Musulmonlar
Homilani oldirish mumkinmi?

Homilani oldirish mumkinmi?

Savol: Islomda abort qildirish mumkinmi? Mutaxassis-vrachlar bolani qonida virus borligini tasdiq qilishibdi, agar bola tug’iladigan bo’lsa o’ziga ancha jiddiy shaklda zarar yetishini aytishdi. Bunday holatda abort qildirsa nima bo’ladi?

Javob: Islomda abortni ruxsat, gunoh va jinoyat bo’lgan holati bor. 

  • Ruxsat berılgan holatı: Agar homilalik va bolani tug’ilishi onaning hayotiga va salomatligiga jiddiy zarar beradigan holatda abort qildirish mumkin.
  • Gunoh bo’lgan holati: Agar dunyoviy masaladan, ya’ni bolani moddiy ta’minotidan qo’rqib yoki qandaydir moddiy manfaatlari uchun abort qildirish mumkin emas.

Yuqoridagi ikki holat, 4 oyga to’lmagan (120 kundan o’tmagan) 5-oygacha bo’lgan homilalikka oitdir, agar 5-oyga o’tgan bo’lsa aslo mumkin emas. Alloh taolo bu haqda shunday marhamat qiladi:

وَلَا تَقْتُلُوا أَوْلَادَكُمْ خَشْيَةَ إِمْلَاقٍ ۖ نَّحْنُ نَرْزُقُهُمْ وَإِيَّاكُمْ ۚ إِنَّ قَتْلَهُمْ كَانَ خِطْئًا كَبِيرًا

“Yo’qsillik qo’rquvi sababli farzandlaringizni o’ldirmanglar. Sizlarning ham ularning ham rizqini Biz beramiz. Ularni o’ldirish, haqiqatda katta gunohdir.” (Isro 17/31)

  • Jinoyat bo’lgan holati: Agar bola 5- oyga kirgan bo’lsa va na bola va na onaning salomatligida xavf-xatar bo’lmasa, bunday holatlarda abort qilish mutlaqo haromdir va diniy jinoyatdir. Chunki, homilalik 5-oyga kirganida unga Alloh taolo tarafidan ruh uflanadi.[1]

 

Руҳ ҳақида қўшимча маълумотга эга бўлмоқчи бўлсангиз, қуйидаги линкга қарашингиз мумкин:

Ruh va uning xususiyati

 

[1] Mo’minun 23/14

 

 

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: