Musulmonlar
Hz. Alini nechta ayoli bo’lgan? Nasli kimlardan davom etgan?

Hz. Alini nechta ayoli bo’lgan? Nasli kimlardan davom etgan?

Savol: Hazrati Alini ayoli qancha bo’lgan? Bir joyda Uni ikkita ayoli bo’lganligi aytilmoqda. Hamda Hasan va Husandan boshqa yana farzandlari ham bor emish. Bu haqda ma’lumot bera olasizmi?

Javob: Manbalarda isbotlanishiga ko’ra, Hazrati Alini ayollari va o’sha ayollaridan qoldirgan nasllarini ismlari quyidagicha:

  1. Payg’ambarimizning qizlari Fotima (Alloh undan rozi bo’lishini so’raymiz). Fotima onamiz tirikligida Hazrati Ali boshqa ayol bilan uylanmagan. Fotima onamizda: Hasan, Husayn, yoshligida vafot etgan Muhsin, Zaynab va Ummu Gulsum nomli farzandlari bo’lgan.
  2. UmmulBanin binti Hizom: Abbos, Ja’far, Abdulloh va Usmon nomli farzandlari bo’lgan. Ular orasidan Abbosni zurriyoti davom etgan.
  3. Laylo binti Mas’ud: Ubaydulloh va Abu Bakr nomli farzandlari bo’lgan. Nasllari ham davom etgan.
  4. Havla binti Ja’far: Muhammad bin Hanafiyyani mana shu ayolidan ko’rgan.
  5. Asmo binti Umays: Yahyo va Muhammad nomli o’g’illari bo’lgan. Nasllari ham davom etgan.
  6. Ummu Habib binti Robia: Umar va Ruqiya nomli farzandlari bo’lgan.
  7. Umoma binti Abul-Os: Muhammad al-Avsat nomli farzandi bo’lgan.
  8. Ummu Said binti Urva: Ummul-Hasan va Romla nomli farzandlari bo’lgan.

 

Hazrati Alini nasllari o’g’li Hasan, Husayn, Muhammad bin Hanafiyya, Abbos va Umar orqali davom etganligi haqida manbalarda ma’lumot bor.

 

Manba: Sulaymoniya Vaqfi Fatvo Bo’limi.   

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: