Musulmonlar

Namozni buzadigan amallar

Savol: Namozda turganimizda ba’zan insonlarni qo‘l telefonlari, kiyim-kechaklari va boshqa namozga aloqasiz bo‘lgan ishlar bilan mashg‘ul bo‘layotganiga ko‘zim tushib qoladi. Mana shu holatlar namozga qanchalik ta’sir o‘tkazadi?

Javob: Namoz o‘qiyotganda namozga aloqasiz bo‘lgan ishlar bilan mashg‘ul bo‘lish quyidagi uch qismga bo‘linadi:

  1. Harom;
  2. Makruh;
  3. Muboh[1]

Harom – qat’iy taqiqlangan, uni qilgan kishi gunohkor hisoblanadigan ish.

Makruh – u ishni qilish tavsiya qilinmagan, hush ko‘rilmagan, nomunosib bo‘lgan ishlarga aytiladi. Bu ish qat’iy taqiqlangan harom ishlar qatoriga kirmaydi.

Muboh – shar’iy taqiqlanmagan, insonni o‘z ixtiyoridagi ish hisoblanadi. U ishni qilgan kishiga savob ham gunoh ham tayinlanmagan ishlarga muboh deb aytiladi.

Namozda taqiqlangan harom amallarga quyidagi ishlar kiradi:

  • Gaplashmoq;
  • Yuzini qibla tarafidan umuman boshqa tarafga burib yubormoq;
  • Yemoq;
  • Ichmoq;
  • Ovozini chiqarib kulmoq;
  • Tahorati sinib qolishi;
  • Dunyo ishiga aloqador bir ish sababli yig‘lamoq;
  • Oh-voh urish;
  • Uf tortish;
  • Namozga aloqasiz bo‘lgan keraksiz ishlarni ko‘p qilish.

Namoz uchun kerakli ishlarni ko‘p bo‘lsa ham[2] yoki aloqasiz bo‘lgan ishlarni bir marta[3] yoki ketma-ket bo‘lmagan holatda bajarish namozni buzmaydi.[4]

Bundan boshqa ishlarni amalga oshirsa namoz buzilmasa-da, namozning fazilati va darajasiga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin.[5] Namozda turganda makruh hisoblanadigan ishlarga quyidagi va u kabi boshqa keraksiz ishlar kiradi:

  • Soqolini bekordan-bekor silab turish;
  • Qo‘l telefonini o‘ynash;
  • Kiyimini o‘ynash;
  • Kekkayganlik holatini ifodalovchi shaklda namoz o‘qish va shu kabi boshqa keraksiz ishlarni bir yoki ikki marta takrorlash. Agar bu kabi ishlarni ko‘p takrorlatdigan bo‘lsa, اتخذوا آيات الله هزواً (Josiya 45/35) hukmiga kirib qoladi va gunohkor bo‘lib namozi buziladi. Chunki namoz asosan Allohni oyatlarini oz bo‘lsa-da aqlidan o‘tkazish, Allohni hukmlarini eslash va esdan chiqarib yubormaslik uchun zikr qilish maqsadida o‘qiladi.[6]

Yuqorida aytilgan ishlardan tashqari boshqa ishlar muboh amal hisoblanadi. bunga misol; terlaganda terini artib yuborish, sajdaga borishda past qism kiyimlari agar tor bo‘lsa sal ko‘tarib olish, boshini sajdaga qo‘yadigan joyida mayda toshlar yoki sajdaga borishga xalal beradigan narsalarni olib tashlash va shu kabi boshqa ishlar muboh, ya’ni namozga salbiy ta’sir o‘tkazmaydigan ishlar sirasiga kiradi.

 

[1] Termiziydan Payg‘ambar alayhissalom: “Namozning kaliti tahorat, tahrimi (namozga aloqasiz bo‘lgan ishlarni qilish harom bo‘lishi) takbir, uni (namozga aloqasi bo‘lgan ishlarni qilish qaytadan)  halol bo‘lishi salomdir”  degan mazmundagi hadis rivoyat qilingan.

[2] Buxoriy va Muslimdan Payg‘ambar alayhissalom Ibn Abbos bilan namoz o‘qiyotganida Ibn Abbos Rasulullohni chap tarafiga turib olganida, Ibn Abbosni boshidan ushlab o‘zini o‘ng tarafiga olib o‘tib qo‘ygani rivoyat qilingan.

[3] Buxoriy (5996) va Muslim (543)dan Payg‘ambar goho-goho namoz o‘qiyotganida nabiralarini qiyomdaligida ko‘tarib olar va sajdaga borganida yerga tushirib qo‘yib namoz o‘qiganlari rivoyat qilingan.

[4] Abu Dovud Payg‘ambar alayhissalom namozlarida turib oyoq kiyimidagi najosatni olib tashlagani rivoyat qilingan. 650-hadis.

[5] حَافِظُوا عَلَى الصَّلَوَاتِ وَالصَّلاةِ الْوُسْطَى وَقُومُوا لِلَّهِ قَانِتِينَ (Baqara 2/238) oyatiga ko‘ra, namozda turganda amringga muntazirman degandek bosh egib, tavozeli va mutlaq bo‘ysungan holatni ifodalab turuvchi bir shaklda namoz o‘qish kerak.

[6] “… Namozni Meni zikrim uchun ado qil.” (Toha 20/14)

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: