Musulmonlar
Musulmonlarni jahannamga kirishiga asosan nima sabab bo’ladi?

Musulmonlarni jahannamga kirishiga asosan nima sabab bo’ladi?

Savol: Musulmonlarni jahannamga kirishiga sabab bo’ladigan eng asosiy ish nima?

Javob: Musulmonlarni jahannamga kirishiga sabab bo’lgan ishlardan eng birinchisi namoz o’qimasligidir. Bu haqda Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
“(Do‘zax ahliga): “Sizlarni nima Saqor (jahannamiga) kirgizdi?” (deganlarida), ular: “Bizlar namoz o‘qiguvchilardan bo‘lmadik. Chorasizlarga taom berguvchi ham bo‘lmadik. Bizlar behuda narsalarga  sho‘ng‘iguvchi kimsalar bilan birga sho‘ng‘ir edik. To bizlarga aniq o’lim kelgunicha bizlar Qiyomat kunini yolg‘onga chiqarar edik.” (Muddassir 74/42-47)

“Bas, yuzingizni to’ppa-to‘g‘ri bu dinga buring; Allohning yaratgan fitratiga-ki, insonlarni u fitratga ko’ra yaratdi. Allohning yaratganini o’rnini bosadigan narsa  yo’qdir. Mana shu eng to’g’ri dindur. Lekin insonlarning ko’pchiligi bilmaydilar. Unga yuzlangan kishilar bo’linglar va Undan qo‘rqib o’zingizni himoya qilinglar. Namozni to‘liq ado qilinglar va mushriklardan/Allohni ikkinchi o’ringa qo’yguvchilardan bo‘lmanglar!” (Rum 30/31)

Eng oxirgi oyatda, “namozni to’liq ado qilinglar va mushriklardan bo’lmanglar” deb, shirkni benamozlik bilan bir joyda keltirishi, benamozlik shirkka eng yaqin gunoh ekanini bildiradi.

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: