Musulmonlar
Musofir kishi namozlarini 4 rak’at qilib o’qisa bo’ladimi?

Musofir kishi namozlarini 4 rak’at qilib o’qisa bo’ladimi?

Muqimlik holatida 4 rakaatlik namozlar, safarda bo’lgan vaqtda aslida 2 rakaat bo’lib farz qilingan. Ya’ni musofir kishi namozini qisqartirishi degani bu – 4 dan 2 ga ozaytirishi emas, chunki aslida  safardagi namozlar o’zi aslida 2 rakaatlidir.

Niso surasi 4/101-103- oyatlarda, musofir kishi 2 rakaatlik namozni, qarshisidan dushman chiqib, dushmanning fitnasidan qo’rqqan vaqtda, namozini 2 rakaatdan 1 rakaatga ozaytirishini qasr ya’ni  namozni qisqartirilishi ekanini bayon qiladi. Bu haqdagi oyati karima shunday”

“Safar qilib boshqa yerlarga borganingizda agar kofirlar fitnasidan qo‘rqsangiz, namozingizni qisqa qilib o‘qishingizda gunoh yo‘q. Chunki kofirlar sizlarga ochiq dushmandir. (Ey Muhammad), qachon siz (jang maydonida) mo‘minlar orasida bo‘lib, ularga imom bo‘lgan holda namoz o‘qimoqchi bo‘lsangiz, ulardan bir toifasi qurollangan hollarida siz bilan namozga tursinlar. Bas, qachon sajda qilishgach (ya’ni namozning bir rakaatini o‘qib bo‘lishgach), orqalaringga borib, (sizlarni qo‘riqlab) tursinlar va hali namoz o‘qimagan boshqa toifa kelib siz bilan birga namoz o‘qisinlar. Ular ham ehtiyot choralarini ko‘rib, qurollanib olsinlar.
Kofirlar sizlar qurol-yarog‘ va asbob-anjomlaringizdan g‘aflatda bo‘lgan paytingizda ustingizga birdaniga hamla qilishni istaydilar. Agar yog‘ingarchilik tufayli aziyat cheksangizlar yoki bemor bo‘lsangizlar, qurollaringizni yechib qo‘yishingiz gunoh emas. Ammo ehtiyot chorangizni ko‘rib qo‘yinglar. Albatta Alloh, kofirlar uchun xor qilguvchi azobni tayyorlab qo‘ygan. Namozni ado qilarkan turgan, o‘tirgan va yon taraflaringiz uzra Allohni yod etingiz! Qachonki xotirjam bo‘lgach, namozni to’la-to‘kis ado etingiz! Chunki namoz – mo‘minlarga vaqti chegaralangan qilib farz bo‘ldi.” (Niso 4/102-103)

Bu oyatlarga ko’ra, Muhammad alayhissalom 2 rakaat qilib to’liq o’qigan, sahobalar esa, 1 rakaatdan o’qishgan. Mana shu 1 rakaat o’qish namozni qisqartirish degani.

Payg’ambar alayhissalom safarda namozlarni bir marta bo’lsa ham 4 rakaat o’qiganligi haqida ma’lumot yo’qligi ham shunga ishorat qiladi.  Demak, safarda farz namozlar aslida 2 rakaat o’qiladi.

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: