Musulmonlar

Kredit/foiz haqida qisqa qilib fatvo bera olasizmi?

Savol: Qisqa qilib kredit haqida fatvo bera olasizmi?

Javob: Kredit haqida Alloh taoloni o‘zi fatvo berib bo‘lgan. Agar Allohni bergan hukmidan, buyurgan amridan qanoat qilmasangiz, boshqa hukm va fatvolarga va boshqacha fatvo beradigan shaxslarga murojaat qilishingiz mumkin. Quyidagi oyatlar Allohni foiz haqida tushirgan so‘zlari:

“Foiz yeydiganlar, shayton tegib aqlini chalib qo‘ygan kishining harakatidan farqli hayot kechirmaydi. Bu narsa – ular: “Savdo-sotiq foiz bilan bir xil” deganliklari uchundir. Alloh savdo-sotiqni halol qilgan, foizni esa harom qilgan. Kimga Rabbidan bir nasihat kelsa va foizga chek qo‘ysa, o‘tmishdagi ishi o‘ziga tegishli; uni ishi Allohga oid. Kim yana davom etsa, ana o‘shalar jahannam aholisidir. Ular u yerda mangu qoladilar.” (Baqara 2/275)

“Alloh foizni kamaytiradi va zakotni ko‘paytiradi. Alloh nonko‘r va gunohkorlarni hech birini sevmaydi.” (Baqara 2/276)

 “Ey mo‘minlar! Allohdan qo‘rqinglar! Foizdan nimaiki qolgan bo‘lsa uni barchani tark qilinglar! Agar mo‘min bo‘lsangizlar. Agar bunday qilmasangiz, bilingki, Allohga va Elchisiga qarshi urush ochgan bo‘lasiz. Agar tavba qilib qaytsangiz – sizlar ham haqsizlik qilmagan va sizlarga nisbatan ham haqsizlik qilinmagan holda – mol-mulklaringizni asosiy bo‘lagi bo‘lgan dastmoyalaringiz o‘zingizga qaytariladi. Qarzdor qiyin ahvolda bo‘lsa, ahvoli yaxshilanguncha kutib turiladi. Kechib sadaqa qilib yuborishingiz sizlar uchun yanada yaxshi. Agar bilganingizda-mi!..” (Baqara 2/278-280)

Alloh taologa qarshi urush – tabiiy tartibga va borliqdagi to‘g‘ri intizomga qarshi urush degani. Tabiatdagi qoidalarni o‘rtaga qo‘ygan zot Alloh bo‘lganligi uchun, ijtimoiy hayotdagi va tabiatdagi qoidalarni buzuvchi harakatlar, Allohni qoidasini buzgan va Allohga qarshi chiqqan va tajovuz qilgan deb qabul qilinadi.

“Insonlarni mol-mulklari orasida ortsin deb foizga bergan narsa/qarz Allohning huzurida ortmaydi. Allohni roziligini xohlab bergan zakotlaringizga kelsak, ana o‘sha qat-qat qilib orttiradiganlar zakot berganlardir.” (Rum 30/39)

“Ey mo‘minlar! Qat-qat ortgan foizni yemanglar. Allohdan qo‘rqinglar, shoyad, murodingizga erishsangiz.” (Oli Imron 3/130)

Bu haqda qo‘shimcha oyat va hadislar haqidagi ma’lumotga ega bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi maqolani ham o‘qib chiqishingizni tavsiya qilamiz:

http://www.musulmonlar.com/?p=3235

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: