Musulmonlar
Junub inson boshqalarni ham nopok qiladimi?

Junub inson boshqalarni ham nopok qiladimi?

Savol: Bır inson, junublik holida biron narsani ushlasa, o’sha narsani yuvish shartmi, yoki junub holatidagi bir kishi boshqa bir kishiga nazari tushsa, nazari tushgan kishi ham g’usl qilishi shartmi? Ya’ni junub kishi nopok hisoblanadimi?

Javob: Junublik holati “moddiy” nopoklik emas, balki namozga tosiq bolgan “manaviy” nopoklik holatidir. Demak, junublik holatidagi bir inson, biron narsani ushlashi natijasida, u narsa nopok bo’lib qolmaydi. Shu qatorda, junub holatidagi inson, yeb-ichisi yoki taom tayyorlashi kabi ishlar bilan mashg’ul bo’lishga Oyat va hadislarda aslo to’siq va taqiq yo’q.

Quyidagi hadisda keltirilgan Rasulullohni o’rnakligi sizga bu haqda yana ham ko’proq ma’lumot ulashadi:

“Namozga turilib saflar tuzatildi va rasululloh ham kelib namozgohiga o’tdi. O’sha vaqt junup ekani esiga tushdi. Bizga qarab: “Joyingizni egallab turinglar”, – dedi va darrov ayrilib g’usl qilgani ketdi. G’usl qilib qaytganida hanuz boshidan suv tomchilar edi. Takbir aytib namozga turdi. Birgalikda namoz o’qidik.”

(Buxoriy G’usl 17, Azon 24, 25. Muslim Masojid 157. Muvatto Tahorat 79. Abu Dovud Tahorat 94. Nasoiy Imomat 14.)

 

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: