana shu yerga oid.

Odam alayhissalom dunyoda yaratildi

“O‘z vaqtida Rabbing farishtalarga: «Albatta, Men quruq loydan, o‘zgartirilgan qora balchiqdan bashar yaratuvchiman. Uni to‘g‘rilab bo‘lganimda va ichiga O‘z ruhimdan puflaganimda, unga sajda qilgan holingizda yiqiling», dedi.” (Hijr 15/28-29)

Endi bu oyatni o‘qiylik:

“Robbing bir kun farishtalarga: “Yer yuzida bir muxolif borliq yaratyapman”, dedi. Farishtalar: “U yerda tabiiy yaratilish qoidasini buzadigan va qon to‘kadigan bir borliq yaratarmiding?” dedi.” (Baqara 2/30)

Ko‘rinib turibdiki, oyatlar bir hodisani ikki farqli tomonini tasvirlamoqda. Birinchisi, Odamning yaratilishi (qora loydan), ikkinchisi, u yer yuzida muxolifat qiluvchi bir o‘zgacha borliq o‘laroq hayot kechirishi. Bu har ikkala oyatda ham Alloh xitob qilgan borliqlar farishtalar, odamga sajda qilinishiga buyurilganlar ham farishtalar. Loydan yarataman, deb keltirilgan oyatda “inniy xoliqun” ifodasi bilan, Odam yerda muxolafat qilib hayot kechirishi haqida aytilgan oyatda esa “inniy ja’ilun” ifodasi bilan keltirilgan. Shunday qilib, bu oyatlar bir hodisani ikki xil usulda aytib bermoqda. Bu shuni anglatadiki, odam alayhissalom yer yuzidagi loydan yaratilgan va yer yuzida bir-biriga xalifa/muxolafat qilib hayot kechirishgan va shunday davom etadi.

Modomiki, odamni xalifaligi/muxolafati yerda bo‘lar ekan, xalifalik/muxolafatning ilk boshlovchisi bo‘lgan Odam alayhissalom ham yerda yaratilgani va yer yuzida hayot kechirishi kerak bo‘ladi. Chunki Alloh yerda xalifa/muxolafat qiluvchi borliq yaratishini aytib o‘tganidan keyin bir qancha oyat ortidan shunday degan:

“Aytdikki: “”Ey Odam! En va jufting jannatga (boqqa) joylashinglar. U yerda xohlaganingizcha yenglar. Lekin shu daraxtga yaqinlashmanglar, aks holda haqsizlik qiluvchi- zolimlardan bo‘lib qolasizlar.”

Ya’ni, Alloh yer yuzida xalifa yarataman deganidan keyin, xalifalikni ilk halqalari bo‘lgan Odam albatta yerda yashagan, yerda xalifalik qilgan, imtihoni ham yerda bo‘lgan va terda o‘lgan bo‘lishi kerak. Demak, Odam alayhissalom imtihondan o‘ta olmagan jannati dunyodagi bir bog‘ bo‘lgan.

Quyidagi oyat ham bu borada dalildir:

“Alloh sizlarni yerdan o‘simlik o‘stirgandek o‘stirib chiqardi (yaratdi). Keyin sizlarni yana u yerga qaytaradi va albatta, sizlarni (qaytadan) chiqaradi.” (Nuh 71/17)

Shuningdek, quyidagi oyatlarga ham tasdiqlovchi dalil sifatida qarashimiz mumkin:

“Alloh sizlarni ilk bor yaratishda qanday boshlagan bo‘lsa, ana shu shaklda qaytasizlar.” (A’rof 7/30)

(Bu oyat, Odam alayhissalom ilk boshda qanday yaratilgan bo‘lsa, biz ham qiyomatda ana o‘shanday qayta tirilishimizga ishorat qilmoqda. Qiyomatda biz albatta bu dunyoda tuproqdan yaratilib chiqarilamiz, demak, Odam alayhissalom ham bu dunyodagi tuproqdan yaratilgan.)

“Uning oyat/nishonalaridan yana biri shuki, sizlarni tuproqdan yaratishi va so‘ngra sizlar bashar o‘laroq yer yuziga tarqab ketishingizdir.” (Rum 30/20)

(Yer yuziga tarqalgan ilk insonlar Odam va uning nasli edi, tuproqdan yaratilgan ham Odam edi.)

Bu borada boshqa oyatlar ham bor. Ammo mavzu Odam alayhissalomni yaratilishi haqida bo‘lmagani bois, bu dalillar bilan kifoyalanamiz.

“Odam alayhissalom dunyoda yaratilmagan” deganlarni yoki “Odam yerda yaratilgan, keyin jannatga yuksaltirib chiqarilgan” deganlarni esa hech qanday dalil-isboti yo‘q.

2- Dalil: Odam alayhissalom Dunyoda yashagan

Odam alayhissalom Oxiratda mo‘minlarga berilishi va’da qilingan jannatda edi, deganlarni dalillaridan biri mana shu oyat:

“Keyin, shayton u daraxt tufayli ikkalasini oyoqlarini toydirdi va yashab turgan joylaridan chiqardi. Ularga shunday dedik: “Bir-biringizga dushman bo‘lib tushinglar. Bu tuproqlarda sizlar uchun yerlashadigan joy va bir muddatgacha hayot kechirishingiz uchun kerak bo‘ladigan narsalar bo‘ladi.” (Baqara 2/36)

Ular: “Bu oyatda “Tushinglar” deyilgan. Demak Odam va Havvo jannatda edi, keyin yerga tushishgan.”

Ammo «Tushing = (h-b-t =ه-ب-ط) so‘zi Qur’onning boshqa oyatlarida dunyoning bir joyidan boshqasiga tushishini anglatadi. Misol uchun;

Ayni surada:

“Bir vaqtlar shunday degan edingiz: “Muso! Bir xil taomga bardosh bera olmayapmiz; Robbinga yolvorki, bizlarga yerda yetishadigan sabzavotdan; bodring, sarimsoq, mosh-loviya, piyoz undirsin!” U esa: “Afzal bo‘lgan narsani undan pastroq saviyada bo‘lganga almashtirishni xohlaysizlarmi? Bir shaharga tushinglar, u yerda sizlar xohlagan narsalar bor!”, dedi.” (Baqara 2/61)

Va Hud surasining 48- oyatida:

“Ey Nuh! Sen va sen bilan birga bo‘lgan xalqlarga Bizdan salom va barakat bo‘lgan holda kemadan tushinglar.”  

Shunday qilib, Odam alayhissalom uchun ishlatilgan “tushinglar” so‘zi dunyodagi yaxshi va katta imkoniyatli bir bog‘dan boshqa bir joyga tushish uchun ishlatilgan. Shuning uchun bu oyat ular oxirat jannatidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bu dunyoga tushishgan, degan gapga dalil bo‘lmaydi.

3-Dalil: Jannat bog‘ degani

Qur’oni Karimda jannat kalimasi faqatgina oxiratdagi mukofot yurti o‘laroq emas, balki dunyodagi bir bog‘ sifatida ham keltirilgan. Jannat so‘zi dunyodagi bog‘ ekanini bildiruvchi yigirmaga yaqin oyat bor. Quyida ushbu oyatlardan birini keltiramiz:

“Ularga shu ikki kishini misolini keltir:  Ulardan biriga ikkita uzum bog‘ (ikkita jannat) berdik va u bog‘larni xurmo bilan o‘radik va oralarini ekinzorga aylantirdik. O‘sha ikki bog‘ (ikki jannat) hosilini bekam-u ko‘st berardi, Biz ularni orasidan anhor oqizib qo‘yganmiz. Nihoyat uni katta boyligi bo‘ldi. Do‘sti bilan gaplashayotib shunday dedi: “Meni mol-davlatim senikidan ko‘p. Nufus jihatidan ham sendan ustunman. Keyin u o‘ziga haqsizlik qilgan holda bog‘iga kirib: “Men buni hech qachon yo‘q bo‘lib ketmaydi, deb o‘ylayman.” (Kahf 18/34)

Demak, Odam alayhissalom haqida ishlatilgan «jannat», albatta oxiratda mukofot uyi o‘laroq beriladigan jannat emas. Qur’onda dunyodagi bog‘larga jannat deb atalgan. Zotan Arab tilida bog‘-rog‘lar va yam-yashil o‘tloqlarga jannat deyiladi.

4- Dalil: Oxirat jannati bilan dunyo jannatini farqi bor

Odam alayhissalom kirgizilgan jannatning (bog‘ning) xususiyatlari oxiratda mo‘minlarga mukofot o‘laroq beriladigan jannatning xususiyatlariga aslo o‘xshamaydi, bir-biriga umuman to‘g‘ri kelmaydi. Quyida mavzuga aloqador bir nechta oyatni keltirib, har ikkala jannat ta’riflarini solishtirib ko‘rdik:

“Allohga ishonib suyangan va yaxshi ishlar qilganlar esa Jannat ahlidir. Ular Jannatda mangu qoluvchilardir.” (Baqara 2/82)

Oxiratdagi jannatlar haqida aytilgan deyarli barcha oyatda o‘sha jannatga kirishni sharti o‘laroq “Allohga ishonib-suyanish va yaxshi/solih ishlarni amalga oshirish” ishlari keltirilgan. Odam alayhissalom qaysi qilgan solih amali uchun u jannatga kirgizilgan? Qolaversa, oxiratdagi jannat abadiy qoladigan jannatdir. Odam alayhissalom kirgizilgan jannat esa mangu va abadiy qoladigan joy bo‘lmagan, chunki unga arag xatoga qo‘l urilsa u yerdan chiqarib yuborilishi aytilgan. Hatto, shayton odamni vasvasa qilayotganida “bu daraxtni yesang bu jannatda mangu qolasan” deb aytgan.

Shunday qilib, Odam va Havvo kirgan jannat oxiratda beriladigan abadiy jannat bo‘lmagan.

“Alloh aytadiki: Bu kun – rostgo‘ylarni rostgo‘yligi o‘zlariga foyda beradigan kundir. Ularga ichlaridan anhorlar oqib turadigan jannatlar bor. Ular u jannatlar ichra mangu va abadiy qoluvchilardir. Alloh ulardan rozi, ular ham Allohdan rozi bo‘lishadi. Eng katta muvaffaqiyat mana shudir.” (Moida 5/119)

Bu oyatlarda aytilgan oxirat jannatiga kirgan inson endi u yerda mangu qoladi va u Allohdan Alloh ham undan rozi bo‘lgan holda yashaydi. Alloh rozi bo‘lgan inson yana qaytadan jannatda badbaxt bo‘lib qolishi mumkinmi? Alloh taolo Odamni jannatga kirgizganida: “Ehtiyot bo‘linglar! Shayton sizlarni bu jannatdan chiqarib yubormasin. Aks holda baxtsiz bo‘lib qolasizlar (fatashqo)” deb buyurgan.

 “Jannatga kiringlar. Sizlarga hech qanday qo‘rquv bo‘lmaydi, sizlar g‘amgin ham bo‘lmaysizlar.” (A’rof 7/49)

Odam alayhissalom jannatda yashagan vaqtida ham o‘lim xavfi hamda jannatdan chiqib ketish xavfi bo‘lgan. Jannatdan chiqarilganida esa juda xafa bo‘lgan, maxzun bo‘lgan.

“U yerdagi tilaklari “Salom”dir.” (Yunus 10/10)

Odam alayhissalom yashagan jannatda esa oyatda aytilgan salomatlik yo‘q edi. Chunki shayton uni davomli vasvasa qilib turar va xatoga qo‘l urib qo‘yishidan xavfsirab yashar edi.

“Qilgan sabr-bardoshingiz tufayli salom sizlarga. Oqibat diyori qanday ham yaxshi!” (Ra’d 13/24)

Odam alayhissalom yashagan jannat oqibat diyori emas, balki boshlang‘ich diyor bo‘lgan. U uchun hayot u yerdan boshlangan.

“U jannatlarga tinchlik, eson-omonlik ila kiringlar.” (Hijr 15/46)

Odam alayhissalom yashagan jannatda eson-omonlik bo‘lmagan. Har doim u yerdan chiqib ketish xavfi bo‘lgan va bir kun o‘sha narsa yuz berdi ham.

“Ular u yerdan (jannatlardan) chiqarilmaydilar.” (Hijr 15.48)

Barchaga ma’lumki, Odam alayhissalom jannatdan chiqarilgan.

“U yerda bekorchi/behuda so‘z eshitmaydilar.” (Maryam 19/63)

Odam alayhissalom jannatida turib shayton tarafidan behuda va yolg‘on gaplar eshitishi va u gaplarga aldanib qolganligi tufayli chiqarilgan jannatidan.

“Bu yaxshimi yoki taqvodorlarga tayyorlab qo‘yilgan mangulik jannati yaxshimi? U jannat ular uchun ular uchun mukofot va oxirgi borar joydir.” (Furqon 35/15)

Odam alayhissalomni bog‘i mukofot ham emasdi, oxirgi borar joyi ham emasdi. Aksincha imtihon qilinadigan ilk manzili edi.

“U yerda (oxiratda mukofot o‘laroq beriladigan jannatda) ko‘ngil istagan narsalar va ko‘zlar quvonadigan narsalar bor. Sizlar u yerda mangu qolasizlar.” (Zuxruf 43/71)

Odam alayhissalomni bog‘ida ko‘ngli tusasa-da, lekin taqiqlangan meva bor edi. Oxirat jannatida hech narsa taqiqlanmaydi.

“Ular u yerda behuda va gunohga olib boradigan so‘z eshitmaydilar.” (Voqea 56/25)

Oxiratdagi jannatda gunohga sabab bo‘ladigan gap-so‘z bo‘lmaydi. Chunki u yerda shayton bo‘lmaydi.

“Ey to‘liq qanoat hosil qiluvchi shaxs, …Jannatimga kir!” (Fajr 80/27-30)

Odam alayhissalom farishtaga aylanish va jannatda mangu qolish orzusida o‘sha taqiqni buzgan edi. Demak, kishiga berilgan narsalardan to‘liq qanoat qilmaslik uni bor imkoniyatidan ayrilib qolishiga sabab bo‘ladi. Allohni jannatiga kirish uchun esa U bergan narsalarga to‘liq qanoat hosil qilish orqali kiriladi. To‘liq qanoat hosil qilgan kishiga “Jannatimga kir!” deyildi, qanoatlanmasdan taqiqlangan narsaga qo‘l urgan Odamga  esa “Jannatimdan chiq” deyildi.

Bular kabi juda ham ko‘p oyatlar bor. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Odam alayhissalom kirib yashashni boshlagan jannat bilan oxiratda mo‘minlarga mukofot sifatida beriladigan abadiy jannat o‘rtasida faqatgina nom va aytilish jihatidan o‘xshashlik bor, xolos. Bundan boshqa hech qanday o‘xshashlik yo‘q.

5- Dalil: Oxirat jannatiga faqatgina imon bilan yaxshi amal qilganlar kiradi

Shayton Allohga isyon qilganida la’natlanib Allohni dargohidagi maqomi va vazifasidan quvilgan va endi uni oxir-oqibat borar joyi jahannam bo‘lishi aytilgan edi. La’natlanib quvilgan shaytonni mukofot o‘laroq beriladigan abadiy jannatda nima ishi bor?

Shayton jannatga kirdi, deb aytish oyatlar o‘rtasida ziddiyat paydo qiladi. Qur’onda esa aslo qarama-qarshilik va oyatlar o‘rtasida ziddiyat yo‘q. Ba’zi bir eski bexabar hikoyachilar shaytonni yashirincha jannatga kirib olganini aytishadi. Bu esa kufrdir.

“Qasamki, sendan va ular orasida senga ergashganlardan barchasini jamlab jahannamni to‘ldiraman.” (Sod 38/85)

“Alloh shunday dedi: “Buyruqqa itoatsizlik tufayli haydalgan holda chiq u yerdan! Qani ulardan biri senga ergashib ko‘rsin-chi, jahannamni sizlar bilan to‘ldiraman.” (A’rof 7/18)

6- Dalil: Oxirat jannatida fisq-fasod yo‘q

U yerda fasod chiqaradigan va qon to‘kadigan bir borliq yaratasanmi?” (Baqara 2/30)

Alloh taolo yerda inson yaratishini aytganida, farishtalar u yerda qon to‘kadigan va fasod ish qiladigan bir borliq yaratilishi haqida gapirishgan. Holbuki, oxirat jannatida qon to‘kish ham yo‘q, fisq-u fasod ham yo‘q. Aksincha u yer salomatlik va omonlik yurtidir. (Qarang: Hijr 15/28-29, Baqara 2/30)

7- Dalil: Oxirat jannatiga dunyo imtihonidan o‘tgan mo‘minlar kiradi

Alloh taolo insonlar va jinlarni imtihon uchun yaratganini ochiqcha bildirgan. Insonlarni imtihoni Odam alayhissalomdan boshlangan. Jinlarni imtihoni esa undan ilgari boshlangan. Aloqador oyatlarni quyida keltiraman:

“U o‘lim bilan hayotni sizlarni qaysi biringiz amalda yaxshiroq ekaningizni sinash uchun yaratdi.” (Mulk 67/2)

Demak, Odam alayhissalom ham iblis ham imtihon uchun yaratilgan. Imtihon uchun yaratilgan Odam hali hanuz imtihondan o‘tmay turib, imtihondan yaxshi o‘tganlarga beriladigan jannatda nima ishi bor edi, ajabo? Bundan ham g‘arib bir holat shundaki, Odamdan oldin imtihondan o‘ta olmagan iblis la’natlangan, oqibatda jahannamli bolishi aytilgan va Allohni dargohidagi maqomi va vazifasidan quvilgan bo‘lishiga qaramay, fazl-u marhamat va rahmat yurti bo‘lgan jannatga kirganini iddao qilish qattiq adashish bo‘lsa kerak. Bu yetmagandek, ba’zi bir eski hikoyachilar kabi shaytonni jannatga yashirincha kirganini gapirib yurish??? (Hosho – Alloh bilmay qolgan, Allohdan berkinib, degandek!)

8- Dalil: 

Oyatlar va hadislardan bilamizki, abadiy jannat bilan bu dunyodagi bog‘-rog‘larni sharoitlari o‘rtasida juda katta farq bor. Oxiratdagi jannatda o‘lim, kasallik, qarilik, zerikish va yolg‘izlik yo‘q. Allohni ko‘rish bor, farishtalar bilan gaplashish bor… Demak, inson tanasi dunyodagi odam tanasidan farq qiladi. Ammo dunyo uchun yaratilgan tanada yuqoridagi xususiyatlar mavjud emas. Odam alayhissalom bilan bog‘liq oyatlarga nazar tashlasak, uning tanasida dunyo hayotiga xos xususiyatlari borligini ko‘ramiz. Agar Odam alayhissalom dunyoda yaratilgan bo‘lsa – oyatlarga ko‘ra – osmonga ko‘tarilgach, tanasi o‘zgarganmi? Yo‘q, agar u jannatda yaratilgan bo‘lsa, u boshqa shakl va o‘zgacha qiyofada dunyoga kelganmi?

Quyidagi olimlar ham Odam alayhissalom chiqarilgan jannat dunyodagi bir bog bo‘lgan deb bilishadi. (Garchi bu dalil bo‘lmasa-da, lekin men buni qo‘shdim, chunki ba’zi odamlar dalillardan ko‘ra odamlarning fikrlariga ko‘proq ahamiyat ko‘rsatishadi va mashhur insonlarni fikriga qiziqishadi.)

Tafsirchi olimlardan Abul Qosim al-Balxiy va Abu Muslim al-Isfahoniy Odam alayhissalom yashagan jannat dunyodagi bir bog‘ bo‘lgan deb aytishgan. (Faxruddin ar-Roziy)

Shu bilan bir qatorda, Ubay b. Ka’b, Abdulloh b. Abbos, Sufyon b. Uyayna, Abu Hanifa va Motrudiy ham Odam alayhissalom qo‘nim topgan joy dunyodagi bir bog‘ ekanini aytishgan. (qarang: Hadil-Arvah, Ibnul-Qoyyum al-Javziyya, Damashq, 25- sahifa) (Bu ma’lumot Mustafo Islomo‘g‘lining asoslab keltirgan tarjimasidan olingan.)

Odam alayhissalom chiqarilgan jannat oxiratdagi jannat ekanini aytganlarning dalillari:

a. Alloh shunday dedi: “Biringiz boshqangizga (nasllaringiz bir-biriga yoki shayton bilan mo‘minlar bir-biriga) dushman bo‘lib tushinglar!” (A’rof 7/24)

Bu oyatda keltirilgan “tushinglar” so‘zini jannatdan dunyoga tushinglar shaklida ta’vil qilishgan. Bu haqdagi dalillarimizni yuqoridagi 2- dalilda aytib o‘tdik.

b. “Shunda Biz: “Ey Odam! Bu (shayton) sen va zavjangga aniq dushmandir. U sizlarni jannatdan chiqarib vubormasin; keyin tashvishga tushib qolasan. Chunki sen u yerda aniq och ham yalang‘och ham qolmaysan va sen u yerda tashna ham bo‘lmaysan, quyoshda ham kuymaysan.” (Toha 20/118-119)

Ya’ni ularni aytishicha, Odam alayhissalom joylashgan jannatni ta’riflari – och qolmaslik, chanqamaslik, yalang‘och qolmaslik, quyoshda kuymaslik – savob va mukofot sifatida mo‘minlarga va’da qilingan jannatga xos bo‘lgan sifatlardir. Bunday sifatlarga ega bo‘lgan bir jannat (bog‘) dunyoda yo‘q. Shunday ekan, Odam alayhissalom joylashgan jannat oxiratdagi abadiy jannatdir.

Keling, ushbu oyatni qisqacha ko‘rib chiqaylik:

Oyatda bildirilgan Odam alayhissalomni baxtsizlik va mashaqqat chekishi boradigan manziliga nisbatan aytilgan. Odam o‘sha bog‘dan chiqarilgach, Arabistonni qizg‘in cho‘llariga yuborilgan. Chunki buni aynan Qur’ondan bilyapmizki, ka’ba yer yuzida qurilgan ilk binodir. Uni odam alayhissalom qurgan. (Oli Imron 3/96) Odam alayhissalom suvi bor, yeydigan meva-chevalari bor va kiyadigan kiyimlarini osongina qo‘lga kiritadigan va yashash uchun har tomonlama qulay va keng imkoniyatlar yaratib qo‘yilgan bog‘dan Arabistonni qizib turgan sahrolariga yuborilganida, albatta shunday ogohlantirilgan. Chunki yashash uchun maxsus tayyorlangan bog‘larda insonni quyosh nuridan himoya qiladigan soyali daraxtlar, suvsiz qolmasligi uchun chashmay-i buloqlar, och qolmasligi uchun ko‘plab keltirib qo‘yilgan hayvonlar bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, bu dunyoning bog‘lari bilan ham tushunish oson bo‘lgan bu oyat, Odam alayhissalomning jannatga o‘rnatilishi kabi muhim voqeaga dalil bo‘lmaydi.

Xulosa qilib;

Odam alayhissalomni baxtsizligi va tashvishga tushishi – shundaygina har tomonlama yashash uchun tayyor holga keltirib qo‘yilgan bir go‘zal bog‘dan chiqarib yuborilib, juda ham qiyin shartlar ostida yashashga majbur bo‘ladigan cho‘l shartlarining baxtsizligidir. Shu narsa aniqki, inson juda ham go‘zal va yashash uchun maxsus tayyorlab qo‘yilgan bir bog‘dan qaynar cho‘lga tushib qolganida juda ham ko‘p mashaqqat chekadi va qattiq tashvishga tushib qoladi va o‘zini baxtsiz his qiladi. Chunki sahroda suv yo‘q, meva-cheva topish muammoli ish, quyosh tepadan yondirgudek bo‘lib qizdiradi, terisidan kiyim qilib kiyish uchun yaroqli va foydali bir hayvon topish ham muammo bo‘ladi.

Endi, bu oyatga ko‘ra o‘sha bog‘ oxiratdagi bir bog‘ bo‘lmaganini dalillarini keltiramiz.

a. Shuningdek, ushbu oyatda “shaytonni ham chiqarib yuborilishi” haqida aytilgan. Bu esa mutlaqo dunyo hayotiga ishorat qiladi. Chunki oxiratda yagona hukmron yolg‘iz Alloh bo‘ladi. Uni ruxsatisiz hech qanday nojo‘ya ishga qo‘l ham ura olmaydi, nojo‘ya so‘z ham ayta olmaydi, qolaversa, hech kim Allohga isyon qila olmaydi. Ammo bu dunyoda inson va jin toifasidan bo‘lgan shaytonlarga muhlat berilgan. Ular qiyomatgacha har qanday mal’un ishni amalga oshirish imkoniyatiga ega. Ular shuning uchun ko‘pchilikni yo‘ldan ozdiradi va egalik qilib turgan imkoniyatlaridan mahrum qiladi. Natijada insonlarni baxtli va farovon hayotdan baxtsiz hayotga olib chiqadi.

Bu oyat oxiratdagi jannatga ishorat qilayotgan bo‘lsa, jannatda o‘lim bormiki, shayton u yerdagilarni o‘lim bilan qo‘rqitib, u yerda mangu va abadiy yashash bilan aldasin? Jannatda zotan abadiy qolinmaydimi?

Jannatda shayton bormi? Jannatda o‘lim bormi? Jannat salomatlik va omonlik yurti emasmi? U yerga kirgan kishi imtihon ham qilinmaydi va u yerdan qaytib chiqish bilan qo‘riqitilmaydi. Dunyodagi go‘zal bir bog‘ bilan oxiratdagi jannatni qiyoslash mumkin emasligi haqida yuqorida 4- dalilda aytib o‘tdik.

Oyatda keltirilgan o‘sha oxirat jannatiga xos, deb ta’vil qilingan so‘zlarni biz bu dunyoda ham ishlatamiz. Misol uchun; “Och-yalang‘och emassan, qo‘lingdagi ne’matni qadrini bil!”, deymiz. U holda oyatdagi “och qolmaysan, chanqoq qolmaysan” ifodalari o‘sha bog‘ni go‘zalligi va yashash uchun eng qulay bir makon ekaniga ishorat qiladi.

  1. “Jannat” lafzidagi umum ifoda etmagan alif-lom (lom-i ta’rif)dir. Chunki barcha jannatlarga birdaniga joylashib olish imkonsizdir. Shu boisdan, bu jannat avval ham aytib o‘tilgan va ma’lum bir jannat bo‘lishi kerakligi o‘rtaga chiqadi. Musulmonlar tarafidan bilingan jannat esa, oxiratdagi mangu qolinadigan mukofot yurti bo‘lgan jannatdir. Bunga ko‘ra, oyatdagi jannatni shunga ko‘ra tushunish kerak.

Ularni bu gaplari ham dalil bo‘la olmaydi. Chunki Qur’oni Karimda oxirat yurtidagi jannat haqidagi ko‘plab oyatlarda jannat lafzi alif-lomsiz keltirilgan. (Baqara 2/25, Oli Imron 3/15, Niso 4/122, …) Boshqa bir qancha oyatlarda esa alif-lom bilan keltirilgan. Dunyodagi jannat haqida xabar berilgan oyatlarda ham jannat lafzi alif-lom bilan kelgan. Bu holat ularni “Odam alayhissalom yashagan jannat oxirat jannatidir” degan gaplariga keltirgan dalillarini kuchsizlashtiradi. Albatta, bu oyatlar alif-lomli yoki alif-lomsiz ekani, til nuqtai nazaridan muhim tafsilotlar va ma’nolar anglatadi. Ammo bu ma’nolarni nima ekanini aniqlashda Qur’on butunligini buzmagan va oyatlar o‘rtasida bir-biriga ziddiyat keltirib chiqarmaydigan holatda xulosa qilishga majburmiz. Chunki Qur’onda qarama-qarshilik yo‘q. Ammo ba’zi qarama-qarshiliklar o‘zimizni noto‘g‘ri tushunishimiz yoki to‘liq tushuna olmaganimiz tufayli yuzaga kelishi mumkin.

b. Yana ba’zi bir xabarlarga ko‘ra: Alloh farishtalardan biriga dunyoning har tarafidan tuproq olib keltirib, Odamni jannatda yaratganmish.

Ularni bu gaplarini hech qanday dalili yo‘q. Bu narsa umuman yolg‘on va xayoliy fantastikadan boshqa narsa emas. Chunki Alloh: “Alloh sizlarni yerdan o‘simlik o‘stirgandek o‘stirib chiqardi (yaratdi). Keyin sizlarni yana u yerga qaytaradi va albatta, sizlarni (qaytadan) chiqaradi.” (Nuh 71/17), deb buyurgan. Bu oyat ularni bu safsatalarini butunlay yo‘qqa chiqarib yuboradi.

Ma’lumki, Qur’oni Karim insonlarni ba’zi bir iddaolariga qarshi oyatlarda “dalillaringizni keltiring!”, deb, ularni aytayotgan da’volarini isbotlashini talab qiladi. Bunday oyatlar juda ko‘p. Bularga bitta misol berib o‘tamiz:

“Ey Muhammad! Aytginki: Dalil-hujjatlaringizni keltiring. Mana bu meni yonimdagilarni zikri (kitobi) va mendan oldingilarni zikri (kitobidir).” (Anbiyo 21/24)

Ya’ni, Alloh taolo bir iddaoni o‘rtaga chiqarganlardan kitobiy bir dalil keltirishlarini talab qilmoqda. U yana shunday degan: “Qul falillahi al-hujjat al-balig‘oh” (An’om 6/149)

Lekin, afsuski, biz musulmonlarda bir odat bor. Avval ishonchli dalillarga tayanmasdan ba’zi bir nazariyalar va g‘oyalarni ilgari suramiz. Undan keyin “”Allohni shunday qilishga qodir emasmi?” deb mantiqan to‘g‘rilashga urinamiz. Aniqki, Allohni hamma narsaga kuchi yetadi. Lekin, Allohni kuchini har narsaga dalil qilib keltirilmaydi. Alloh taoloni O‘zi barpo qilib qo‘ygan sistemasi va o‘lchovi bor. O‘sha sistemasi va o‘lchovini (sunnatini) aslo o‘zgarmasligini Allohni O‘zi o‘nlarcha oyatlarda takror-takror eslatib o‘tgan. O‘sha qonun-qoidalarini bizlarga O‘z kitobida tushuntirib qo‘ygan. Misol uchun; Alloh o‘z payg‘ambari Muhammad alayhissalomni jahannamga kirgizishga kuchi yetmaydimi? Albatta yetadi. Lekin U bunday qilmaydi. Chunki uni O‘z qonuni va O‘z sunnati bor. U sunnatini aslo o‘zgartirmaydi. Uni sunnatiga/qonuniga ko‘ra Unga xolis qullik qilganlarni jannati bilan mukofotlashini belgilab qo‘ygan va bizga bildirib o‘tgan. Allohni bildirib qo‘yganiga qaramasdan, hech qanday dalilga asoslanmasdan “Allohni bunga kuchi yetmaydimi?” gapi bilan bir payg‘ambarni jahannamga ham kirishi mumkinligini aytish qanchalar jirkanch va noto‘g‘ri tushunchadir, qanchalik mantiqsizlik, usulsizlikdir. Bu masalada Alloh belgilab qo‘ygan va “bu chegaralarni buzmanglar”, degan qanchadan-qancha chegaralar insonlar tarafidan buzilib, har kim xayoliga kelgan narsani dindan deb gapiraveradigan, aqliga kelgan narsa bilan hukm chiqaraveradigan, ulardan dalil so‘ralsa “Alloh bunday qilolmaydimi?” deyishdan boshqasiga o‘tmay qoldi. Amalda va haqiqiy hayotda bunga ko‘plab misollar mavjud. Biroq, mavzuni buzmaslik, yo‘nalishni o‘zgartirmaslik uchun yuqoridagi xayoliy misol etarli.

Bizni holatimiz ham bir oz shunga o‘xshaydi. Yuqorida keltirib o‘tganim oyatlarda Alloh taolo ochiqdan-ochiq Odam alayhissalomni dunyoda yaratganini bildirdi.

Insonni Allohni O‘ziga qullik qilish uchun yaratganini bildirdi.

Dunyo hayoti imtihon yurti ekanini ham oyatlardan o‘rgandik.

Jannatni esa, ajr va mukofot o‘laroq beriladigan bir diyor ekanini ham oyatlardan o‘rgandik.

Zolimlar hatto Jannatni hidini ham hidlamasligini ham o‘rgandik.

Qur’onda jannat kalimasi faqatgina oxiratdagi mukofot diyori bo‘lgan joyga-gina ishlatilmasligini ham oyatlardan o‘rgandik.

Ushbu dalillarga qaramay, Odam Ato aslida dunyo uchun yaratilganini, keyin jannatga olib chiqilganini, so‘ngra yana jannatdan yerga qaytarilganini qanday qilib va nimaga asoslanib ayta olamiz?

 

Mehmet GUNGO‘REN

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: