Musulmonlar

Musulmonni Musulmonga moli, joni va sharafi haromdir

قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : لا تحاسدوا ، ولا تناجشوا ، ولا تباغضوا ، ولا تدابروا ، ولا يبع بعضكم على بيع بعض ، وكونوا عباد الله إخوانا ، المسلم أخو المسلم ، لا يظلمه ولا يخذله ولا يحقره ، التقوى هاهنا – ويشير إلى صدره ثلاث مرات – بحسب امرئ من الشر أن يحقر أخاه المسلم ، كل المسلم على المسلم حرام : دمه وماله وعرضه. رواه مسلم

Allohning Elchisi shunday dedi: “Bir-biringizga hasad qilmanglar, bir-birlaringizni ayblaringizni ochmanglar, bir-biringizga achchiq qilib gʻazab qilmang, bir-biringizdan orqa oʻgirib ketmanglar, boshqangizning savdosi ustiga boshqa biringiz savdo qilmasin. Allohning aka-uka holatidagi qullari boʻlinglar. Musulmon –musulmonning aka-ukasidir; unga haqsizlik qilmaydi,pastga urib xorlamaydi, haqorat qilmaydi. Taqvo mana shu joydadir. (Koʻksiga uch marta ishora qildilar) Musulmon birodarini haqorat qilishi kishining yomonligiga yetarlidir. Musulmonning musulmonga qoni, moli va sharafi haromdir.” (Abu Hurayradan Imom Muslim rivoyati)

قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : المؤمن للمؤمن كالبنيان يشد بعضه بعضًا. متفق عليه

Allohning Elchisi shunday dedi: “Bir moʻmin boshqa bir moʻminga nisbatan bir boʻlagi boshqa bir boʻlagini quvvatlab-mustahkamlab turgan bino kabidir.“ (Abu Musodan Buxoriy va Muslim rivoyati.)

أن النبي ـ صلى الله عليه وسلم ـ قال: إذا التقى المسلمانِ بسيفَيْهما فالقاتل والمقتول في النار قلت: يا رسول الله هذا القاتِل فما بالُ المقتول؟ قال: إنّه كان حريصًا على قتل صاحبه. روى البخاري ومسلم

Nabiy alayhissalom shunday dedi: “Ikki musulmon bir-biriga qurol koʻtarsa, oʻldirgan ham oʻlgan ham jahannamdadir.“ Aytdimki: Ey Allohning Elchisi! Bu qotil xoʻp (oʻldirdi), oʻldirilganda nima ayb? Nabiy alayhissalom aytdiki: “U ham sherigini oʻldirmoqchi edi-da.“ (Nafiyʼ bHorisdan Buxoriy va Muslim rivoyati.)

Nabiy alayhissalom bu gapni qaysi oyatlarga asoslanib aytganini bilmoqchi boʻlsangiz, mana bu oyatlarni yaxshilab tafakkur qilinglar:

وَمَنْ يَقْتُلْ مُؤْمِنًا مُتَعَمِّدًا فَجَزَاؤُهُ جَهَنَّمُ خَالِدًا فِيهَا وَغَضِبَ اللَّهُ عَلَيْهِ وَلَعَنَهُ وَأَعَدَّ لَهُ عَذَابًا عَظِيمًا.

“Kimki bir moʻminni ataylab oʻldirsa, uning jazosi oʻlimsiz holda qoladigan jahannamdir. Alloh unga gʻazab qilgan, uni laʼnatlagan va unga ogʻir bir qiynoq tayyorlab qoʻygandir.” (Niso 4/93)

Qoʻshimcha maʼlumot uchun Moida 5/27,30,33-oyatlarga murojaat qilishingiz mumkin.

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: