Musulmonlar

Nos tahoratni buzadimi?

Alloh taolo Qur’oni Karimni Moida surasining 6- oyatida qanday amallar tahoratni buzishi haqida qisqa va lo‘nda qilib bildirib o‘tgan. Osha oyatni hukmiga ko‘ra, old va orqa yo‘llardan chiqqan narsalar tahoratni buzadi. Nos chekishni hojat chiqarishga hech qanday aloqasi bo‘lmaganligi bois, nos chekkan insonni tahorati buziladi deya olmaymiz. Balki, nos chekish inson salomatligiga ma’lum miqdorda ziyon yetkazganligi sababli, biz bu ishni qilmaslikka tavsiya bildira olamiz, xolos. Hech qanday moddiy va na ma’naviy foyda keltirmaydigan bunday ishdan uzoq turilishini tavsiya qilamiz.

Nos chekishga o‘zini majburlab ko‘niktirib olmagani kabi, uni tashlab yuborish uchun ham o‘zini majburlashi shart emas, ozgina iroda va qat’iyat bo‘lsa kifoya erkak kishi uchun. Chunki, erkak kishilar aksariyat holatlarda bir so‘zli-mard bo’lishini isbotlay olishadi.

Agar nosni tarkibiga harom qilingan moddalar qo‘shilgan bo‘lsa, nos butunlay harom hisoblanadi.

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: