Musulmonlar
«Мен Мусулмонман! » дейиш йетмайдими?

«Мен Мусулмонман! » дейиш йетмайдими?

Savol: Namozxon insonlarning ko’pchiligi, o’zlarini turli nomlar (salafiy, hizbiy, jundiy, shofeiy, so’fiy, ash’ariy, shiiy, mavlaviy sh. k.) bilan nomlab, o’sha nom bilan faxrlanishadi va o’sha nom ostidagi diniy tashkilot va jamoalarni kengaytirishga va tarafdor yig’ishga urinishadi. Alloh o’z kitobida bu haqda xabar berganmi? Islom diniga mansub kishilarga xos bir ism bormi Qur’onda?

Javob: Ha, albatta xabar bergan. Alloh taolo O’z Kitobida Allohga ich-ichidan ishonib suyangan va yaxshi ishlar bilan mashg’ul bo’lgan insonlarga juda ham chiroyli nom berib, ularni Qur’onda ham va avvalgi kitoblarda ham “Musulmonlar” deb atagan. Musulmonman degan bir inson uchun bundan boshqa nomni yoki laqabni o’ziga nisbat berishi mumkin emas. Din nuqtai nazaridan Alloh nomlagan nom bilan kifoyalansin. Shunda Musulmonlarni bir-biridan ayrib-bo’lib, firqa-firqa qilib, bir-biriga dushman qilib qo’yolmaydilar. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

 يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اتَّقُواْ اللّهَ حَقَّ تُقَاتِهِ وَلاَ تَمُوتُنَّ إِلاَّ وَأَنتُم مُّسْلِمُونَ

“Ey mo‘minlar, Allohga munosib ravishda taqvo qilinglar va so’ngi nafasingizgacha musulmon bo’lib qolinglar!» (Oli Imron 3/102)

وَجَاهِدُوا فِي اللَّهِ حَقَّ جِهَادِهِ هُوَ اجْتَبَاكُمْ وَمَا جَعَلَ عَلَيْكُمْ فِي الدِّينِ مِنْ حَرَجٍ مِّلَّةَ أَبِيكُمْ إِبْرَاهِيمَ هُوَ سَمَّاكُمُ الْمُسْلِمينَ مِن قَبْلُ وَفِي هَذَا لِيَكُونَ الرَّسُولُ شَهِيدًا عَلَيْكُمْ وَتَكُونُوا شُهَدَاء عَلَى النَّاسِ فَأَقِيمُوا الصَّلَاةَ وَآتُوا الزَّكَاةَ وَاعْتَصِمُوا بِاللَّهِ هُوَ مَوْلَاكُمْ فَنِعْمَ الْمَوْلَى وَنِعْمَ النَّصِيرُ

“Alloh yo’lidagi kerakli kuch va g’ayratni ko’rsatinglar. Sizlarga imkoniyat bergan Udir. Bu dinda sizlarga hech qanday og’ir ish taklif qilmadi. Bu – Otangiz Ibrohimning dinidir. Elchisi sizlarga o’rnak bo’lishi va sizlar ham insonlarga o’rkan bo’lishlaring uchun Alloh sizlarni bu va bundan avvalgi kitoblarda “Musulmonlar” deb nomladi.  Namozni to’liq ado etinglar, zakotni beringlar va Allohga yopishinglar. U sizlarni Egangizdir. U qanday yaxshi Ega va qanday yaxshi Yordamchidir.” (Haj 22/78)

Har qanday o’zini musulmon deb bilgan kishi, dini Islom bo’lgani uchun, o’ziga musulmon degan nomdan boshqa diniy nomni munosib ko’rmashi kerak. musulmonligdan maqsad; isnon bo’lib tug’ilgan har kim insoniycha yashab o’tishi va o’z yaratilish fitratini-tabiatini buzmay yashashidir. Din bu fitratdir, asl yaratilishdagi tabiatidir.