Musulmonlar
Namozda niyat tilda bo’ladimi yoki dildami?

Namozda niyat tilda bo’ladimi yoki dildami?

Savol: Imomga ergashib orqasida jamoat bo’lib namoz o’qigan kishi, imomga iqtido qildim deb niyat qilishi shartmi?

Javob: Xoh imomga ergashib, xoh o’zi yolg’iz o’qisin, qaysi namozni kim bilan ado etayotganini so’z bilan ifodalash shart emas. Niyat – qilayotgan ishini va o’sha ishni nima uchun qilayotganini bilib qilish va farqiga borib bajarishdir. Agar imomni orqasida turib namozni ado etayotgan bo’lsa, demak, u kishi namozni jamoat bilan ado etishini bilib turibdi va bunga ichidan niyat qilib bo’lgan, mana shu narsada u agar xolis bo’lsa, bu eng muhim narsa hisoblanadi. Jamoat bilan namoz o’qiyotganini bilib turibdi, lekin namoz o’qishdan maqsadi Allohni buyrug’ini ado etib Uni roziligiga erish emas, balki, boshqa narsani maqsad qilib namoz o’qiyotgan bo’lsa, ana o’shanda niyati buzilgan hisoblanadi. Ibodat uchun qilingan niyatlarda eng avvalo mana shu joyiga e’tibor berish kerak. Chunki, Rasululloh alayhissalom: “Amallar niyatga qarab bo’ladi” – deb buyurgan.

Rasululloh hayoti davomida biror marta ham namozga turgan vaqtida namoz uchun so’z bilan niyat qilganligi haqida xabar kelmagan. Ibodatlardagi asosiy narsa – Alloh uchun xolisona dildan niyat qilishdir. Uni arab yoki boshqa tillarda so’z bilan ifodalash shart emas.

           وَاتْلُ عَلَيْهِمْ نَبَأَ ابْنَيْ آدَمَ بِالْحَقِّ إِذْ قَرَّبَا قُرْبَانًا فَتُقُبِّلَ مِنْ أَحَدِهِمَا وَلَمْ يُتَقَبَّلْ مِنَ الْآخَرِ قَالَ لَأَقْتُلَنَّكَ ۖقَالَ إِنَّمَا يَتَقَبَّلُ اللَّـهُ مِنَ الْمُتَّقِينَ

Ularga Odamning ikki oʻgʻlini xabarini o’z o’rnida aytib ber. Ikkovlari qurbonlik qilganlarida, biridan qabul qilindi, boshqasidan qabul qilinmadi. U (Ibodati qabul qilinmagani): “Albatta, men seni oʻldiraman”, dedi. Biri esa: “Alloh faqatgina taqvodorlardan qabul qiladi,” – dedi.” (Moida 5/27)

Eng katta va asosiy taqvo – Niyatida xolis bo’lib, qilayotgan ibodatida Allohga hech narsani sherik qilmaslik va ibodatni yolg’iz Allohni roziligi uchun qilishdir. Alloh ana shunday kishilardangina qabul qiladi.

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: