Musulmonlar

Mushuk va it savdosi

Savol: Mushuk va it savdosi haqida mazhablarda nima deyilgan? Eshitdimki, harom narsalarni savdo qilish mumkin emas ekan.

Javob: Mushuk savdosini joiz ekani haqida to‘rt mazhab olimlari ham ijobiy fikr bildirishgan.

It savdosiga kelsak, uni savdosini taqiqlagan bir qancha hadis rivoyat qilingan. (Buxoriy, Buyu’ 13; Muslim, Musoqot 39 (1567))

Bu hadislarni asos olgan holda Shofeiy va Hanbaliy mazhablari itni sotib ham olib ham bo‘lmaydi, deyishgan.

Molikiy mazhabidagilar esa, Nasoiy da kelgan hadisga asoslangan holda (Nasoiy, Buyu’ 91) faqatgina ov uchun va qo‘riqchi itlarni savdosi joiz, deb aytishgan. “Savdosi joiz deb bilingan itlar guruhiga hozirgi kunimizdagi jinoyatchilarni ta’qib qiladigan, giyohvand moddalarni aniqlaydigan va h. k. maqsadda ishlatiladigan izquvar itlar ham kiradi.” (Husomuddin Affona, Fiqhiy va Axloqiy jihatlari bilan Islomda Tijorat, Tarj: Sarvat Bayindir, Polen nashrlari, Istanbul, 2007, bet: 168)

Hanafiy mazhabidagilar esa, itning o‘zi ishlatilishi mumkin bo‘lgan bir mol ekanini, itni savdosini taqiqlagan hadis esa Islomning dastlabki davrlariga tegishli ekani va bu hadis hukmi keyinchalik olib tashlanganini aytib, itlarning barcha turlarini sotish va sotib olishga ruxsat berishgan.

Yahyo Sheno’l

Add comment

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: