Musulmonlar
Masjidga kirganda ikki rakaat namoz o’qimasdan o’tirib bo’lmaydimi?

Masjidga kirganda ikki rakaat namoz o’qimasdan o’tirib bo’lmaydimi?

Savol: Juma kuni imom xutba aytayotganda masjidga kirgan kishi nafl/sunnat namoz o’qiydimi, yoki kirgan zahoti o’tirib oladimi?

Javob: Javob o’laroq Rasulullohdan kelgan bu haqdagi hadislarni aytib o’tamiz:

Hz. Jobir b. Abdulloh aytdiki:

“Rasululloh Juma kuni xutba o’qiyotganida bir kishi keldi. Unga: “Namoz o’qidingmi?”, dedi. U kishi: “Yo’q”, degan edi, Payg’ambar alayhissalom unga qarab: “Tur o’rningdan, ikki rakaat namoz o’qi”, deb buyurdi.” (Buxoriy, Juma 33. Muslim, Juma 54-58)

Hz. Jobir b. Abdullohdan kelgan boshqa bir hadisda shunday deyilgan:

“Sizlardan biringiz Juma kuni imom xutbaga chiqqanida kirib kelsa, ikki rakaat namoz o’qisin.” (Muslim, Juma 57)

Yana Jobir b. Abdullohdan kelgan boshqa bir hadisda shunday deyiladi:

“Juma kuni Rasululloh xutba o’qiyotganida Qatafon qabilasidan (sahoba) Sulayk (masjitda) paydo bo’ldi  va darhol o’tirdi. Shunda Rasululloh:
“Ey Sulayk! Tur o’rningdan, ikki rakaat namoz o’qi. Imkon qadar qisqa bo’lsin”, dedi va shunday davom etdi: “Sizlardan biringiz Juma kuni imom xutba o’qiyotganida masjidga kirsa ikki rakaat namoz o’qisin va imkon qadar qisqa qilsin.”
(Muslim, Juma 59)

Mazhab imomlaridan Imom Shofeiy va Imom Hanbal yuqoridagi hadislarga suyangan holda, masjidga kirgan kishi har qanday holatda ham o’tirishdan oldin albatta ikki rakaat tahiyyatul-masjid namozi o’qishi kerakligini bildirganlar. Juma namozi boshlangan bo’lsa bu xorij. Agar namoz boshlangan bo’lsa darhol imomga iqtido qilib farz namozga kirishadi.

Hanafiy mazhabining ba’zi ulamolari va imom Molik tarafdorlari esa, quyidagi hadisga binoan, imom xutbaga chiqqan vaqtda nafl namoz o’qilmaydi deyishgan. Aloqador hadis quyidagicha:

Abu Hurayra (Alloh undan rozi bo’lishini so’raymiz) Payg’ambar alayhissalom shunday deganini bildiradi:

“Juma kuni imom xutba o’qiyotganida kimki yonidagi birodariga “jim” desa, lag’v (ya’ni, foydasiz bir ish) qilgan bo’ladi.” (Buxoriy, Juma 36. Muslim, Juma 11-12)

Bu hadisda, Juma kuni imom minbarda ekanida nafl/sunnat namoz o’qimasin degan gap ham yo’q, o’qigan namozi befoyda degan gap ham yo’q. Aksincha, imomni tinglamasdan yonidagi insonlar bilan gaplashib o’tirmasin, imom o’qiyotgan oyatlarga beparvolik qilib qo’ymasin degan maqsadda aytilgan hadis degan fikrdamiz. Chunki, boshqa yana ko’plab hadislarda Payg’ambar alayhissalom: “Masjidga kirgan kishi ikki rakaat namoz o’qimasdan o’tirmasin”, degan ma’nodagi ko’plab hadislari bor. Bularning birortasida ham illo xutba vaqtida degan joyi yo’q. Aksincha, o’tirib olgan kishilarni ham o’rnidan turg‘izib namoz o’qishga buyurganini yuqoridagi hadislardan bilib oldik.

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: