Musulmonlar

Namozdan keyin tasbeh aytib o’tirish haqida nima deysiz?

Savol: Namozdan keyin tasbeh aytib o’tirish haqida nima deysiz?

Javob: Namozdan keyin aytiladigan tasbehlar juda go’zal kalimalardir; La ilaha illalloh, Allohu akbar, subhanalloh, alhamdu lillah, bular Allohni buyukligini, eng chiroyli maqtovlar faqat Allohga xos ekanini, Allohdan boshqa hech qanday iloh yo’qligini bildiradigan kalimalardir. Bu kalimalarni xoh namozdan avval ayting, xoh namozdan keyin ayting, lekin u kalimalarni ma’nolarini tushinib ayting, nima deyotganingizni bilib-his qilib ayting. Tasbeh aytayotganingizda sizni aqlingiz va zehningizdan u tasbehlarni ma’nosi va mazmun-mohiyati o’tsin, necha marta aytganingiz emas. 10 marta nima deganingizni tushunmasdan tasbeh aytganingizdan ko’ra, 1 marta anglab-tushunib aytganingiz yaxshi bo’ladi.

Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomdan tavsiya o’laroq bizgacha yetib kelgan rivoyatlardagi 11 marta yoki 33 martadan aytilishi bildirilgan tasbehlarda “tushunmasdan aytaveringlar” degan joyi yo’q, albatta.

Add comment

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: