Musulmonlar
Nikohi buziladimi?

Nikohi buziladimi?

Savol: Mahallamizda erlari namoz o’qiydigan, ammo ayollari namoz o’qimaydigan oilalar juda ko’p. Namoz o’qimasa musulmon bo’lmaydi, shu sababli o’sha er-xotinning nikohi nima bo’ladi?

Javob: Avvalo sizga shuni aytmoqchimiz: Siz nima uchun “Falonchining ayoli namoz o’qimaydi, pistonchining eri namoz o’qimaydi”, deb yuribsiz? Yoki sizga kimlar namoz o’qishi va kimlar namoz o’qimasligi haqida ma’lumot berib turish vazifasi yuklatilganmi? Yo bo’lmasa mahallangizda kimlar namoz o’qishi haqida to’liq ma’lumot olishingiz kerakmi? Balki ular siz ko’rmaganda o’qir, siz nima uchun xalqni kundalik shaxsiy ibodatlariga aralashyapsiz? Nima uchun siz o’z fikringizcha bu haqda “hukm” chiqaryapsiz? Agar siz aytganday “namoz o’qimaganlar musulmon bo’lmaydi”, degan gap to’g’ri bo’lganida ham, bu narsa er-xotinni o’rtasidagi nikohi buzilishiga sabab bo’lmas edi va Allohn bizga yuborgan dinida aslo bunday bo’lishi mumkin ham emas.

Sizga yana shuni ham ma’lum qilamizki: Dinimizda nikohlanmoqchi bo’lib turgan yosh musulmonlar dinsiz kofir bilan uylanishi to’g’ri emas. Lekin, hayot kechirayotgan oiladagi er yoki ayolning biri dinsiz kofir boshqasi esa musulmon bo’lsa, ularni ajrashib ketishi shart emas. Agar Allohning dinida bunday bir shart bo’lganida edi, Fir’avn bilan uning ayoli o’rtasida, Nuh alayhissalom bilan uning ayoli o’rtasida nikoh bo’lmagan bo’lar va ular nikohsiz yashashgan degan xulosa chiqqan bo’lar edi. Agar Allohning dinida bunday bir shart bo’lsa edi, Payg’ambar alayhissalom erlari musulmon bo’lgan erkaklarni ayollaridan, musulmon bo’lgan ayollarni erlaridan ajrashib ketishiga buyurgan bo’lar edi. Agar Allohning dinida bunday bir shart bo’lsa edi, hozirgi kunimizda yangi imonga kirmoqchi bo’lib turgan Yevropa, Amerika yoki Rossiyalik biri masjidga yoki bir musulmonni oldiga kelsa va imonga kirmoqchi ekanini aytsa, avvalo unga imondan avval shuni ma’lum qilish kerak bo’lar edi: “Agar sen hozir imonga kirsang, ayoling musulmon bo’lmaganligi sababli sen bilan uni o’rtasidagi nikoh buziladi va endi sen u bilan birga yashash olmaysan”, deb ogohlantirish kerak bo’lar edi. Shu sababli borib ayolingni ham olib kel va birgalikda musulmon bo’linglar”, deb masjidni ostonasidan orqaga qaytarib yuborish kerak bo’lar edi. Agar shunday bo’lganida, imonga kirmoqchi bo’lgan oilali insonlar: “Unday bo’lsa avval xotinim bilan maslahatlashib olay, agar musulmon bo’lsam oilam va farzandlarimdan ajralib qolaman ekan, keyinroq yana bir kelarman musulmon bo’lgani”, deb ko’pchilik insonlar musulmon bo’lishdan voz kechib ketgan bo’lar edi. Holbuki, o’tmishdagi payg’ambarlarga imon keltirgan musulmonlar albatta oilasini o’zi bilan birgalikda payg’ambarni oldiga olib kelib er-xotin birga musulmon bo’lishgan emas. Yoki, musulmon bo’lganligi sababli uyiga qaytib bora olmay boshqa joyda yotib qolgan ham emas. Buni aslo unutmasligimiz kerak.

 

Abdulaziz Beshto’g’raq 

 

 

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: