Musulmonlar

Iso alayhissalom dunyoga qaytib keladimi?

Savol: Qiyomatga yaqin bir vaqtda Iso alayhissalom dunyoga qaytadan keladi degan gaplar bor. Agar kelsa osmondan tushadimi yoki boshqa inson bo‘lib tug‘iladimi?

Javob: Qur’oni Karimga ko‘ra Iso alayhissalom vafot etgan, hozır u tirik emas. Alloh taolo uni ham boshqa payg‘ambarlar kabi vafot ettirgan. Aloqador oyatlar shunday:

إِذْ قَالَ اللَّـهُ يَا عِيسَىٰ إِنِّي مُتَوَفِّيكَ وَرَافِعُكَ إِلَيَّ وَمُطَهِّرُكَ مِنَ الَّذِينَ كَفَرُوا وَجَاعِلُ الَّذِينَ اتَّبَعُوكَ فَوْقَ الَّذِينَ كَفَرُوا إِلَىٰ يَوْمِ الْقِيَامَةِ ۖ ثُمَّ إِلَيَّ مَرْجِعُكُمْ فَأَحْكُمُ بَيْنَكُمْ فِيمَا كُنتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ

“Bir kun Alloh Isoga shunday dedi: Ey Iso, seni joningni olaman va seni o‘zimga yuksaltiraman, shunday qilib seni inkor qilganlardan qutqarib qolaman va senga ergashganlarni qiyomatgacha kofirlardan ustun qilaman. So‘ngra qaytishingiz Menga bo‘ladi. Ana o‘shanda ixtilofga tushgan narsalaringizda orangizda Men hukm beraman.“ (Oli Imron 3/55)

وَإِذْ قَالَ اللَّـهُ يَا عِيسَى ابْنَ مَرْيَمَ أَأَنتَ قُلْتَ لِلنَّاسِ اتَّخِذُونِي وَأُمِّيَ إِلَـٰهَيْنِ مِن دُونِ اللَّـهِ ۖ قَالَ سُبْحَانَكَ مَا يَكُونُ لِي أَنْ أَقُولَ مَا لَيْسَ لِي بِحَقٍّ ۚ إِن كُنتُ قُلْتُهُ فَقَدْ عَلِمْتَهُ ۚ تَعْلَمُ مَا فِي نَفْسِي وَلَا أَعْلَمُ مَا فِي نَفْسِكَ ۚ إِنَّكَ أَنتَ عَلَّامُ الْغُيُوبِ ﴿١١٦﴾ مَا قُلْتُ لَهُمْ إِلَّا مَا أَمَرْتَنِي بِهِ أَنِ اعْبُدُوا اللَّـهَ رَبِّي وَرَبَّكُمْ ۚ وَكُنتُ عَلَيْهِمْ شَهِيدًا مَّا دُمْتُ فِيهِمْ ۖ فَلَمَّا تَوَفَّيْتَنِي كُنتَ أَنتَ الرَّقِيبَ عَلَيْهِمْ ۚ وَأَنتَ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ شَهِيدٌ ﴿١١٧﴾ إِن تُعَذِّبْهُمْ فَإِنَّهُمْ عِبَادُكَ ۖ وَإِن تَغْفِرْ لَهُمْ فَإِنَّكَ أَنتَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ ﴿١١٨﴾

“Bir kun Alloh shunday deydi: Ey Maryam o‘g‘li Iso, insonlarga: “Meni va onamni Alloh bilan o‘rtangizdagi ikkita Xudo qilib olinglar”, degan senmisan?” (Iso shunday deydi:)“Senga bo‘yin egaman. Haqim bo‘lmagan narsani gapirish menga emas. Agar unday degan bo‘lsam, zotan Sen o‘zing bilib turgansan. Sen meni ichimdagini ham bilasan, men Sendagini bilmayman. G‘ayblarni bilishing shubhasizdir. Men ularga faqatgina: “Meni va sizlarni Egangiz bo‘lmish Allohga qullik qilinglar,” deb ayt degan buyrug‘ingdan boshqa narsa demaganman. Men ularni oralarida bo‘lgan vaqtimda ularga shohid-guvoh edim. Meni jonimni olganingdan keyin ularni ko‘rib-bilib, guvoh bo‘lib turuvchi Sen o‘zing bo‘lding. Sen har narsani to‘g‘risini biluvchisan. Agar ularni azoblasang, zotan ular Seni qullaring. Agar kechirsang, Sen har narsadan g‘olib-ustun ekaning, har ishda to‘g‘ri hukm-qaror berishing rostdir.“ (Moida 5/117)

Bu oyatlarga ko‘ra, Iso alayhissalom vafot etganidan so‘ng qaytib insonlar orasida, ummati orasida aslo yashamagani ma’lum bo‘lmoqda. Chunki vafotimdan oldin men ularni ko‘rib-bilib turar edim, vafotimdan keyin esa ulardan xabarim bo‘lmadi, degan mazmundagi gaplaridan aynan shu narsa o‘rtaga chiqmoqda.

Birinchi oyatdagi yuksalish kalimasiga kelsak, kofirlik qilib oyatlarga qarshi chiqqan kimsalardan boshqa har kimni ruhi o’lganidan keyin samoga yuksaladi. (A’rof 7/40) Demak, iso alayhissalomni ham umri tugab vafot bo’lganidan keyin ruhi Allohni huzuriga yuksaltilgan.

Boshqa oyatda esa, Alloh Iso alayhissalomni Yahudiylardan qutqarib qolganini bildiradi. Chunki Yahudiylar uni xochga mixlamoqchi bo‘lishgan.

وَقَوْلِهِمْ إِنَّا قَتَلْنَا الْمَسِيحَ عِيسَى ابْنَ مَرْيَمَ رَسُولَ اللَّـهِ وَمَا قَتَلُوهُ وَمَا صَلَبُوهُ وَلَـٰكِن شُبِّهَ لَهُمْ ۚ وَإِنَّ الَّذِينَ اخْتَلَفُوا فِيهِ لَفِي شَكٍّ مِّنْهُ ۚ مَا لَهُم بِهِ مِنْ عِلْمٍ إِلَّا اتِّبَاعَ الظَّنِّ ۚ وَمَا قَتَلُوهُ يَقِينًا ﴿١٥٧﴾ بَل رَّفَعَهُ اللَّـهُ إِلَيْهِ ۚ وَكَانَ اللَّـهُ عَزِيزًا حَكِيمًا

“Va Allohning Elchisi Maryam o‘g‘li Isoni o‘ldirdik deganliklari tufayli… Holbuki ular uni o‘ldirmadi ham, xochga ham osishmadi. Lekin ularga (ya’ni qotillarga o‘ldirilgan shaxs) Isoga o‘xshatib ko‘rsatildi. U haqda ixtilofga tushganlar, shu sababli butunlay qarorsizlik ichidadirlar. Ularda gumondan boshqa biron-bir ma’lumot yo‘qdir va uni ular o‘ldirmagani aniqdir. Aksincha, Alloh uni O‘z huzuriga yuksaltirdi. Alloh har narsadan g‘olib/ustundir, to‘g‘ri qaror beruvchidir.” (Niso 4/157-158)

Islom dini olimlarining ko‘pchiligi bu oyatdagi “Alloh uni o‘z huzuriga yuksaltirdi” ifodasigagina e’tibor bergan holda; Iso alayhissalom tirik, degan xulosaga kelishgan. Ularga ko‘ra, Alloh uni ma’naviy samolardagi mavqega yuksaltirgan emish, qiyomatdan avval dunyoga qaytadan kelar emish. Holbuki, avvalgi ilk ikki oyatda, Alloh Isoni vafot etganini ochiq-oydin bildirib o’tmoqda. Bundan tashqari, “Seni O‘z huzurimga yuksaltiraman” jumlasi “Seni joningni olaman” ifodasidan keyin keltirilgan. Jumla shunday: “Seni joningni olaman va seni O‘zimga yuksaltiraman”.

Yuqoridagi oyatdan ma’lum bo‘ldiki, Alloh taolo Iso alayhissalomni ajali kelganida uni jonini olgan va ruhini samoga yuksaltirgan.

Buncha oyat bo’lishiga qaramay, Iso alayhissalom dunyoga qaytadan keladi deb ishontirishga urinilgan turlicha rivoyatlar o‘rtaga qo‘yilgan. Ulardan bittasi shunday:

Ruhim qudrat qo‘lida bo‘lgan Allohga qasamki, Maryamning o‘g‘li Iso adolatli bir hukmron bo‘lib orangizga tushadi, xochni sindiradi, to‘ng‘izni o‘ldiradi, jizyani to‘xtatadi, Islomdan boshqa narsani qabul qilmaydi. Faqatgina bitta sajda dunyo va undagi barcha narsalardan yaxshiroq bo‘ladi.” (Buxoriy, Anbiyo 50. Muslim, Imon 71. Termiziy, Fitan 54)

Agar e’tibor beriladigan bo‘lsa, Iso alayhissalom dunyoga qaytib kelib qiladi deb bildirilgan – xochni sindirish, to‘ng‘izni o‘ldirish, jizyani to‘xtatish va yer yuzidagi barcha insonlarni musulmon qilish – ishlarning birontasi ham Qur’oni Karimda yo‘q. Shu bilan bir qatorda, hech qaysi vahiy olgan biron bir payg’ambarni insonlarni kuch bilan majburlab dinga kirgizish degan vakolati ham majburiyati ham bo‘lmagan, bunday huquqi ham bo‘lmagan. Ularning vazifalari – faqatgina Allohdan kelgan oyatlarni yetkazishlik bo‘lgan, xolos. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

مَّا عَلَى الرَّسُولِ إِلَّا الْبَلَاغُ

“Elchiga yuklatilgan narsa (vazifa), faqatgina tablig’dir (yetkazishdir).” (Moida 5/99)

وَلَوْ شَاءَ رَبُّكَ لَآمَنَ مَن فِي الْأَرْضِ كُلُّهُمْ جَمِيعًا ۚ أَفَأَنتَ تُكْرِهُ النَّاسَ حَتَّىٰ يَكُونُوا مُؤْمِنِينَ

“Agar Robbing xohlaganda edi, yer yuzidagi insonlarning barchasi albatta iymon keltirgan bo‘lar edilar. Insonlar to mo‘min bo‘lguncha majbur qiladigan senmisan?” (Yunus 10/99)

لَا إِكْرَاهَ فِي الدِّينِ ۖ قَد تَّبَيَّنَ الرُّشْدُ مِنَ الْغَيِّ ۚ فَمَن يَكْفُرْ بِالطَّاغُوتِ وَيُؤْمِن بِاللَّـهِ فَقَدِ اسْتَمْسَكَ بِالْعُرْوَةِ الْوُثْقَىٰ لَا انفِصَامَ لَهَا ۗ وَاللَّـهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ

“Dinda majburlash bo‘lmaydi. Endi to‘g‘rilik egrilikdan ajralib chiqdi. Kimki haddan oshgan-yaramaslarni tan olmasdan Allohga ishonib suyansa, mustahkam tutg’ich-dastani ushlagan bo‘ladi, uni uzilishi imkonsizdir. Alloh eshituvchidir, biluvchidir.” (Baqara 2/256)

Ko‘pchilik Islom dini olimlari, bu hadislar faqatgina mashhur oltita hadis kitobida kelganini yetarli deb bilishgan. Bu kabi hadislarni sanadlari (kelish yoli) sog‘lom bo‘lsa-da, ammo matnlari Qur’oni Karim oyatlariga mutlaqo zid kelmoqda. Chunki Alloh Qur’oni Karimda vahiy olgan kishilar va elchilar faqatgina ogohlantiruvchi va hush xabar beruvchi ekanini bildirgan:

إِنْ أَنتَ إِلَّا نَذِيرٌ ﴿٢٣﴾ إِنَّا أَرْسَلْنَاكَ بِالْحَقِّ بَشِيرًا وَنَذِيرًا ۚ وَإِن مِّنْ أُمَّةٍ إِلَّا خَلَا فِيهَا نَذِيرٌ

“Sen faqatgina ogoh qiluvchisan. Bu haqiqatni sen bilan birga yubordikki, hush xabar berasan va ogohlantirasan. Har ummatning tarixida mutlaqo bir ogohlantiruvchi bo‘lgan” (Fatir 35/23-24)

فَإِنْ أَعْرَضُوا فَمَا أَرْسَلْنَاكَ عَلَيْهِمْ حَفِيظًا ۖ إِنْ عَلَيْكَ إِلَّا الْبَلَاغُ

“Agar ular yuz o‘girsalar, bas, Biz seni ularga qo‘riqchi qilib yuborganimiz yo‘q. Seni vazifang, faqatgina tablig‘/yetkazishdir.” (Sho‘ro 42/48)

وَلَوْ شَاءَ رَبُّكَ لَآمَنَ مَن فِي الْأَرْضِ كُلُّهُمْ جَمِيعًا ۚ أَفَأَنتَ تُكْرِهُ النَّاسَ حَتَّىٰ يَكُونُوا مُؤْمِنِينَ

“Agar Rabbing xohlaganda edi, yer yuzidagi insonlarning barchasi albatta iymon keltirgan bo‘lar edilar. Insonlar to mo‘min bo‘lgunigacha majbur qiladigan senmisan?” (Yunus 10/99)

Qiyomatdan avval Iso alayhissalomning qaytib kelishiga ishonish, hatto e’tiqod masalasi darajasigacha kirgizilgan. Holbuki, buni iddao qilgan olimlar, ohod hadislar e’tiqod masalalarini hal qila olmaydi deyishadi. Isoni kelishini bildirgan hadislarning barchasi ohod xabarlardir.

Xulosa qilib shuni aytamizki, musulmonlar “ana endi, mana endi Iso keladi, dunyoni qutqaradi” shaklidagi orzu umidlaridan voz kechishlari va o‘zlarini bor kuchlari, ilmi va madaniyati, fahm-farosati bilan dunyo va oxirati uchun harakat qilishlari kerak bo‘ladi. Chunki Alloh taolo shunday buyurgan:

إِنَّ اللَّـهَ لَا يُغَيِّرُ مَا بِقَوْمٍ حَتَّىٰ يُغَيِّرُوا مَا بِأَنفُسِهِمْ

“Bir xalq, to o‘zlarini ichidagi narsani o‘zgartirmagunicha, Alloh – u xalqqa bergan narsasini o‘zgartirmaydi.” (Ra’d 13/11)

وَأَن لَّيْسَ لِلْإِنسَانِ إِلَّا مَا سَعَىٰ

“Bilinsinki, Inson uchun o‘z qilmishidan boshqa bir narsa yo‘q.” (Najm 53/39)

 

Prof. Dr. Abdulaziz Bayindir. Sulaymoniya Vaqfi.

Bu haqda ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lmoqchi bo‘lganlar, quyidagi Arab tilidagi saytimizning linkiga murojaat qilishlari mumkin:

عقيدة نزول المسيح في آخر الزمان http://www.hablullah.com/?p=1288, http://www.hablullah.com/?p=1351

[1] Dinning asli va o‘zagi iymon-ishonchdir. Iymon-ishonchni asosi esa, uni ich-ichidan qabul qilish, ya’ni qalb bilan tasdiqlashdir. Qalbdagi tasdiqni insonning o‘zi va Alloh biladi faqat. Qalb insonning eng ozod va hur bo‘lgan joyidir. Shu sababli, hech kim birovni biron narsaga ishontirishga va iymon keltirishiga kuch bilan majburlay olmaydi. Chunki birovni qalbini ochib, zo‘rlab biron narsani kirgizib qo‘ya olmaydi. Diniy vazifalar ham kuch bilan bajarilmaydi, chunki ibodatlar uchun niyat kerak, niyat esa qalbdan qilinadi. Qalbdan-chin yurakdan qilinmagan ibodat ham qabul bo‘lmaydi. Birovga biron narsani majburlab niyat qildira olinmasligi sababli, birovga majburlab ibodat ham qildirib bo‘lmaydi.

[2] Yo‘ldan chiqqanlarga bo‘yin egmaydi.

1 izoh

  • Bu maqolada keltirilgan oyatlardan boshqa oyatlarda ham Iso alayhissalomni vafot etganiga dalolat qiluvchi yana boshqa oyatlar ham bor. Misol uchun:
    وَمَا مُحَمَّدٌ إِلَّا رَسُولٌ قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِهِ الرُّسُلُ ۚ أَفَإِن مَّاتَ أَوْ قُتِلَ انقَلَبْتُمْ عَلَىٰ أَعْقَابِكُمْ ۚ وَمَن يَنقَلِبْ عَلَىٰ عَقِبَيْهِ فَلَن يَضُرَّ اللَّـهَ شَيْئًا ۗ وَسَيَجْزِي اللَّـهُ الشَّاكِرِينَ
    “Muhammad bir elchi, xolos. Undan oldin ham elchilar kelib-ketgan. Agar u o’lsa yo o’ldirilsa ortga o’girilib ketasizlarmi? Kimda kim ortga qaytsa, Allohga hech qanday zarar yetkaza olmaydi. O’z vazifasini ado etuvchilarni Alloh yaqinda ajr-mukofotini beradi.” (Oli imron 3/144)
    Bu oyatga ko’ra, Muhammad alayhissalomdan avval kelgan barcha payg’ambarlar vafot qilgani ma’lum bo’lmoqda. Chunki oyatda “Sendan avval ham ne-ne payg’ambarlar o’tib ketgan” degan mazmundagi oyat keltirilgan. Yana bir oyat:
    مَّا الْمَسِيحُ ابْنُ مَرْيَمَ إِلَّا رَسُولٌ قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِهِ الرُّسُلُ وَأُمُّهُ صِدِّيقَةٌ ۖ كَانَا يَأْكُلَانِ الطَّعَامَ ۗ انظُرْ كَيْفَ نُبَيِّنُ لَهُمُ الْآيَاتِ ثُمَّ انظُرْ أَنَّىٰ يُؤْفَكُونَ
    “Masih ibni Maryam bir elchi, xolos. Undan oldin ham elchilar kelib-ketgan. Uning onasi esa siddiyqa/samimiydir. …” (Moida 5/75)
    Yuqoridagi har ikkala oyatda ham خَلَتْ kalimasi qo’llanilgan va ulardan biri Muhammad alayhisalomdan oldin kelib-ketgan elchilarga aytilgan bo’lsa, keyin gi oyatda Iso alayhissalomdan oldin kelib-ketgan elchilarga aytilgan. Demak Iso alayhissalomdan oldin kelgan elchilarning barchasi vafot etganidek, Muhammad alayhissalomdan oldin kelib-ketgan elchilar hamm vafot etgani aniq. Chunki خَلَتْ kalimasi har ikkala oyatda ham o’tmishda vafot etib ketgan kimsalar uchun ishlatilgan. Bundan boshqa oyatlarda ham mana shu ma’noda keltirilgan. Misol uchun:
    قَالَ ادْخُلُوا فِي أُمَمٍ قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِكُم مِّنَ الْجِنِّ وَالْإِنسِ فِي النَّارِ ۖ كُلَّمَا دَخَلَتْ أُمَّةٌ لَّعَنَتْ أُخْتَهَا ۖ حَتَّىٰ إِذَا ادَّارَكُوا فِيهَا جَمِيعًا قَالَتْ أُخْرَاهُمْ لِأُولَاهُمْ رَبَّنَا هَـٰؤُلَاءِ أَضَلُّونَا فَآتِهِمْ عَذَابًا ضِعْفًا مِّنَ النَّارِ ۖ قَالَ لِكُلٍّ ضِعْفٌ وَلَـٰكِن لَّا تَعْلَمُونَ
    “U zot (Alloh): Sizlardan oldin o’tgan, ins va jinlardan iborat bo’lgan ummatlar bilan birga o’tga (do’zaxga) kiringlar”, deydi…”
    Bu oyatda keltirilgan خَلَتْ kalimasi ham o’tmishda vafot qilib o’lib bo’lganlarga nisbatan aytilmoqda. Chunki qiyomatdagi hisob-kitobdan oldin har bir jon egasi o’lgan bo’ladi.
    أُولَـٰئِكَ الَّذِينَ حَقَّ عَلَيْهِمُ الْقَوْلُ فِي أُمَمٍ قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِهِم مِّنَ الْجِنِّ وَالْإِنسِ إِنَّهُمْ كَانُوا خَاسِرِينَ
    “Ana o’shalarga o’zlaridan oldin o’tib ketgan jin va isns ummatlari qatorida (azob) so’zi haq bo’lgan. Ular aniq ziyon ko’ruvchilardan bo’ldilar.” (Ahqof 46/18)
    Islom ummati o’zini-o’zi tuzatishi, baxtli kelajak sari iintilishi va har sohada taraqqiy etishni o’rniga, ana Iso keladi, mana Iso keladi, Iso kelsa hamma narsa o’z joyiga tushadi, barcha muammolar hal bo’ladi, degan xomhayollar bilan mashg’ul bo’lib qolgan. Biz ummati Muhammaddan talab qilingan narsa Muhammad alayhissalomga ergashishdir. Elchi va Payg’ambar o’laroq bizga Muhammad yetadi.

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: