Musulmonlar

Islom jang-u jadal dinimi, yoki tinchlik dinimi?

Savol: Islom dini jang-u jadal dini deyilishi mumkinmi? Payg’ambar alayhissalomni bir qancha janglarda shaxsan o’zi qatnashishi va jang qilishi shunga ishora qilmaydimi?

Javob: Islom so’zi so’zlikda “tinchlik”, “xalos bo’lish”, “qutulish”, “bo’yin egish”. “taslim bo’lish” degan ma’nolarni bildiruvchi Arab tilidagi “silm” o’zagidan turagan.    

Islom dini olib kelgan hukmlar va Payg’ambar alayhissalomni hayotdagi o’rnakligi ham Islom dinini tinchlik va adolat dini ekanini namunasidir.

Payg’ambar alayhissalom qatnashgan janglarni sabablari va natijalariga e’tibor bermasdan, Islomni qilich dini deb ta’riflanishiga hech qanday asos yo’q.

Payg’ambar alayhissalom qatnashgan janglarga aloqador bir asar yozgan Muhammad Hamidullohni bu janglar haqida keltirgan ma’lumotlari e’tiborga loyiqdir:

“O’n yil davom etgan fe’liy bir siyosiy faoliyatdan keyin jon bergan o’sha vaqtda, U, aylanasi ikki million kilometrga yaqin bir katta hududda barpo qilingan davlatni boshqarar edi. Rossiya yerlarini istisno qilganda, butun Yevropaga teng va o’sha zamonlar millionlarcha xalq yashagan bu keng hududlar, jang maydonlarida dushman saflari tarafidan yo’qotilgan 250 taga yaqin inson qarshiligida fath etilgan edi. O’n yillik bu harakat natijasida, Musulmonlardan esa o’rtacha har oy uchun bir dona shahid to’g’ri kelishi mumkin. Inson qoni uchun berilgan bunday qadr-qiymat va hurmatni yer yuzi hali hanuz ikkinchi marotaba ko’rgani yo’q.”

Hamidulloh Payg’ambar alayhissalomni janglarida dushman tarafdan 250 taga yaqin jangchi qatl etilganini hisoblash jarayonida tarixiy manbalarga asoslangan holda shunday deydi:

“Ibn Hishomga ko’ra Payg’ambar alayhissalom mudofaa uchun Madinadan 27 marta safarga (g’azotga) chiqqan va bulardan faqatgina 9 tasida jang sodir bo’lgan. Aksariyati jang maqsadida bo’lmasa ham, sahobalarning nazorati ostida Madinadan chiqqan yo’lchilik yoki yuborilgan askarlar birligining soni esa, aynan yuqorida keltirilgan manbaga ko’ra 38 tadir. Ba’zi bir safarlar va ulardagi sodir bo’lgan voqealar haqida to’liq ma’lumot berilmagani sababli, quyida keltiriladigan – jangda har ikki tafardan ham yo’qotilgan jangchilarning – hisob qaydnomasi to’liq va qat’iy deb qabul qilinmasligi ham mumkin. Shu bilan bir qatorda, manbalar o’sha davrdagi janglar haqida bizlarga taxminiy fikr yuritish imkonini beradi, xolos.

Safar Dushman   soni Dushman qurbonlari Islom askari Shahidlar soni
Badr 950 70 313 14
Uhud 3000 22 700 70
Mustaliq 200 (?) 10 30 (?) 1
Handak 12.000 8 3000 6
Haybar 20.000 93 1500 15
Mu’ta 100.000 ? 3000 13
Makka fathi ? 13 10.000 3
Hunayn ? ? 12.000 4
Toif ? ? 12.000 12
Jami 216 138

 

Yuqorida berilgan raqamlarga Roje’ va Bi’r Ma’unda xoinlarcha qatl qilingan va soni 44 taga yetgan Islom muballig’lari kiritilmagan. Xuddi shunday, Banu Qurayza o’rtasidagi jangda asir olingan kishilarga nisbatan o’z ixtiyorlariga ko’ra o’zlari tarafidan tanlab olingan hakamning Tavrotdagi hukmlar asosida (Tasniya, 20/13-14) ularga nisbatan chiqargan qarori bilan qatl etilgan kishilar, yuqoridagi dushman tarafidan yo’qotilganlar hisob qaydnomasiga kiritilmagan.

Bo’lib o’tgan janglarning aksariyatida Musulmonlar g’olib bo’lganiga qaramay, mag’lub bo’lganlarning jangda va undan keyingi umumiy yo’qotgan jangchilari soni jami bo’lib 250 taga ham yetmagani, Islom dini urush-janjal, qatl-u qatag’on dini emasligining yaqqol misoli va ochiq namunasidir.

(Qo’shimcha ma’lumot uchun, Muhammad Hamidulloh, Janobı Payg’ambar Janglari, Yomg’ir Nashriyoti, 4-n, Istanbul, 1991, 21-22- s.)

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: