Musulmonlar
Kofirlik va itoatsizlik sababini Allohga to’ngash

Kofirlik va itoatsizlik sababini Allohga to’ngash

Ko’pchilik Musulmonlar qilgan xato ishlarining javobgarligini Allohga to’ngashadi. Masalan, aksariyat insonlar namoz o’qimay, ro’za tutmay, Alloh tarafidan taqiqlangan gunohlarga qo’l urib yoki har qanday gunoh qilib orqasidan: “Alloh o’zi qachon hidoyat qilsa, ana o’shanda tavba qilib namozga kiraman” yoki: “gunohdan qaytaman” deydi. Alloh taolo bu haqda shunday marhamat qiladi:

سَيَقُولُ الَّذِينَ أَشْرَكُواْ لَوْ شَاء اللّهُ مَا أَشْرَكْنَا وَلاَ آبَاؤُنَا وَلاَ حَرَّمْنَا مِن شَيْءٍ كَذَلِكَ كَذَّبَ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِم حَتَّى ذَاقُواْ بَأْسَنَا  قُلْ هَلْ عِندَكُم مِّنْ عِلْمٍ    فَتُخْرِجُوهُ لَنَا إِن تَتَّبِعُونَ إِلاَّ الظَّنَّ وَإِنْ أَنتُمْ إَلاَّ تَخْرُصُونَ  قُلْ فَلِلّهِ الْحُجَّةُ الْبَالِغَةُ فَلَوْ شَاء لَهَدَاكُمْ أَجْمَعِينَ

“Mushriklar aytadilarki: “Allohni o’zi biz unga taslim bo’lishimizni xohlaganda edi, na biz shirkka kirardik va na otalarimiz kirgan bo’lishar edi. Biron narsani harom ham qilmas edik.” Avvalgilar ham huddi shu yolg’onga osildilar va natijada azobimizni tatidilar. Aytingki: “Bizga ko’rsata oladigan yoningizda bironta ma’lumot bormi? Sizlar faqatgina tahmin qilyapsizlar, sizlar shunchaki to’qib chiqaryapsizlar.” Aytingki: “Jim qilib, og’zini yopib qo’yadigan hujjat Allohnikidir. Tanlash ixtiyorini Alloh qilganda edi, albatta hammangizni yo’lga solgan bo’lardi.”

Oyatlarda kelgan sha’a (شَاء) fe’llari, insonni, imtihon vaqtida qilgan tanlovi va unga ko’ra qilgan harakatiga qarab, Alloh yaratgan narsalariga qo’llaniladi. Buni ochiqlagan oyat shudir:

وَرَبُّكَ يَخْلُقُ مَا يَشَاء وَيَخْتَارُ مَا كَانَ لَهُمُ الْخِيَرَةُ سُبْحَانَ اللَّهِ وَتَعَالَى عَمَّا يُشْرِكُونَ

“Robbing, ularni tanlash huquqi bo’lganlaridan tanlab olib, narsa holiatiga keltirganini yaratadi. …” ( Qasos 28/68)

Mana shu oyat esa shay’ ya’ni, narsaning barpo va paydo bo’lishini ochiqlaydi:

إِنَّمَا أَمْرُهُ إِذَا أَرَادَ شَيْئًا أَنْ يَقُولَ لَهُ كُنْ فَيَكُونُ

“Alloh biror narsani xohlasa, qiladigan ishi unga “bo’l” deyishidir. Orqasidan u narsa yaratilib paydo bo’ladi.” (Yasin 36/82)

Inson bir narsani niyyat qilib harakat qilganda, Alloh o’sha narsani shartlarini yaratsagina u narsa paydo bo’ladi. Allohni barpo qilishi ham, shaxsning qilgan ishi ham sha’a fe’li orqali tushuniladi. Bir oyat shundaydir:

وَمَا تَشَاؤُونَ إِلَّا أَن يَشَاء اللَّهُ رَبُّ الْعَالَمِينَ

“Sizlarni biror narsani yaratishingiz, Alloh ham o’sha narsani yaratishi bilangina mumkin bo’ladi.” (Takvir 81/29)

Alloh taolo qullarini kofir bo’lishiga aslo rozi bo’lmaydi,[1]ammo ularni imtihon qilib sinovdan o’tkazgani uchun, shirkni tanlab va shirk ishlarini qilganlarning qalbida shirkni yaratadi. Bu sababdan sha’a fe’lining to’ldiruvchisi, shaxsning tanlovi bo’ladi va Alloh ham uni tanloviga qarab o’sha narsani yaratishi bo’ladi.

Biron narsa paydo bo’lishi uchun, xohish-irodaning o’zi yetarli bo’lmaydi. Alloh, butun insonlarni to’g’ri yo’lga kelishi xohlaydi, ammo hamma ham to’g’ri yo’lga kiravermaydi. Mr. ( Niso 4/26) Allohning xohishi,  faqatgina “bo’l” degan buyrug’ini berishi bilan hosil bo’ladi. Kishining xohishi xosil bo’lishi uchun ham Allohning “Bo’l” degan buyrug’ini berishi va inson o’sha o’zi xohlagan ishini shartlarini yaratishi bilan bo’g’liq bo’ladi. Alloh taolo shunday marhamat ailadi:

وَقُلِ الْحَقُّ مِن رَّبِّكُمْ فَمَن شَاء فَلْيُؤْمِن وَمَن شَاء فَلْيَكْفُرْ إِنَّا أَعْتَدْنَا لِلظَّالِمِينَ نَارًا أَحَاطَ بِهِمْ سُرَادِقُهَا وَإِن يَسْتَغِيثُوا يُغَاثُوا بِمَاء كَالْمُهْلِ يَشْوِي الْوُجُوهَ بِئْسَ الشَّرَابُ وَسَاءتْ مُرْتَفَقًا

“Aytingki: “To’g’rilar Robbingizdandir. Imonni afzal ko’rgan imon keltirsin (ishonsin), o’zini to’g’rilardan to’sishni istagan esa kofir bo’lsin. Haqsizlik qilganlar uchun, pardasi bilan ularni qamrab oladigan bir azob (qiynoq) tayyorlaganmiz. Agar yordam so’rasalar, ularga eritilgan temirdek yuzlarini qaynatib-pishiradigan bir suv beriladi. Qanday yomon ichimlikdir u, qanday yomon joydir u joy!” (Kahf 18/29)

Alloh taolo din xususida majburiy bosim o’tkazmagani sababli, boshqalar uchunham bunday majburiy bosim o’tkazishga aslo huquq bermaydi. U, bu xususda Muhammad alayhissalomni shunday ogohlantirgan:

وَلَوْ شَاء رَبُّكَ لآمَنَ مَن فِي الأَرْضِ كُلُّهُمْ جَمِيعًا أَفَأَنتَ تُكْرِهُ النَّاسَ حَتَّى يَكُونُواْ مُؤْمِنِينَ

Tanlovni Buyuk Sohibing qilsaydi,[2] yer yuzida kimki bo’lsa ularning hammasi imonga kirgan bo’lar edi. Imonga kirishsin deb, ularga sen bosim o’tkazasanmi?” (Yunus 10/99)

وَإِن كَانَ كَبُرَ عَلَيْكَ إِعْرَاضُهُمْ فَإِنِ اسْتَطَعْتَ أَن تَبْتَغِيَ نَفَقًا فِي الأَرْضِ أَوْ سُلَّمًا فِي السَّمَاء فَتَأْتِيَهُم بِآيَةٍ وَلَوْ شَاء اللّهُ لَجَمَعَهُمْ عَلَى الْهُدَى فَلاَ تَكُونَنَّ مِنَ الْجَاهِلِين

“Yuz o’girishlari agar senga og’ir kelsa, yerda kanal ochishga yoki osmonda narvon topishga kuching yetsa, birorta mo’jiza keltirasan. Tanlovni Alloh qilsaydi,  bularning hammasini albatta to’g’ri yo’lda to’plar edi. Diqqat-e’tiborli bo’lki, johillardan bo’lib qolma!” (An’om 6/35)

(An’om 6/35)

Alloh, o’zini to’g’ri yo’ldan to’skanlarni yo’lga keltirmaydi. U shunday marhamat qiladi:

إِنَّ اللّهَ لاَ يَهْدِي الْقَوْمَ الْكَافِرِينَ

“Alloh, o’zini to’g’rilardan to’sgan bir qavmni yo’lga keltirmaydi.” (Moida 5/67)

وَاللّهُ لاَ يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ

“Alloh, haqsizliklar ichida bo’lgan bir qavmni yo’lga keltirmaydi.” (Tavba 9/109)

وَاللّهُ لاَ يَهْدِي الْقَوْمَ الْفَاسِقِينَ

“Alloh, yo’ldan chiqqan bir qavmni yo’lga keltirmaydi.” (Tavba9/24)

Alloh, faqatgina to’g’ri yo’lni tanlaganlarnigina yo’lga soladi. Buyuk Alloh bu xususda shunday marhamat qiladi:

وَمَا أَرْسَلْنَا مِن رَّسُولٍ إِلَّا بِلِسَانِ قَوْمِهِ لِيُبَيِّنَ لَهُمْ ۖ فَيُضِلُّ اللَّـهُ مَن يَشَاءُ وَيَهْدِي مَن يَشَاءُ ۚ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ

“Biz har bir elchini uning o’z xalqini tilida yuborganmizki, ularga ochiq-oydin qilib tushuntirib bersin. Keyin esa Alloh, zalolatni afzal ko’rgan kishini zalolatini, hidoyatni afzal ko’rgan kishini esa hidoyatini tasdiqlaydi. Kuchli ham, to’g’ri qaror beruvchi Udir,” (Ibrohim 14/4)

قُلْ إِنَّ اللَّـهَ يُضِلُّ مَن يَشَاءُ وَيَهْدِي إِلَيْهِ مَنْ أَنَابَ

“Aytginki: Alloh, zalolatni afzal bilgan kishini adashgan deb biladi, to’g’rilikka yo‘nalgan kishini esa, O’ziga yo’naltiradi.” (Ra’d 13/27)

Yaxshiligi cheksiz bo’lmish Alloh, bir quli to’g’ri yo’lga kirganidan keyin uni ogohlantirmay turib uni zalolatga kirganini qabul qilib tasdiqlamaydi. Bu haqda shunday marhamat qiladi:

وَمَا كَانَ اللَّـهُ لِيُضِلَّ قَوْمًا بَعْدَ إِذْ هَدَاهُمْ حَتَّىٰ يُبَيِّنَ لَهُم مَّا يَتَّقُونَ ۚ إِنَّ اللَّـهَ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ

“Alloh biron bir qavmni to’g’ri yo’lga kirganini qabul qilib tasdiqlaganidan keyin, ular saqlanib o’zlarini himoya qilishlari kerak bo’lgan narsalarni ochiq-oydin bildirmay turib, ularni zalolatga kirishini maqullab tasdiqlamaydi. Alloh har narsani biladi.” (Tavba 9/115)

Yo’ldan chiqqan insonlar Allohdan kelgan ogohlantirishlarga e’tibor bermagan va pisand qilmagan kishilardir. Bunday bir xalq avval tinchlik-osoyishtalikka erishadi, keyin esa kutilmagan bir vaqtda kutilmagan tarafdan Allohni jazosiga giriftor bo’lishadi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

فَلَمَّا نَسُوا مَا ذُكِّرُوا بِهِ فَتَحْنَا عَلَيْهِمْ أَبْوَابَ كُلِّ شَيْءٍ حَتَّىٰ إِذَا فَرِحُوا بِمَا أُوتُوا أَخَذْنَاهُم بَغْتَةً فَإِذَا هُم مُّبْلِسُونَ

“O’zlariga ogohlantirilgan vazifalarini unutganlarida, ularga barcha eshiklarni ochib beramiz. Ularga berilgan ne’matlar bilan rohat-farog’atga erishgan vaqtlarida ularni to’satdan ushlaymiz. Shunda ular mutlaqo noumidlikka tushib qolishadi.” (An’om 6/44)

Alloh, ogohlantirilmagan bir xalqni aslo jazolamaydi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

مَّنِ اهْتَدَىٰ فَإِنَّمَا يَهْتَدِي لِنَفْسِهِ ۖ وَمَن ضَلَّ فَإِنَّمَا يَضِلُّ عَلَيْهَا ۚ وَلَا تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَىٰ ۗ وَمَا كُنَّا مُعَذِّبِينَ حَتَّىٰ نَبْعَثَ رَسُولًا

“Kim to’g’ri yo’lga kirsa, u o’z foydasi uchun kirgan bo’ladi, yo’ldan chiqqan kishi ham o’zini zarariga yo’ldan chiqqan bo’ladi. Hech kim boshqa birovni yukini ko’tarmaydi (birovni qilgan gunohi uchun jazolanmaydi). Biz bir elchi yubormay turib jazolamaymiz.” (Isro 17/15)

[1]     Zumar 39/70.

[2]       Alloh biron kishiga “Musulmon bo’l” deb amr qilsa, u kishi majburiy Musulmon bo’ladi, natijada dunyo hayotini imtihon ekanini bir ma’nosi qolmaydi.

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: