Musulmonlar
Ilohiy Kitoblar 4 dona va 100 ta sahifa deyishadi, shu to’g’rimi?

Ilohiy Kitoblar 4 dona va 100 ta sahifa deyishadi, shu to’g’rimi?

Savol: Eshitishimizga koʻra Alloh taolo tarafidan 4 dona emish va yana 100 dona sahifa yuborilgan emish, shu toʻgʻrimi?

Javob: Yoʻq, aslo bunday emas. Alloh taolo, hazrati Odamdan to Muhammad alayhissalomgacha qancha nabiy/paygʻambar yuborgan boʻlsa, ularning barchasiga kitob bergan. Biz bularning barchasiga birdek ishonishimiz kerak. Paygʻambarlarning asosiy ishi zotan Allohdan kelgan buyruqlarni insonlarga yetkazishdir, agar Allohdan bironta kitob olmagan boʻlsa, nimani yetkazadi insonlarga? Alloh taolo Qurʼoni Karimda bu haqda shunday marhamat qiladi:

قُولُوا آمَنَّا بِاللَّهِ وَمَا أُنْزِلَ إِلَيْنَا وَمَا أُنْزِلَ إِلَىٰ إِبْرَاهِيمَ وَإِسْمَاعِيلَ وَإِسْحَاقَ وَيَعْقُوبَ وَالْأَسْبَاطِ وَمَا أُوتِيَ مُوسَىٰ وَعِيسَىٰ وَمَا أُوتِيَ النَّبِيُّونَ مِنْ رَبِّهِمْ لَا نُفَرِّقُ بَيْنَ أَحَدٍ مِنْهُمْ  وَنَحْنُ لَهُ مُسْلِمُونَ. فَإِنْ آمَنُوا بِمِثْلِ مَا آمَنْتُمْ بِهِ فَقَدِ اهْتَدَوْا ۖ وَإِنْ تَوَلَّوْا فَإِنَّمَا هُمْ فِي شِقَاقٍ ۖ فَسَيَكْفِيكَهُمُ اللَّهُ ۚ وَهُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ

Sizlar shunday denglar: “Biz Allohga ishonib suyandik, bizga yuborilgan (kitob)ga, Ibrohimga, Ismoilga, Ishoqqa, Yaʼqubga va Yaʼqubning nabiralariga yuborilgan (kitoblarga)ga, Musoga va Isoga berilgan (kitoblarga)ga, Robbisi tarafidan nabiylarga berilgan kitoblarga barchasiga ishondik. Hech qaysisini boshqasidan ajratmaymiz. Bizlar Allohga taslim boʻlgan kishilarmiz.” Agar ular ham sizlardek imon keltirishsa, shundagina to’g’ri yo’lga kelgan bo’lishadi. Agar yuz o’girishsa, butunlay bir bo’linib parchalanish ichiga kirgan bo’ladi. Ularga qarshi senga Alloy yetadi. Eshitib turuvchi, bilib turuvchi Udir. ” (Baqara 2/136 TEFSİR)

وَوَهَبْنَا لَهُ إِسْحَاقَ وَيَعْقُوبَ ۚ كُلًّا هَدَيْنَا ۚ وَنُوحًا هَدَيْنَا مِن قَبْلُ ۖ وَمِن ذُرِّيَّتِهِ دَاوُودَ وَسُلَيْمَانَ وَأَيُّوبَ وَيُوسُفَ وَمُوسَىٰ وَهَارُونَ ۚ وَكَذَٰلِكَ نَجْزِي الْمُحْسِنِينَ وَزَكَرِيَّا وَيَحْيَىٰ وَعِيسَىٰ وَإِلْيَاسَ ۖ كُلٌّ مِّنَ الصَّالِحِينَ وَإِسْمَاعِيلَ وَالْيَسَعَ وَيُونُسَ وَلُوطًا ۚ وَكُلًّا فَضَّلْنَا عَلَى الْعَالَمِينَ وَمِنْ آبَائِهِمْ وَذُرِّيَّاتِهِمْ وَإِخْوَانِهِمْ ۖ وَاجْتَبَيْنَاهُمْ وَهَدَيْنَاهُمْ إِلَىٰ صِرَاطٍ مُّسْتَقِيمٍ ذَٰلِكَ هُدَى اللَّـهِ يَهْدِي بِهِ مَن يَشَاءُ مِنْ عِبَادِهِ ۚ وَلَوْ أَشْرَكُوا لَحَبِطَ عَنْهُم مَّا كَانُوا يَعْمَلُونَ أُولَـٰئِكَ الَّذِينَ آتَيْنَاهُمُ الْكِتَابَ وَالْحُكْمَ وَالنُّبُوَّةَ ۚ فَإِن يَكْفُرْ بِهَا هَـٰؤُلَاءِ فَقَدْ وَكَّلْنَا بِهَا قَوْمًا لَّيْسُوا بِهَا بِكَافِرِينَ

“Unga Ibrohimga) Ishoq va Yaʼqubni berdik. Bularning barchasini hidoyat qildik. Avvalda Nuhni ham hidoyat qilgan edik. Uning zurriyotidan Dovud, Sulaymon, Ayyub, Yusuf, Muso va Horunni ham. Chiroyli ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz. Zakariyo, Yahyo, Iso va Ilyosni (ham hidoyat qildik). Barchalari solih qullardandir. Ismoil, al-Yasaʼ, Yunus va Lutni (ham hidoyat qildik) va barchalarini zamondoshlaridan ustun qildik. Ularning ota-bobolaridan, zurriyotlaridan va birodarlaridan… Ularni ham tanladik va ularni ham toʻgʻri yoʻlga yoʻlladik. Mana shu Allohning yoʻli boʻlib, u bilan bandalaridan toʻgʻri yoʻlni tanlagan kishilarni yoʻlga keltiradi. Agar ular (Nabiylar) Allohga sherik qoʻshganlarida, qilgan ishlari behuda ketgan boʻlar edi. Ana oʻsha (yuqorida nomi zikr qilingan va ularni aka-ukalari va zurriyotlardan boʻlmish (nabiy) zotlarga Kitob, Hikmat va paygʻambarlik berganmiz. Bas, agar bu kishilar, bu oyatlarni koʻrmaslikka olsalar, Biz ularni, oyatlarni koʻrmaslikka olmaydigan bir qavmning vakolati ostida qilib qoʻyamiz.” (Anʼom 6/84)

Yuqoridagi oyatlarda, Alloh taolo barcha vahiy olgan payg’ambarlarga kitob va hikmat bergani ochiq-oydin bayon qilinmoqda. Bularni barchasiga imon keltirishimiz va bir-biridan ajratmasdan hammasi ham Alloh tarafidan yuborilganiga, o’z vaqtida ular asl holaticha bo’lganiga va ularda Allohning hayotiy ko’rsatmalari, qonunlari va dunyo va oxiratga aloqador bo’lgan insoniyatni foydasi uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlar bo’lganiga ishonishimiz kerak. Keyinchalik esa, Allohning kitoblarini ma’nolarini o’zgartirib tahrif qilishga urinishgan. Qur’oni Karimni esa, matnlarini qiyomatgacha hech kim buzib o’zgartira olmaydi. Buni Alloh o’z zimmasiga olgan.

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: