Musulmonlar
Katoliklardagi vositachilik e’tiqodi (Barcha soxta diniy jamoatlarda ham bir xil)

Katoliklardagi vositachilik e’tiqodi (Barcha soxta diniy jamoatlarda ham bir xil)

Katoliklardagi vositachilik va vasilachilik e’tiqodi bilan, soxta tariqatchilardagi vositachilik e’tiqodi orasida qanday farq borligini ochiqlashga urinamiz va Islom diniga bunday e’tiqod qanday qilib kirib qolganini o’rtaga qo’yamiz.
Rohiblarini robb deb bilishlari orqasida Ota, O’g’il va Muqaddas Ruh ishonchi ham bor. Bunday ishonch Hristian mazhablarining ko’pida bir hildir. Har birini boshqa turli bir oz farqli ko’rishlari ham bor. Katoliklarni qilgan ishlarini ko’rib chiqqan holda, Iso alayhissalom tablig’ qilgan Allohning sof Islom dininni qay darajada tanib bo’lmas holga keltirishganini bilib olamiz.

1-Alloh
Katoliklarga ko’ra Alloh birdir; undan boshqa tangri yo’qdir.[1]
U haqiqatning aynisidir. Yeru ko’kni uning o’zi yaratkandir. Yaratilish shaklini tuzgan va dunyoni boshqarib turgan Udir.[2]
U insonlarga yaqindir va har narsani bilar.[3] U har doim bordir, borligining boshi va oxiri yo’qdir. Hamma narsa, mavjudligi jihatidan Unga qarzdordir. Biz egalik qilayotgan barcha narsa Undan kelmoqtadir.[4] Uning borligi o’zidandir.[5] Allohning Ota (Bobo) deb nomlanishi, har narsaning boshlang’ichi va ishq-muhabbatning yuksak maqom egasi ekanidan va butun farzandlarining ustida titragan sevgi to’la yaxshiligi sababidandir.[6] Alloh na erkakdir v ana ayol; Alloh Allohdir.[7]
        Ba’zi Hristianlar Alloh bilan inson o’rtasida bir bo’shliq bor deb bilishadi va o’rtasini vositachi (o’rtakashlar) bilan to’ldirishga urinadi. Endi Katoliklarni vositachi deb bilgan narsalariga nazar solaylik:

2-Iso (O’g’il)
Katoliklarga ko’ra Iso Otaning elchisidir.[8] Ota uni muqaddas Ruh bilan silagan, rohib, payg’ambar va qirol qilib saylagan[9] U o’zicha hech narsa qilolmaydi. Har narsani uni jo’natgan Otadan oladi.[10] Endi u Otaning yonida Hristianlarning oqlovchisi (Advokat) bo’ladi. Ularning foydasiga vositachilik qilish uchun doimo tirikdir. Allohning yonida doim hozirdir.[11] O’zinng vositachiligi orqali Allohga yaqinlashgan barcha-barchani qutqarib qolishga kuchi yetadi.[12]

Hristianlarda insoning maqomi shunday:
Muqaddas Iloh

Gunohkor inson
Bu tushunchaga ko’ra Muqaddas Tangri ya’ni, Alloh bilan gunohkor  inson o’rtasida katta bir bo’shliq bor. U bo’shliqni to’ldirib turuvchilar, insonni Allohga va U ko’rsatgandek yashashga erishish uchun harakat qiladilar. Pastdagi rasm bo’shliqni to’ldirish va ayriliqni birlashtirish yo’lini ochiqlaydi.
Hristianlarda Isoning maqomining ko’rinishi:

Rasm va yozuvlar www.Injil.com dan olingan.
Hristianlarga ko’ra; Alloh bilan inson o’rtasidagi qo’zichoq Isodir. U insoniyatni qutqarish uchun o’zini qurbon qilgan emish. Pavlusning[13] Timoteosga yozgan maktubida shu so’zlar joy olgan: “Yagona bir Alloh va Alloh bilan insonlar orasida yagona bir vositachi bordir. Bu ham bo’lsa; inson bo’lmish va o’zini hamma uchun fidya o’laroq fido qilgan Masihi Isodir.[14]
a) Uch Asrdan So’nggi “O’g’il” Ta’rifi Qabul Qilinishi (malakasi va tajribasi)
    Havoriylar zamonida Iso alayhissalom to’g’ri ma’noda bir inson deb hisoblanar edi. U Allohning o’g’li ekani haqidagi da’voni  ilk bor Pavlus o’rtaga qo’ydi. Bu da’voni to’g’ri deb bilgan qaror, uchinchi yuz yildan so’ng Antakyada qabul qilindi.[15]
325-yilda to’plangan O’kumelik Iznik kengashi, Iso yaratilmagani, Otadan tug’ilgani va Ota bilan bir hil mohiyat va uyg’unlikka ega ekanini qabul qildi.[16]
431-yili uchinchi O’kumelik Efes kengashi shu qarorni oldi:
“Iso o’z shaxsiyatini, aqilli ruh bilan jonlantirilgan bir badanda birlashtirgan holda inson bo’ldi. Maryam Ona esa, haqiqiy ma’noda Tangrining onasidir.”
415-yili to’plangan to’rtinchi O’kumelik Kadiko’y kengashi Isoni haqiqiy Tangri ekanini shunday e’lon qildi:
“Tangrimiz Masihi Isoni mukammal Tangrilikka va mukammal insonilikka ega, haqiqiy Tangri va haqiqiy inson ekaniga, aqilli bir ruhtan va badandan sodir bo’lganiga, tangrilik nuqtai nazaridan; Ota bilan, insonlik nuqtai nazaridan; biz bilan bir hil mohiyatda ekaniga, gunohdan tashqari barcha narsada biz bilan bir hil ekaniga, tangrilik nuqtai nazaridan; Otadan yuz yillar oldin tug’ilganiga, insonilik nuqtai nazaridan; bizni eson-omonligimiz uchun bokira Maryamdan tug’ilganiga hamjihat va hamfikr bo’lgan holda qabul qilganimizni rasman bayon qilamiz.”[17]
Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَقَالَتِ الْيَهُودُ عُزَيْرٌ ابْنُ اللّهِ وَقَالَتْ النَّصَارَى الْمَسِيحُ ابْنُ اللّهِ ذَلِكَ قَوْلُهُم بِأَفْوَاهِهِمْ يُضَاهِؤُونَ قَوْلَ الَّذِينَ كَفَرُواْ مِن قَبْلُ قَاتَلَهُمُ اللّهُ أَنَّى يُؤْفَكُونَ

“Yahudiylar: “Uzayr Allohning o’g’li dedilar”. Hristianlar esa: “Masih Allohniong o’g’lidir” dedilar. Bu- og’izlaridagi so’z birikmalaridir xolos. O’tmishdagi kofirlarni gaplarini gapirmoqda. Alloh qahr etsin ularga! Bu tuhmatga qayerdan ilakishyaptilar?” ( Tavba 9/30)

b) Haqiqiy Alloh va haqiqiy inson:
Isoni vositachi deb ishonish uchun uni haqiqiy Alloh va haqiqiy inson dedilar. Katoliklar buni shunday ochiqlashadi:
“Masih Iso, haqiqiy Alloh va haqiqiy insondir. Shu sababli insonlar va Alloh o’rtasida yagona vositachidir.[18] Hozirda u,Otaning yonida Hristianlarga advokatlik (oqlovchilik) qilmoqda. Ularga foyda bo’lishi uchun vositachilik qilishlikda doimo tirikdir. Allohning yonida doimo hozirdir.[19] O’zining vositachiligi bilan Allohga yaqinlashganllarni mutlaqo qutqarib qolishga kuchi yetadi.[20]
Bunday ishonch-e’tiqod aqlga zid kelgani uchun, javobgarlikni Cherkov yurutmoqda. Ular shunday deyishadi:
“Iymonning asli; ochiqlangan haqiyqatlarni tabiiy aqlimiz bilan anglab yetishlik va haqiyqatidan xabardor bo’lish emasdir.[21] Iymon keltirish bu bir Cherkovning hatti harakati va uning ishidir. cherkovning iymoni bizni iymonimizdan oldin keladi, bizni iymonimizni hisob-kitob qiladi va dastaklaydi.
Cherkov butun imonga kirganlarning onasidir. Onasi Cherkov bo’lmaganlarning Otasi Tangri bo’lolmaydi.[22] Alloh taolo shunday marhamar qiladi:

لَقَدْ كَفَرَ الَّذِينَ قَالُواْ إِنَّ اللّهَ هُوَ الْمَسِيحُ ابْنُ مَرْيَمَ وَقَالَ الْمَسِيحُ يَا بَنِي إِسْرَائِيلَ اعْبُدُواْ اللّهَ رَبِّي وَرَبَّكُمْ إِنَّهُ مَن يُشْرِكْ بِاللّهِ فَقَدْ حَرَّمَ اللّهُ عَلَيهِ الْجَنَّةَ وَمَأْوَاهُ النَّارُ وَمَا لِلظَّالِمِينَ مِنْ أَنصَارٍ

“Alloh Maryam o’g’li Masihdir deganlar o’zlarini to’g’rilardan to’sdilar. Aslida, Masih shunday degan edi: “Ey Isroil o’g’illari, mening va sizning Robbingiz bo’lmish Allohga qullik qiling. Kim Allohga shirk qo’shsa Alloh unga jannatni harom qiladi. Uning boradigan joyi jahannamdir. Haqsizlik qiluvchilarning yordamchisi bo’lmaydi.” (Moida 5/72)

3-Muqaddas Ruh
Katoliklarga ko’ra Muqaddas Ruh ham Tangridir. Ota va O’g’il ayni mohiyatdandir.[23] U ham vositachi va shafoatchi bo’ladi. Pavlusning Rumliklarga yozgan maktubida shu ifodalar joy olgan: “Muqaddas Ruh bizni za’ifligimizga yordam beradi, chunki qanday duo qilishimizni bilmaymiz ammo, Ruhning o’zi so’z bilan ifodalab bo’lmaydigan holatda bizni shafoat qilib qutqarib qoladi. Insonlarning qalblarini nazorat qilgan Alloh, Ruhning tushunchasi qanday ekanini yaxshi biladi. Chunki Ruh, Allohning xohishiga ko’ra oliyjanob kishilar uchun shafoat qiladi. Allohning ishlarini yurutguvchi muqaddas (Iloohiy) Ruh, duoning ham egasidir.[24]  Muqaddas Ruhsiz Tangrining O’g’lini ko’rib bo’lmaydi. Ayni damda Og’ilsiz hech kim Otaga erisholmaydi-yaqinlasholmaydi.[25]

4-Maryam Ona
Katoliklarga ko’ra Maryam Ona haqiqiy ma’noda Tangrining Onasidir.[26] Uning Onaligi yakunlanmagandir. Ingragan holatda vositachi izlaraganlar bilan birga, abadiy osudalik bahsh etgan armug’onlarni kafolat (garantiya) ostida ushlab qolishda davom etmoqda. Maryam Onani Cerkovda oqlovchi, yordamchi, yordamga shoshilgan, vositachilik qiluvchi deyishadi.[27]
Ular bu so’zlari bilan Maryam Onani tangri qilib olgan bo’ladilar.
Bir kun Alloh shunday dedi:

    وَإِذْ قَالَ اللّهُ يَا عِيسَى ابْنَ مَرْيَمَ أَأَنتَ قُلتَ لِلنَّاسِ اتَّخِذُونِي وَأُمِّيَ إِلَهَيْنِ مِن دُونِ اللّهِ قَالَ سُبْحَانَكَ مَا يَكُونُ لِي أَنْ أَقُولَ مَا لَيْسَ لِي بِحَقٍّ إِن كُنتُ قُلْتُهُ فَقَدْ عَلِمْتَهُ تَعْلَمُ مَا فِي نَفْسِي وَلاَ أَعْلَمُ مَا فِي نَفْسِكَ إِنَّكَ أَنتَ عَلاَّمُ الْغُيُوبِ

مَا قُلْتُ لَهُمْ إِلاَّ مَا أَمَرْتَنِي بِهِ أَنِ اعْبُدُواْ اللّهَ رَبِّي وَرَبَّكُمْ وَكُنتُ عَلَيْهِمْ شَهِيدًا مَّا دُمْتُ فِيهِمْ فَلَمَّا
تَوَفَّيْتَنِي كُنتَ أَنتَ الرَّقِيبَ عَلَيْهِمْ وَأَنتَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ شَهِيدٌ

“Bir kun Alloh shunday deydi: “Maryamning o’g’li I’so! Insonlarga sen ayttingmi; Alloh bilan o’rtangizda vosita qilib olgan holda men va onamni ushlanglar” deb!? Iso aytadiki: “Men senga bo’yin egaman. To’g’ri bo’lmagan narsani gapirish meni haqqim emas. Agar gapirgan bo’lganimda sen o’zing bilgan bo’larding. Sen mening ichimdagini ham bilasan ammo, men sening ichingdagini bilmayman, butun g’oybni (hamma narsani ichini) biluvchi faqat Sensan.”
“Menga nimani buyurgan bo’lsang men ularga shuni gapirdim. Mening va sizlarning robbingiz bo’lmish Allohga qullik qilinglar” dedim. Oralarida bo’lgan muddat ichida ularga guvoh edim. Meni vafot ettirganingdan so’ng ular faqat sening nazorating ostida edilar. Sen har narsaga guvohsan.” (Moida 5/116-117)

5-Havoriylar
Havoriylar Iso alayhissalomga dastak berib qo’llab quvvatlagan 12 kishidir. Iso alayhissalom Isroil o’g’illarini o’zlarini tanimaslik darajasiga yetkanini sezib ularga shunday dedi:

فَلَمَّا أَحَسَّ عِيسَى مِنْهُمُ الْكُفْرَ قَالَ مَنْ أَنصَارِي إِلَى اللّهِ قَالَ الْحَوَارِيُّونَ نَحْنُ أَنصَارُ اللّهِ آمَنَّا بِاللّهِ وَاشْهَدْ بِأَنَّا مُسْلِمُونَ

“…”Alloh yo’lida menga kim yordam beradi?” Havoriylar: “Alloh uchun biz yordam beramiz. Biz Allohga iymon keltirdik-ishondik. Unga taslim bo’ldik, sen bunga guvoh bo’l.” Dedilar” (Oli Imron 3/52)
Qo’limizdagi Injilga ko’ra Iso hochga tortilib dafn qilingandan uch kun o’tib qabridan chiqqan, Jaliylada 11 ta havoriysiga ko’ringan va shunday degan ekan:
“Osmonlaru yerdagi butun vakolat menga berildi. Bu boisdan tarqaling, butun xalqlarni mening talabalarim qilib yetishtiring. Ularni Ota, O’g’il va Muqaddas Ruhning nomi bilan vaftiz qiling. Sizlarga aytgan bu narsalarimga amal qilishni ularga o’rgating. Endi men, dunyo turguncha har doim sizlar bilan birgaman.” (Matta 28/16-20)
Bu so’zlar aslo Injilga oid bo’lishi mumkin emas. Injil faqatgina Allohning so’zlarini jamlagan kitobdir. Isoning o’limidan so’ng havoriylariga ko’ringani haqidagi da’volari umuman qabul qilinmaydi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَقَفَّيْنَا عَلَى آثَارِهِم بِعَيسَى ابْنِ مَرْيَمَ مُصَدِّقًا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهِ مِنَ التَّوْرَاةِ وَآتَيْنَاهُ الإِنجِيلَ فِيهِ هُدًى وَنُورٌ وَمُصَدِّقًا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهِ مِنَ التَّوْرَاةِ وَهُدًى وَمَوْعِظَةً لِّلْمُتَّقِينَ

“So’ngra ularning izidan Maryam o’g’li Isoni, oldidagi Tavrotni tasdiq qilsin deb jo’nattik. Unga ham ichida bir nur va hidoyat bo’lgan Injilni, oldidagi Tavrotni tasdiq qilishi uchun va taqvodorlar uchun bir hidoyat va nasihat bo’lsin deb berdik.” (Moida 5/46)
مَّا الْمَسِيحُ ابْنُ مَرْيَمَ إِلاَّ رَسُولٌ قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِهِ الرُّسُلُ وَأُمُّهُ صِدِّيقَةٌ كَانَا يَأْكُلاَنِ الطَّعَامَ انظُرْ كَيْفَ نُبَيِّنُ لَهُمُ الآيَاتِ ثُمَّ انظُرْ أَنَّى يُؤْفَكُونَ

“Maryam o’g’li Masih faqatgina elchidir. Undan oldin ham elchilar bo’lgan. Onasi rostgo’y edi; har ikkisi ham taom yer edilar. Ularga oyatlarni qanday ochiqlashimizni qarayu ular qayerdan bunday adashtirilganiga qara.” (Moida 5/75)
Iso alayhissalom vafot etgandan so’ng dunyodan aloqasi uzildi. U oxiratda Allohga shunday deydi:
مَا قُلْتُ لَهُمْ إِلاَّ مَا أَمَرْتَنِي بِهِ أَنِ اعْبُدُواْ اللّهَ رَبِّي وَرَبَّكُمْ وَكُنتُ عَلَيْهِمْ شَهِيدًا مَّا دُمْتُ فِيهِمْ فَلَمَّا تَوَفَّيْتَنِي كُنتَ أَنتَ الرَّقِيبَ عَلَيْهِمْ وَأَنتَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ شَهِيدٌ

“Menga nima degan bo’lsang, ularga shuni buyurdim. Mening Robbim va sizning Robbingiz bo’lmish Allohga qul bo’ling. Oralarida bo’lgan vaqtimda men ularga uvoh edim. Meni vafot qildirganingdan (O’ldirganingdan) so’ng ular sening nazorating ostida edilar. Sen har narsaning guvohisan.” (Moida 5/117)
Xullas kalom I’soning vafotidan so’ng so’zlagani iddio qilingan yuqoridagi so’zlar; na Injilning bir parchasi bo’la oladi va na Iso alayhissalomning so’zi bo’laoladi.
Injilga nisbatan qilingan bunday o’zgartirish va qo’shimchalarga suyangan holda, havoriylarga ruhoniylik vakolati va hokimiyati berila boshladi. Bu qo’shimchalarning biriga ko’ra Iso, 12 ta havoridan bir tashkilot qurgan va ularga boshliq qilib Petrusni saylagan va unga shunday degan:
“Osmonlarning hukmronlik kalitini senga beraman. Yer yuzida bog’lagan narsang osmonda ham bog’langan bo’ladi. Yeryuzida hal qilgan barcha narsang ko’klarda ham hal etilgan (yechilgan-bo’shatilgan)  bo’ladi.”(Matta 16/19)
Bog’lash va yechish shunday ta’rif qilinadi: Havoriylarni jamiyatga (cherkovga) qabul qilishlari yoki jamiyatdan chiqarib yuboradigan kishilar, Alloh tarafidan ham qabul qilinadi. Cherkov bilan bog’lanish Allloh bilan bog’lanishdir.[28]

6- Cherkov
Katoliklarga ko’ra Cherkov, iyerarxik o’rganlardan va Masihning tasavvufiy badanidan paydo bo’lgan bir tashkilotdir. Samoviy sovg’alar bilan bezatilgan. Cherkovning biri insoniy va biri ilohiy bo’lgan ikki turli jarayoni bor.[29] Cherkov insoniyat bilan Alloh o’rtasini birlashtirishga ishorat va vositachidir.[30]

7-Rohiblar
Katoliklarga ko’ra rohiblar, Alloh bilan inson o’rtasida yuz bergan gunohlarga badal o’laroq sovg’a-salom va qurbonlik qilinish uchun tayinlangan kishilardir.[31] Bu ta’rif Ibroniylarga yozgan maktublarining 5-bo’limining 1- jumlasiga asoslangan holda tuzilgan. Bu maktublar Qo’limizdagi Injilning bir bo’limidir. Ularning kirish jumlasiga ko’ra maktublar kim tomonidan yozilgani belgilanmagan.
Katolik rohiblar; episkoposlar, Papa va papazlarning holati uch bo’limga bo’linib tekshirib chiqiladi.

a-Episkoposlar
Episkopos- nazoratchi yoki boshliq ma’nolarni anglatadi. Katoliklarga ko’ra ular Cerkovning eng vakolatli kishilaridir. Cerkov Masihning yangitdan kelgunigacha, havoriylarni taqibchilari bo’lgan episkoposlar vositachiligida, havoriylar tarafidan tarbiya qilishda, muboraklashtirishda va boshqarishda davom etmoqda.[32] Episkoposlarni tinglagan kishi Masihni tinglagan bo’ladi, ularni rad qilgan kishi Masihni rad qilgan bo’ladi.[33]

b-Papa
Papa, Havoriy Petrusning vorisi va epikoposlar tashkilotining lideridir. Bu tashkilotda butun Cherkov ustidan to’liq va yetuk hokimiyati (vakolati) bordir. Bu vakolat faqatgina Papaning roziligi asosida o’rtaga qo’yilishi mumkin.[34] Har bir episkopos, Petrusning vorisi va episkoposlar tashkilotning ilg’orlari bo’lgan Rum episkoposlari ya’ni, Papa bilan birgalikda xizmat qiladi. Papa va episkoposlar tashkiloti ishonchlidir.[35]
Katoliklarga ko’ra Rob Iso Havoriy Petrusni Cerkovning ko’z bilan ko’riladigan maqsadi qildi. Unga jannatning kalitlarini bedri. Havoriy petrusning vorisi, Rum Cherkovining episkoposi bo’lgan Papa, Masih Isoning vakili va butun yer yuzidagi Cherkovning cho’ponidir.[36] Papa jonlar ustida, Ilohiy atama soyasida buyuk, to’liq, to’g’ridan to’g’ri, umumiy vakolatga egadir.[37]
c-Papazlar
Rohib yoki Kohin deyilgan papazlar, Katoliklarga ko’ra; “Allohga aloqador bo’lgan xususlarda insonlarga vakil bo’lish uchun tayinlanganlar”[38] va episkoposlar boshqaruvi ostida o’z hududlarida vazifalarini bajaradilar.[39] Papazlikning manba’si Masihning shaxsan o’zidir. Papazlikni u barpo qildi, unga vakolat, missiya, boshqaruv va kuch berdi.[40] Papaz kishilik vakolati bilan insonlarga; “Seni Otaning nomidan vaftiz qilmoqdaman, seni kechiryapman” deyish vakolati bor.[41]
Gregorius yosh papazlik vaqtida shularni yozgan edi: “…Papaz haqiqatning himoyachisidir. Farishtalar bilan birgalikda to’g’ridirlar (tik turibdilar), katta farishtalar bilan birga hamd aytmoqdalar, mehrob uzra qurbonliklar qilmoqdalar. Masihning rohibligiga qo’shilmoqda, yaratilishni yangidan pichmoqda (shakl bermoqda), yaratilishni yangidan Tangri suratiga ulashtirmoqda, narigi dunyo uchun yaratilishni yangidan yaratmoqtadir, eng asosisi o’zi tangrilashganidek tangrilashtirmoqda.[42]

8- Vaftiz
Vaftiz – suvga botirish deganidir. Katoliklarga ko’ra vaftiz – Hristian bo’lishning ilk shartidir.[43] Rob Iso, gunohlarni kechirilishini va ishonchni vaftizga aloqador qilib qo’ygan.[44] Vaftiz vaqtidagi gunohdan forig’

bo’lishi shu darajada to’liqdurki, na uni ilk bor qilgan gunohidan va na ixtiyoriy qilgan gunohlaridan o’chirilmagan gunoh qoladi. Jazolanishi mumkin bo’lgan bitta ham gunohi qolmaydi.[45] Vaftiz – Ota Tangrida, O’g’lining vositachiligi orqali, Muqaddas Ruhda yangidan tug’ilishni saqlab qolish lutfini ato etadi. Chunki, Tangrining Ruhini tashiganlar O’g’ilga yuzlanadilar, O’g’il ularni Otaga taqdim qiladi, Ota esa ularga buzilmaslik (yo’ldan chiqmaslik) ato qiladi.[46]

9- Gunoh Chiqarish
 Katoliklarga ko’ra – “Yolg’iz Alloh gunohlarni kechiradi”. Biron bir  Cherkov ruhoniysi – “Gunohlaring kechirildi” – desa, demak u Allohga tegishli bo’lgan bir vakolatdan foydalangan bo’ladi.[47] Shu sababli, gunoh naqadar katta bo’lsini farqi yo’q, Cerkov kechirolmaydigan hech qanday gunoh yo’qdir.[48]  Gunohlarni kechirish vakolati yolg’iz Papaga va uning izni bo’lgan vakolatli mahalliy episkopos yoki papaga oitdir.[49]

Alloh taolo shunday mahramat qiladi:

وَمَن يَغْفِرُ الذُّنُوبَ إِلاَّ اللّهُ                                       

“…Gunohlarni Allohdan boshqa kim kechira oladi?…”
(Oli Imron 3/135)
Buni Katoliklar ham qabul qilganiga ko’ra, Alloh taolo tarafidan berilgan bir vakolatga asoslanmasdan, gunoh chiqarishga urunishlari, buyuk bir vakolat nomini suiistemol qilish bo’ladi.

[1]     Katolik Cherkovi, Din va Ahloq Me’yori, 200-212- abzas.

[2]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori , par. 215, 216 ve 222

[3]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 206.

[4]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 208.

[5]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 212.

[6]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori  , par. 224.

[7]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori , par. 212.

[8]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori   , par. 239.         

[9]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 783.

[10]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 859.

[11]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 519.

[12]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 2634.

[13]     Pavlusning maktublari qo’limizdagi Injilning bir parchasi deb bilinmoqda. Buni Qur’on qabul qilmaydi.

Chunki Qur’onga ko’ra Injil, Allohning kitobidir, u kitobga insonning so’zi aralashmagan bo’lishi lerak. Iso alayhissalom Allohning elchisidir, Pavlus esa Isoni umuman ko’rmagan. Qo’limizdagi Injilda, Pavlusning asl nomi Saul ekani (Elçilerin İşleri 13/9), va bir Hristiyandushmanı ekani, Shom yo’lida  to’satdan osmon nurafshon bo’ligani va uning atrofini bir nur o’rab olgani va Iso u bilan ochiq muloqot qilgani (Elçilerin İşleri 9/36) so’ngra u Isoga ishongani va vaftiz qilinganini (Elçilerin İşleri 9/18 vd.) ifoda qilinmoqda. Bunga ko’ra Pavlus, oddiy bir Hristiyandır. Uning so’zi Injildan o’rin olishi qabul qilinmaydi.

[14]     İncil, 1. Timoteos 2/56. (Kutsal Kitap, Eski ve Yeni Ahid /Tevrat ve İncil, Kitabı Mukaddes

şirketi,İstanbul 1981, s. 218.)

[15]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori , par. 465.

[16]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori , par. 465.

[17]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori. par. 467.

[18]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori  , par. 480.

[19]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori , par. 519.

[20]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 2634.

[21]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori , par. 156.

[22]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori , par. 181.

[23]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 689.

[24]     İncil, Romalılar 8/2628. Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 741.

[25]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 683.

[26]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 467.

[27]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 969.

[28]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 1445.

[29]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori , par. 771.

[30]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 775.

[31]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori , par. 1539.

[32]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 857.

[33]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 862.

[34]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 877, 880, 883.

[35]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 891.

[36]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 936.

[37]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori , par. 937.

[38]     İncil. İbranilere Mektup, 5/1.

[39]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 877

[40]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 874

[41]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 878.

[42]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 1589.

[43]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 1213 vd; Abdurrahman Küçük, Dinler Tarihi, Ocak Yayınları, Ankara, 1997, s. 268.

[44]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 977.

[45]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 978.

[46]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 683.

[47]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 1441 vd.

[48]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 982.

[49]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 1463.

[50]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori , par. 771.

[51]    Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 775.

[52]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 876.

[53]     Vaftiz, cho’ktirish yoki suvga botirish degani. (Katolik Cherkovi Din ve Axloq bo’limi, par. 1214.) Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 1263.

[54]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 1263.

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: