Musulmonlar
Payg’ambar hech narsani Allohning iznisiz halol yoki harom qilolmaydi

Payg’ambar hech narsani Allohning iznisiz halol yoki harom qilolmaydi

Savol: Biron bir payg’ambar Alloh unga halol qilib bergan narsani harom, yoki Alloh unga harom qilgan narsani halol qilib olishi mumkinmi?

Javob: Hech bir payg’ambar biron narsani halol yoki harom qilolmaydi. Har qanday payg’ambar nabiylik sifati ostida biron bir xatoga yo’l qo’yib qo’yishi mumkin bo’lgani uchun, Qur’on oyatlari orasida biron joyda ham nabiyga itoat degan joyi yo’q, balki barcha oyatlar rosulga itoat etishga buyurilgan. Demak Payg’ambarlar rosullik sifatida aslo xatoga yo’l qo’yishi mumkin emas. Shuning uchun ham nabiylarga qaydsiz-shartsiz itoat degan narsa yo’q. Ammo rosullik sifati bilan birgalikdagi halollar Allohning halollaridir, haromlar ham Allohning haromlaridir. Alloh taolo Shunday marhamat qiladi:

الَّذِينَ يَتَّبِعُونَ الرَّسُولَ النَّبِيَّ الأُمِّيَّ الَّذِي يَجِدُونَهُ مَكْتُوبًا عِندَهُمْ فِي التَّوْرَاةِ وَالإِنْجِيلِ يَأْمُرُهُم بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَاهُمْ عَنِ الْمُنكَرِ وَيُحِلُّ لَهُمُ الطَّيِّبَاتِ وَيُحَرِّمُ عَلَيْهِمُ الْخَبَآئِثَ وَيَضَعُ عَنْهُمْ إِصْرَهُمْ وَالأَغْلاَلَ الَّتِي كَانَتْ عَلَيْهِمْ فَالَّذِينَ آمَنُواْ بِهِ وَعَزَّرُوهُ وَنَصَرُوهُ وَاتَّبَعُواْ النُّورَ الَّذِيَ أُنزِلَ مَعَهُ أُوْلَئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ

“Ular (Ahli Kitoblardan to’g’ri harakat qilganlari) ummiy Nabiy bo’lmish bu Rosulga ergashganlardir. Uni – oldilaridagi Tavrotda va Injilda yozilgan holda topadilar. U – ularga yaxshilikni buyuradi va yomonlikni taqiqlaydi.  Toza va lazzatli narsalarni halol, kir va iflos narsalarni harom qiladi. Isrlarini[1] va ustidagi aloqalarni olib tashlaydi. Kim unga ishonsa, unga dastakchi bo’lsa, unga yordam berib va u bilan birgalikda nozil qilingan nurga (Qur’onga) ergashsa – ana o’shalar umidlariga erishadilar.” (A’rof 7/157)
Barcha Nabiylar qatori, Muhammad alayhissalom ham nabiylik sifati bilan biron narsani halol-harom qilolmaydi, faqatgina rosullik sifati bilan halol va harom hukmlarni o’rtaga qo’yishi mumkin. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

يَا أَيُّهَا النَّبِيُّ لِمَ تُحَرِّمُ مَا أَحَلَّ اللَّهُ لَكَ تَبْتَغِي مَرْضَاتَ أَزْوَاجِكَ وَاللَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ

“Ey Nabiy! Ayollaringni rozi qilish maqsadida Allohni senga halol qilgan narsasini nima uchun harom qilyapsan? Ammo Alloh gunohlarni kechirguvchi va marhamat qiluvchidir.” (Tahrim 66/1)

Ochiqchasiga ko’rinib turganidek, Nabiyyimizni faqatgina rosullik sifati asnosida gapirgan gaplarigagina shartsiz qaydsiz itoat qilishimiz kerak. Ammo mahzuniyatla ko’rib turibmizki, kalima va jumlalar bilan o’ynagan holatdagi yangi bir din o’rtaga qo’yilgan.

[1]     Isr – kelajakdagi nabiyga ishonish va unga dastakchi bo’lish vasifasidir. Muhammad alayhissalom so’ng nabiy bo’lgani uchun bizni bunday bir vaziyfamiz yo’q. Baqara 286 va A’rof 157- oyatlar shuni ko’rsatadi.

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: