Musulmonlar

“Iso qiyomat uchun bir belgidir” oyatini qanday tushunamiz?

Savol: Alloh taolo Iso alayhissalom haqida bir oyatda shunday buyurgan: “Shubhasizki, u qiyomat soati uchun bir ilmdir. Demak u tomondan hech qanday shubhaga tushmanglar va menga ergashinglar. To‘g‘ri yo‘l shudir.” (Zuxruf 43/61) Bu oyat Iso alayhissalom qiyomatdan oldin qaytib tushishiga bir ishoratdir – deya olamiz. Chunki, Iso payg‘ambar Qur’on nozil bo‘lishidan taqriban olti asr avval yashab o‘tgan. Ya’ni, Iso alayhissalomni avvalgi yashab o‘tgan vaqtini qiyomat uchun bir alomat deb ayta olmaymiz, oradan olti asr o‘tdi. Oyatdan tushunilgan narsa shu bo’lyaptiki; Iso qiyomatdan oldin yer yuziga qaytib keladi va uni qaytishi esa qiyomatni alomatlaridan biri bo‘ladi.

Javob: Yuqoridagi oyatni avval to‘g‘ri tarjima qilaylik. Oyatda “alam” emas “ilm” deb keltirilgan. Demak, Iso alayhissalom qiyomat/qayta tirilish uchun alomat emas, balki qayta tirilish ishini yaxshilab tushunib olish uchun bir ilm ekani bildirilmoqda. Buni bilish uchun Iso alayhissalomni qanday tug‘ilganiga qarash kerak. U otasiz tug‘ilgan. Uni yaratilishini Alloh taolo ilk otamiz Odamni yaratilishiga o‘xshatgan.

“Alloh huzurida Isoni misoli xuddi Odamni misoli kabidir. Alloh uni tuproqdan yaratdi, keyin unga: “Bo‘l!” dedi va u paydo bo‘ldi.” (Oli Imron 3/59)

Bilamizki Odam alayhissalom tuproqdan yaratildi. Iso esa onadan tug‘ildi. Isoni onasi bor, lekin Odamni onasi yo‘q. Qanday qilib endi Odamni Isoga o‘xshatiladi? Chunki tuproq xuddi maryam kabi Odamga onalik qilgan. Iso bilan odamni bir-biriga o‘xshashlik tarafi shu; ularni har ikkalasini ham otasi bo‘lmagan. Qiyomat kuni insonlarni qaytadan dunyoga kelishi ham xuddi mana shunday bo‘ladi. Insonlar otasiz dunyoga keladilar, lekin ularga tuproq onalik qiladi, o‘z bag‘rida yetishtiradi… Ya’ni, Iso alayhissalom qanday qilib otasiz dunyoga kelgan bo‘lsa, insonlar ham shunday otasiz qayta tiriladilar.

Qiyomatda qaytib tirilishga ishonmagan, bunday bo‘lishi mumkin emas, degan kishilarga Alloh taolo Iso alayhissalomni misol qilib keltirgan. Isoni yaratilishi qanday bo‘lgan bo‘lsa, Odamni yaratilishi ham xuddi shunday bo‘lgan; demak siz bilan bizni qaytadan yaratilishimiz ham Iso bilan Odamni yaratilishi kabi bo‘ladi.

Ko‘rinib turibdiki, oyatda Iso alayhissalom qiyomatdan oldin dunyoga qaytib kelishiga haqida aytilmagan.

Iso alayhissalom qiyomatdan oldin yana qaytib kelishi yoki kelmasligi haqida qo‘shimcha ma’lumotga ega bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, sizga bu haqda avvalroq yozgan maqolamizni o‘qishni tavsiya qilamiz:

http://www.musulmonlar.com/iso-qaytadimi/

Add comment

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: