Musulmonlar
Muslima ayollarni o’zlarini tutishlari

Muslima ayollarni o’zlarini tutishlari

Quyidagi oyatlada Alloh taolo, mo’mina ayollarga tegishli bo’lgan ko’plab hukmlarni shunday bayon qilgan:

 وَقُل لِّلْمُؤْمِنَاتِ يَغْضُضْنَ مِنْ أَبْصَارِهِنَّ وَيَحْفَظْنَ فُرُوجَهُنَّ وَلَا يُبْدِينَ زِينَتَهُنَّ إِلَّا مَا ظَهَرَ مِنْهَا ۖوَلْيَضْرِبْنَ بِخُمُرِهِنَّ عَلَىٰ جُيُوبِهِنَّ ۖ وَلَا يُبْدِينَ زِينَتَهُنَّ إِلَّا لِبُعُولَتِهِنَّ أَوْ آبَائِهِنَّ أَوْ آبَاءِ بُعُولَتِهِنَّ أَوْ أَبْنَائِهِنَّ أَوْ أَبْنَاءِ بُعُولَتِهِنَّ أَوْ إِخْوَانِهِنَّ أَوْ بَنِي إِخْوَانِهِنَّ أَوْ بَنِي أَخَوَاتِهِنَّ أَوْ نِسَائِهِنَّ أَوْ مَا مَلَكَتْ أَيْمَانُهُنَّ أَوِ التَّابِعِينَ غَيْرِ أُولِي الْإِرْبَةِ مِنَ الرِّجَالِ أَوِ الطِّفْلِ الَّذِينَ لَمْ يَظْهَرُوا عَلَىٰ عَوْرَاتِ النِّسَاءِ ۖ وَلَا يَضْرِبْنَ بِأَرْجُلِهِنَّ لِيُعْلَمَ مَا يُخْفِينَ مِن زِينَتِهِنَّ ۚ وَتُوبُوا إِلَى اللَّـهِ جَمِيعًا أَيُّهَ الْمُؤْمِنُونَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ 

“Mo’mina ayollarga ayting ko’zlarini tiysinlar, farjlarini (qo’llari va oyoqlari orasidagi a’zolarini) saqlasinlar. Go’zalliklaridan[1] ko’rinib turganlaridan boshqa a’zosini ochmasinlar. Ro’mollarini bir qismini yoqalari ustiga tashlasinlar.[2] Erlari, otalari, erlarining otalari, o’g’illari, erlarining o’g’illari, aka-ukalari, aka-ukalarining o’g’illari, opa-singillarining o’g’illari, o’z xotinlari, qo’l ostidagi asirlar, ayol kishiga ehtiyoji qolmagan erkaklar va ayollarning odob yerlarini farqiga bormagan yosh bolalar[3]dan tashqari hech kimga ziynatlarini ochmasinlar. Yashirgan ziynatlari bilinsin deb[4] oyoqlarini boshqa shaklda yerga urmasinlar. Ey mo’minlar, Allohga hammangiz bir bo’lib tavba qilib yo’nalingki, shoyad umidingizga erishasiz.” (Nur 24/31)
(Oyatlar O’zbek tilida to’liq tushunarli bo’lishi uchun, tafsiriy ma’no berdik.)

[1] Go’zallik deb tarjima qilingan kalima “ziynat” kalimasidir. Ba’zil kishiar buni tashqi qiyofa deb o’ylaydilar. Tashqi qiyofa erkakning ham ayolning ham ziynatidir. A’rof 7/31 ga ko’ra ziynatli kiyim kiyish taqiqlanmagan va bu haqda alohida bayon qilingan.

A’rof 7/32– oyatga ko’ra, ayollar erkaklar uchun ziynat qilingani bois, Oli Imron 3/14– oyatdagi ziynat ayollarga xos bo’lgan xususiyatlardan boshqa narsa bo’lishi mumkin emas. Oyatdagi “yashirgan ziynatlarini” ifodasi ham aynan ayollarga xos bo’lgan ziynat ekanini bildiradi. Chunki ayol kishi boshidan to tovonigacha o’ralgan bo’lsa ham, raqsga tushishi yoki oyoqlariga erk berib nozli yurishi natijasida yoki, ovozini ingichka qilib nozli gapirishi oqibatida, o’ziga xos bo’lgan ziynatini oshkor qilishi mumkin.

[2] Oyatda “ma zoharo minha” ya’ni ko’rinib turgan qism jumlasi ro’mol kalimasidan oldin kelgani uchun, ayol kishini yuzi ochiq ya’ni, tashqi ziynat hisoblanadi.

[3] Ushbu Niso surasining 58-oyati, voyaga yetmagan yosh bolalar bilan qo’l ostidagi asirlar haqida yana ham ochiqroq qilib tushuntirib bergan.

[4] Ayollar oyoqlarini yerga bosayotganda, farqli qadam tashlashi yoki, o’zini chap va o’ng tarafga farqli yonbosishi oqibatida, o’zining yashirin ziynatini oshkor qilishga urinishi ham mumkin. Bu oyat, ayollarni erkaklar oldida bunday harakatlanishini ham taqiqlamoqda.

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: